1-mavzu: biologiya hayot haqidagi fan reja
Download 0.98 Mb.
|
маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘liq dominantlik.
44-rasm. Xushbo‘y no‘xat o‘simligining G. Mendel tomonidan o‘rganilgan belgilari. No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida G. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib, keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi. To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» - «ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus- chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar - allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv - Aa) tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi. Birinchi avlod duragaylari o‘zaro chatishtirilganda, olingan duragaylar orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosil bo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish yuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonun belgilarning ajralish qonuni deb ataladi. Shunday qilib, monoduragay chatishtirishda F2 ning % qismida dominant allel, V qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi. Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi. Fj avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofligi farazini ilgari surdi. Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning birini otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari aralashmaydi. U bu hodisani F2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda o‘ladi. Aa AA Aa Aa aa 45-rasm. G‘o‘za tolasi rangining irsiylanishi. G. Mendelning gametalar sofligi gipotezasi sitologik jarayonlarga asoslangan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling