1-mavzu: biologiya hayot haqidagi fan reja
Download 0.98 Mb.
|
маруза
ko‘p allellilik deyiladi.
Kodominantlik. Somatik hujayralarda ikkitadan allel genlar bo‘ladi: ular ota-onadan o‘tgan. Ko‘p allellilikda bunday genlar «xillari» bitta populatsiyaga mansub har xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o‘tganligiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega bo‘lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B - dominant allellar, 0 esa retsessiv allel. Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari uchraydi: 00 - birinchi, AA va A0 - ikkinchi, BB va B0 - uchinchi, AB - to‘rtinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga bunday ta’siri kodominantlik deyiladi. IJf-A Tayanch so‘zlar: irsiyat, o'zgaruvchanlik. gibridologik, alternativ, bekkross. G. Mendelning I qonuni, G. Mendelning II qonuni, ko'p allellilik, kodominantlik. ’ riqlar: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: masala. Ota-onasi qora ko‘zli (A) bo‘lgan, ko‘k ko‘zli (a) yigit, otasi qora ko‘zli, onasi ko‘k ko‘zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko‘k ko‘zli o‘g‘il farzand tug‘ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang. masala. G‘o‘za tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda Fi da 1800 ta o‘simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‘ladi? Blastosel ■•••. Ektoderraa о ю Entoderma' Nerv plastinkasi Nerv navi x Xorda - Mezoderma Birlamchi - ichak bo‘ shlia‘i 42-rasm. 1-4 - maydalanish; 5 -blastula; 6-7 - gastrulatsiya; - dastlabki organogenez; 9 - organogenez. Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to‘qimalari, yurak-tomir sistemasi, ayirish va jinsiy organlar rivojlanadi. Homilaning rivojlanishi jarayonida uning ayrim hujayralari qismlarining tuzilishi va funksiyalarida farqlar paydo bo‘lishi va farqlarning tobora ortib borishi differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) deyiladi. Morfologik jihatdan differensiatsiyalashish natijasida ko‘p hujayra tiplari hosil bo‘ladi. Biokimyoviy jihatdan differensiatsiyalanish natijasida hujayralarda (maxsus) oqsillar sintezlanadi (masalan, teri hujayralarida melanin, oshqozon osti bezi hujayralarida - insulin). Tuban hayvonlarda differensiyalashgan hujayralar tipi uncha ko‘p bo‘lmaydi. Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda hujayralar orasidagi farqlar tobora kuchayib boradi. Differensiatsiyalanish jarayoni tiriklikning molekula - hujayra - to‘qima darajasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonda hujayraning ayrim genlari o‘z faoliyatini saqlab qoladi, ayrimlari o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan genlar zichlashgan xromatinga aylanadi. Postembrional rivojlanish davri. Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Yuvenil davr - voyaga yetgungacha bo‘lgan davr, pubertat davr - voyaga yetgan, yetuklik davri, keksaygan davr. Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi. Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarish- larini o‘z ichiga oladigan murakkab fiziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan individga o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda, qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi. Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish kabi o‘sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq yashovchi bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va chala metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo‘ng‘izlar), pardaqanotlilar, tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar, burgalar turkumlari vakillari uchun to‘liq metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog‘riqanotlilar, beshiktebratar, bit, termitlar kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To‘liq metamorfozda tuxumdan - lichinka, undan g‘umbak, g‘umbakdan - voyaga yetgan hasharot rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk hasharot bosqichlaridan iborat. Xordalilar tipi lichinkaxordalilar kenja tipi vakili - assidiyada metamorfoz jarayoni yashash tarzining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Assidiya lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi, xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda, nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib, qolgani tugunchaga aylanadi (43-rasm). 43-rasm. Assidiya metamorfozi. 1 - harakatchan lichinka; 2,3 - o‘troq hayot kechirish bilan bog‘liq metamorfoz; 4 - voyaga yetgan assidiya. Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar metamorfozida a’zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi. Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq. O‘simliklarning ontogenezi o‘ziga xos tarzda kechadi. Gulli o‘simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling