1-mavzu: biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish fanini maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish yo’llari reja
Download 129.5 Kb.
|
1-Mavzu BTLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, uni tashkil etish yo’llari
- Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash
1-MAVZU: BIOLOGIYaNI O’QITISh TEXNOLOGIYaLARI VA LOYIXALAShTIRISh FANINI MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI TAShKIL ETISh YO’LLARI REJA: 1.1. Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash fanining predmeti, maqsadi, vazifalari hamda uni tashkil etish yo’llari 1.2. Ta’limga texnologik yondashuvning mohiyati, uni texnologiyalashtirish va loyihalash bosqichlari. 1.3. Ta’lim jarayonini loyihalash va uning asosiy tamoillari. Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, uni tashkil etish yo’llari Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun barcha o’sish omillarining sifat jihatdan takomillashib borish jarayoni xosdir. Fan-texnika taraqqiyotining ilg’or natijalarini qo’llash, yuqori samarali texnika - texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Kelajakda erishishimiz lozim bo’lgan buyuk maqsadlarga etishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. «Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni echish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir»1. Mutaxassislik fanlarini o’qitadigan o’qituvchini tayyorlashda maxsus mutaxassislik fanlar bo’lgani tufayli o’qitish metodlarini, ularni tanlash, o’quv jarayonida qo’llay bilish malakasiga ega bo’lishni talab etadi. Bu maqsad “Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanini o’rganish orqali amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtining, ayniqsa, maxsus yo’nalish talabalari keng doiradagi muammolarni aniqlash, tahlil qilish, kelajakda qanday natijaga ega bo’lish mumkinligini his qila bilishi, ko’z o’ngiga keltira bilishni o’rganishi zarur. Buning uchun esa mazkur fanni chuqur bilish talab qilinadi. Mutaxassislik fanlarini o’rganish uchun endi nafaqat to’g’ri metod tanlash, balki dars o’tish texnologiyalarini loyihalashtirishni taqazo qiladi. Nazariy jihatdan o’qituvchining bilimi yuqori bo’lishidan qat’i nazar, dars o’tish texnologiyalari loyihalashtirilmasa kutilgan natijaga erishilmaydi. Biologiya o’qituvchining bilimi, mahorati va o’qitish texnologiyalari loyihalashtirilsagina o’quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o’quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo’llashni bilish kerak. “Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fani aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash faning predmeti, bu dars berish (o’qitish) jarayonining o’zidir. Darsni tashkil etishda o’qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o’z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga etkazishni texnolgiyalashtirish va loyihalashni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o’zlashtirishlari uchun uni o’rganishda qo’llaniladigan texnologiyalar va loyihalashgan dars katta ahamiyatga ega. Shu sababli biologiya fani mutaxassisi fanlarni o’rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo’llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi bo’lajak biologiya fani o’qituvchisini ta’lim texnologiyalari va ularni loyihalashtirsh kabi bilimlar bilan tanishtirish, kelajakda o’z faoliyatlarida qo’llash, o’qitishga ijodiy yondoshishni o’rgatishdir. “Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fani faqatgina nazariy emas, balki amaliy fandir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma’lumotlar, dalillarga asoslanadi. “Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fani oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: uzluksiz kuzatish olib borish, ma’lumotlar, axborotlar to’plash zarurligini talabalar ongiga etkazish; talabalar qo’yilgan maqsadga ko’ra to’plangan axborotlarni qayta ishlash, taqqoslash, qiyosiy xarakteristika berish, tahlil qilishga o’rgatish; fikrlay bilish, mustaqil fikr yuritish, o’z nuqtai nazarini asoslashga o’rgatish; “Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanini o’rganish uchun tatbiq etiladigan darslar bilan tanishtirish; dars o’tish metodlari asosida texnologiyalashtirish va loyihalashtirishni bilish, o’z faoliyatida mohirlik bilan foydalanishni o’rganish kabilardan iborat. Bo’lajak biologiya fani o’qituvchisi o’z oldilariga qo’yilgan talablarga javob berishi uchun mutaxassislik fani bilan bog’liq holda: Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyihalash fanini chuqur egallagan bo’lishi; Yoshlar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanish uchun – pedagogik mahorat va tajribaga ega bo’lish uchun intilishi; Dars berish metodlarini o’rganib, ularni fanning yo’nalishi va mavzusi bo’yicha ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashtirib qo’llay oladigan bo’lishi; Mutaxassislik fani bilan bog’liq yangiliklarni o’rganishga intiluvchan bo’lishi; Fan-texnika yutuqlariga qiziquvchan bo’lishi; O’quvchi-talabalarga fanni o’rgatishda tasdiqlangan dastur asosida fanga qiziqish uyg’ota olish, har bir o’quvchi-talabaning saviyasi, individual xususiyatiga ko’ra vazifa, topshiriq berish va talab qilish san’atiga ega bo’lishi lozim. O’quv loyihasi – bu o’rganilgan mavzu yoki bo’limni yana-da, chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan, ta’lim jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon beruvchi, tadqiqotchilik va izlanishga doir metodlardan foydalanishni talib etuvchi ta’limni tashkil etish shakli. Loyiha (design - dizayn) – ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo’yicha hujjatlar yig’indisi. Loyiha (projekt) tushunchasi kengroq ma’noda ma’lum natija (loyihaning beqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi. Loyihalashtirish – real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o’z ichiga oluvchi muammoni o’zgartiruvchi faoliyatni anglatadi. O’quv loyihasining turlari va funktsiyalari, ta’limiy tavsifdagi loyihalashtirish, o’qituvchi tomonidan o’quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo’yicha faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o’quv faoliyatidir. “O’quv loyihasi” tushunchasi keng qamrovga ega bo’lib, quyidagi mazmunga ega: muayyan iste’molchiga mo’ljallangan, muammolarni izlash, tadqiqot qilish va echish, natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish usuli; nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni echishga qaratilgan o’quv vositalari va qurollari; rivojlantiruvchi, ta’lim va tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita. O’quv loyihasidan foydalanish o’zida quyidagi maqsadlarni aks ettiradi: loyihaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarida o’z-o’ziga ishonchni qaror toptirish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga erishish; tadqiqotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish; qo’lga kiritiladigan natija uchun o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga doir ko’nikma va malakalarni rivojlantirish. O’quv loyihalari muayyan topshiriq bo’lib, uning natijasi oddiy bir mahsulotni tayyorlash (m: texnologik xaritani tayyorlash, biror-biror model, deylik, dizaynerlik modelini yaratishdan iborat bo’ladi. Biroq, ayni o’rinda shuni ham qayd etish kerak, “loyiha” tushunchasi negizida hamisha ham amaliy harakatlar natijasida tayyorlangan biror-bir mahsulot tushunilmaydi. Chunki loyiha doirasida nazariy, amaliy va metodik xarakterdagi g’oyalarni yaratish negizida mahsulotni yaratishga to’g’ri keladi. O’quv loyihalarini tayyorlashda amaliyot o’qituvchisi muhim o’rin egallaydi. Uning zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi. Ular: - loyiha ishi uchun muayyan mavzu, muammoni belgilash; - loyiha topshiriqlarini ishlab chiqarish; - loyiha ishini o’quv jadvaliga kiritishi; - loyiha jarayonini modelini avvaldan ishlab chiqish, topshiriqlarni talabalarning imkoniyatlariga moslashtirish; - talabalarni loyiha ishi bilan tanishtirish; - ularning amaliy faoliyatlari nazorat qilib turish. Amaliyot o’qituvchisi avvaldan quyidagi material va hujjatlarni tayyorlab olishi lozim: - loyiha (chizma, elektrosxema)lar; - loyihaga taalluqli topshiriqlar bayoni; - ma’lumot yig’ishga oid yo’naltiruvchi savollar; - o’quv maqsadlarni yoriuvchi ma’lumotlar Amaliyot o’qituvchisi ta’lim jarayonida talabalarning faoliyatlarini nazorat qilib boradi va nazorat natijalarini “Nazorat bayonnomasi”ga qayd etadi. Bayonnoma talabalarning faoliyatini baholashga doir mezonlarga ega bo’lishi lozim. Download 129.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling