1-mavzu: biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish fanini maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish yo’llari reja


Download 129.5 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1407496
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu BTLI

Loyiha mavzusi (namuna)

Pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvi o’qitish sifati va samaradorligini kafolatlay oladimi?
P edagogning innovatsion faoliyati aynan nimalarda aks etadi?

Ish tajribasidan qat’iy nazar har bir pedagog innovator bo’la oladimi?
Pedagogning innovatorlik faoliyati darajasi

Pedagogning innovatsion faoliyat malakalarini o’zlashtirish dasturi.
Pedagogning innovatsion faoliyatni tashkil etish strategiyasi

Modul Modul

Axborot tavsifdagi loyihaning maqsadi aynan ma’lumotlarni to’plash, axborotlarni rasmiylashtirish va taqdim etishdan iborat. Albatta, o’quv loyihasining istalgan turida axborot to’plash bosqichi bor, biroq bu erda u o’quv ishi vositasi bo’lib xizmat qiladi, axboriy tavsifdagi loyihada esa, asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Mazkur holatda o’quvchi faoliyati aynan axborotlar bilan ishlashga yo’naltiriladi. Shu bilan birgalikda o’quvchida axboriy kompetentlikni rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilanadi. O’quvchilarning analitik, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, idrok etishning mantiqiy usullarini o’zlashtirish va katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash maqsad qilib qo’yiladi.


Tadqiqotchilikka doir o’quv loyihasining maqsadi loyiha farazini asoslab berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tajriba-sinov ishlari o’tkazish, olingan natijalarni tahlil etish, umumlashtirish, taqqoslash, rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash, bundan tashqari xulosalar chiqarish, o’z nuqtai nazarini asoslash zarur. Ana shu tarzda tadqiqotchilikka doir o’quv loyihasida asosiy e’tibor fikriy kompetentlikni rivojlantirishga qaratiladi. Ma’lum bir fan yoki fanlarga doir amaliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish zaruriyati paydo bo’lganda amaliy yo’naltirilgan loyihalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Eng oddiy holatda, o’qituvchi o’quvchilardan fanga doir tarqatma materiallar yoki o’yinlar stsenariysi, glossariy, tarixiy atlaslar yaratish topshirig’ini buyurishi mumkin.
Amaliy yo’naltirilgan loyihalar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarda nafaqat fanga doir bilim, ko’nikma va malakalar rivojlanibgina qolmay, balki faoliyatga doir kompetentlik ham qaror topadi
O’quv loyihasida eng katta e’tibor o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Aynan ijodiy loyiha o’quvchilarga o’zini namoyon eta olish, istalgan janrdagi asarni yaratish imkonini beradi. Shuningdek, ijodiy loyihalar o’quvchilarni guruhdagi maqomining oshishi, o’z-o’zini baholashga imkon berishi orqali ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Har qanday ijodiy ish uni taqdim etish va sinf jamoasi bilan qayta aloqani taqozo etadi. Ana shu sababli ijodiy loyihalar o’quvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Loyihalarning tipologik belgilari (E.S.Polat bo’yicha):
I.Loyihadagi asosiy faoliyat: tadqiqiy, izlash, ijodiy, rolli, amaliy (amaliy yo’naltirilgan), tanishtiruv - yo’naltirilgan va boshqalar.
II.Predmetli-mazmuniy soha: kichik loyiha - biror bilim sohasi chegaralarida; fanlararo loyiha.
III.Loyihanidagi harakatlar mazmuni: bevosita (qattiq, egiluvchan, yashirin (to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etmasdan, loyiha qatnashchisiga taqlid qiluvchi).
IV.Aloqalar mazmuni (ishtirokchilarning bir o’quv yurtidan, shahardan, hududdan, davlatdan, dunyoning turli mamlakatlaridan ekanligi).
V.Loyiha ishtirokchilarining soni.
VI.Loyihani bajarish muddati.
Axborot izlash va tahlil maqsadida tekshirish faoliyati tarkibi yuqorida aytilgan predmet-tadqiqot faoliyatiga juda o’xshash: - axborot izlash predmeti; - izlashning bosqichliligi, oraliq natijalarini belgilash bilan; - to’plangan dalillar ustidan tahliliy ish; - xulosalar; - dastlabki yo’nalishni tuzatish (agar talab qilinsa); - aniqlangan yo’nalishlar bo’yicha axborotni yana izlash; - umumlashtirish; - yakuniy xulosalar (ishtirokchilarni qanoatlantiruvchi ma’lumotlar olinganicha davom etish); - xotima, natijalarni rasmiylashtirish (muhokama, tahrir, taqdimot, tashqi baho).
Ishtirokchilar soniga qarab ushbu loyihalar quyidagi turlarga ajratiladi: - shaxsiy (turli o’quv yurtlari, hududlar, mamlakatlardagi yakka kishilar hamkorligida bajariladi); -juftli (bir juft ishtirokchilar o’rtasida); Talabalarning loyihalash faoliyati - guruhli (ishtirokchilar guruhlari o’rtasida). Ijroning bajarilishi (vaqti, muddati) bo’yicha loyihalar quyidagicha bo’ladi: - qisqa muddatli (kichik muammo yoki katta muammoning biror qismini echimini topish uchun), ular bir narsa, jarayonning dasturi bo’yicha bir necha darsda yoki fanlararo aloqadorlik sifatida tayyorlanishlari mumkin; o’rtacha muddatli (bir haftadan bir oygacha); - uzoq muddatli (bir oydan bir necha oygacha cho’ziladi).
Loyihalash ta’lim uslubining amalga oshirilishi pedagog faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. U tayyor bilimlar tashuvchisidan o’z talabalarining bilish faoliyatining tashkilotchisiga aylanadi. O’quv xonasidagi psixologik muhit ham o’zgaradi, chunki pedagogga o’z o’quv-tarbiya ishi va talabalarning ishini turli-tuman mustaqil faoliyatlariga, tadqiqot, izlanish, ijodiy xarakterdagi faoliyat ustunligiga qaratishiga to’g’ri keladi. Barcha loyihalarga tashqi baho zarurligi to’g’risida alohida shuni qayd etish lozim, chunki faqat shu yo’l bilan ularning samaradorligi, kamchiliklar borligini, o’z vaqtida tuzatish ishlarini olib borish mumkin. Bunday baholash tavsifnomasi ko’pincha loyihaning tipiga, uning mavzuiga, mazmuniga, o’tkazish shartlariga bog’liq buladi. Agar bu tadqiqot loyihasi bo’lsa, u albatta o’ziga o’tkazish bosqichlarini ham qabul qiladi, bunda loyihadan muvaffaqiyat ko’p jihatdan alohida olingan bosqichlarda ishning to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’lik bo’ladi. Shunga ko’ra talabalarning bunday faoliyatini bosqichlar bo’yicha kuzatish, uni qadam-baqadam baholab turish zarur. Shu bilan birga bunda baholash, hamkorlikdagi kabi, baho quyish ko’rinishida bo’lishi shart emas.
Rag’batlantirish shakllari, eng oddiysidan boshlab, turlicha bo’ladi: “Hammasi to’g’ri. Davom etaveringlar” yoki “To’xtash va uylab ko’rish zarur. Nimadir o’ngidan kelmayapti. O’ylab ko’ringlar”. Musobaqa mazmuniga ega uyin loyihalarida, ko’p ballik tizimdan (12 dan 100 ballgacha) foydalanish ma’qul. Ijodiy loyihalarda ko’pincha oraliq natijalarni baholashga imkon bo’lmaydi. Lekin doimo ishni kuzatish kerak bo’ladi. Boshqacha aytganda, loyihani tashqi oraliq va yakuniy baholash zarur, lekin u mavjud omillarga bog’liq ravishda turli shaklda bo’ladi.
Pedagog yoki ishonchli mustaqil tashqi xolislar birgalikda faoliyatning doimiy monitoringini o’tkazib turishadi, lekin bu xushmuomalalik, zarur bo’lsa loyiha ishtirokchilariga yordam berish tariqasida olib boriladi. Loyihani tuzilishiga umumiy yondoshuv masalalariga to’xtalish lozim: Doimo loyiha mavzusi, uning turi, ishtirokchilar sonini tanlashdan boshlash kerak. So’ng, pedagog belgilangan mavzular doirasida tadqiq etish zarur bo’ladigan muammolarning imkonli ko’rinishlarini aniqlaydi. Muammolarning o’zi talabalar tomonidan, pedagog yordamida qo’yiladi (yo’llovchi savol-javoblar, muammolarni belgilashga olib keluvchi vaziyatlar, shu maqsaddagi videolavhalar va hokazo). Bunda jamoaviy muhokama etish yo’li bilan “aqliy hujum” uyushtirish ma’qul bo’ladi. Eng muhimi vazifalarni guruhlar bo’yicha taqsimlash, tadqiqotning imkonli usullarini muhokama qilish, axborotlar, ijodiy holatlarni izlash. Bundan keyin loyihaga qatnashuvchilarning yakka tartibda yoki guruhlar bo’yicha tadqiqiy, ijodiy masalalari bo’yicha mustaqil ishlari boshlanadi.
Guruhlarda olingan natijalarni oraliq muhokama qilishlar doimo o’tkaziladi. Loyihalarni bajarishning zaruriy bosqichi: ularni himoya qilish, ularga baho berishdir. Ish uni jamoa o’rtasida muhokama qilish, xolis xulosalash, tashqi baho natijalarini e’lon qilish, xulosalarni bayon qilish bilan tugaydi. Loyihani tashqi baholash mezonlari: - loyihalashning oldiga quyilgan muammolarning qimmatliligi va dolzarbligi, o’rganilayotgan mavzuga mosligi; - foydalaniladigan tadqiqot uslublari va olingan natijalarni ishlash uslublarining muvofiqligi; - loyiha ishtirokchisining o’ziga xos imkoniyatlariga muvofiq faolligi; - qabul qilinadigan qarorlarning jamoviy mazmundaligi; - loyiha ishtirokchilarining o’zaro aralashuv, o’zaro yordam, o’zaro to’ldiruvchanlik mazmuni; - muammoga zaruriy va etarlicha chuqur kirish, boshqa sohalardan bilimlarni jalb etish; - qabul qilinadigan qarorlarni isbot qilinishi mumkinligi. O’z fikrlari va xulosalarini asoslay olish; - bajarilgan loyiha natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
O’quv loyihasini amalga oshirish bosqichlari - taqrizchilar savollariga javob bera olish, guruh xar bir ishtirokchisi javoblarining qisqachaligi va asoslanganligi. O’quv loyihasini ishlab chiqish bosqichlari: tayyorgarlik (motivatsiya, muammoli vaziyatlarni aniqlash, mavzuni tanlash, loyihaning maqsadini belgilash); loyihalashga doir (umumiy rejani ishlab chiqish, faoliyatni amalga oshirishning aniq rejasini tuzish, tanlab olingan nuqtai nazar bilan bog’liqlikda topshiriqlarni talabalar o’rtasida taqsimlash, mustaqil ish, guruhlarda ishlash, “aqliy hujam”, praktikum va boshqalar); amaliy (muammoni tadqiq etish, ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash, natija olish, natijalarni sinovdan o’tkazish, natijalarni grafik ko’rinishida taqdim etish, hujjatlarni rasmiylashtirish); analitik (rejalashtirilgan ishlar va olingan natijalarni taqqoslash, umumlashtirish va xulosalash); nazorat va baholashga doir (muvafaqqiyatlarni va yo’l qo’yilgan xatolarni tahlil etish, xatolarni to’g’rilash yo’llarini izlash, real holat bilan bog’liqlikda loyihaga o’zgartirishlar kiritish); yakuniy (ish mazmuni bilan tanishtirish, xulosalarni asoslash, loyiha himoyasi).
O’quv loyihasini amalga oshirishda bir qator shakl va metodlarga tayaniladi. O’quv loyihasini tashkil etishning turli bosqichlarida bir biridan farq qiluvchi metodlarga murajaat etishga to’g’ri keladi. Bu jarayonda o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatlari ham bir biridan farqlanadi (1.2.2- jadval).
1.2.2-jadval

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling