1 mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti Reja


Fanning asosiy kategoriyalari


Download 35.53 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1574011
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU

2. Fanning asosiy kategoriyalari
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi; “yosh”, “bolalik”, “taraqqiyot”, “o’sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”.
Albatta, fanning kategoryralari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat ti’i” va boshqa bir qator tushinchalarni kiritish mumkun. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg’or tadqiqotlar natijasida shakillangan va fanga olib kiritilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o’rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o’zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to’xtalib o’tamiz:
Bolalik - ontogenezninig dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug’ilgandan o’smirlikkacha bo’lgan davmi belgilash uchun) qo’llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko’ra bolalik -- go’daklik (tug’lgandan l yoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlarni o’z ichiga oladi. Bolalik jadal psixiktaraqqiyot davridir.
Taraqqiyot - narsa uoki hodisalarning vaqt o’tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o’zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko’tarihshi. psixika taraqqiyoti - tug’ilgandan boshlab yosh davrlari o’tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. psixiktaraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to’lagan bilim va tajribalarni o’zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh - individ psixiktaraqqiyotning aniq vaqt chegarasiga ega bo’lgan bosqichi. psixiktaraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o’zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson
tug’ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. psixologik yosh esa inson psixikrivojlanishi dajajasini aks ettirib, ko’’incha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun mo’ljallangan maxsus test to’shiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixiktaraqqiyotining o’ziga xos ko’rsatkichi - intellektual rivojlanishi koeffitsntini hosil qiladi, bu koeffitsient ingjiz tilidan IQ harflari orqali belgilanadi.

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling