1 mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti Reja
Download 35.53 Kb.
|
1 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu maqsadi;
- Tayanch tushunchalar
1 MAVZU: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti Reja 1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Fanning asosiy kategoriyalari. 3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Mavzu maqsadi; Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalaii, fanning asosiy kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini bayon etish. Vazifalar: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalaii, fanning asosiy kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini asoslash. Tayanch tushunchalar: Bolalar psixologiyasi, predmeti, maqsadi, vazifa, kategoriya, bolalik, taraqqiyot, yosh. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u turli yosh davrlarida bola psixiktaraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o’tish qonuniyatlarini o’rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ulgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, Uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobilyati go’daklikdan yetulik davrigacha murakkabllashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayoiming o’ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini Bolalar psixologiyasi tadqiq etadi. Bola rivojlanishiniug turli tomonlarini har xil fanlar - anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o’rganadi. Tug’ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o’rganish esa psixologik bilimlaring maxxsus sohasi - Bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki Bolalar psixologiyasi bola psixiktaraqqiyotining qonuniyatlari, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir. L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, Bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o’zgarib borgan. Bugungi kunda Bolalar ‘ixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagj psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, yosh davrlarini, bir yosh davridan boshqasiga o’tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar ‘ediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug’ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to’g’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko’rsatayotganini, bordiyu, bir sohada kamchilik bo’lsa, uni nimaning hisobiga kom’ensasiyalash mumlanligini o’rganadi. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuztilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o’rganish natijasida ro’y bermoqda. Download 35.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling