1 mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti Reja
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi
Download 35.53 Kb.
|
1 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uniumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
- Ijtlmoyi psixologiya va bolalar psixologiiyasi.
- Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’mi.
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi. Tibbiyot - inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklaning oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o’zaro hamkorligi natijasida psixosomatika - psixologik omillaming salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o’rganadi. Bolalarda uchraydigan ko’’gina kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko’rsatishicha bronxial astma bilan og’rigan kasallarning ko’’chligida bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash. tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chegaralaganlar.
Uniumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlarni, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy va eks’erimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va o’erasiyalari haqida umumiy tasvvurni hosil qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafiikkurning qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishi o’rganadi. Bunda u, umimiiy psixologiyadagi tasavvurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalaniladi. Ijtlmoyi psixologiya va bolalar psixologiiyasi. Ijtimoiy psixologiya - psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoyi guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan, xulq-atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’lanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixiktaraqqiyotini o’rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda bolalar o’rtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirnaydi. Bolalar psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo’lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi. Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’mi. Bolalar psixologiyasi - yosh psixologiyasi fanining bo’limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlaridan farqi shundaki, u psixikhodisalarning o’zini emas, balki rivojlanishi va yoshi bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi. Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat: a) turli psixofiziologik funksiyalarning yoshga oid me’yoralrini ilmiy jihatdan asoslab berish; b) individ, shaxsniiig yetuklik mezonlari va na’munalarini aniqlash; c) hayotning turli bosqichlarida insonning real va ‘otensial imkoniyatlari qanday bo’lishini aniqlash; d) inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushinish va ilmiy bashorat qilish. Ushbu muammolarni hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida - bolalikdagi, o’s’irinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasida o’zgarishlarni chuqur o’rganish talab etiladi. Ayrim o’rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g'ri deb baholash mumkni emas. Chunki genetik psixologiya psixikjarayonlarning ‘aydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixikjarayonlar taraqqiyoti bilangina cheklanib qolmaydi. Download 35.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling