1-mavzu: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari Reja


Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Download 212.1 Kb.
bet5/7
Sana23.10.2023
Hajmi212.1 Kb.
#1717656
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asosla

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga boʻlib oʻrganish mumkin.
Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo boʻlgan.
Bundan koʻrinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi mavjud boʻlgan. Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan boʻlsa, keyinchalik esa oʻziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi tarbiyachilar paydo boʻlgan. Vaqt oʻtgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga koʻra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi boʻlgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga oʻrgatishgan.
Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk koʻrinishlari mavjud boʻlganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan boʻlsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo boʻlishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir koʻrsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik gʻoyalarning yozma manbalari tasdiqlaydi.
Sharqda ijtimoiy pedogogik gʻoyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, Oʻrta Osiyoda- Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oʻrtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik gʻoyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum boʻla boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qoʻshishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “Oʻz oʻzingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yoʻqotishi mumkinligini ta’kidlagan.

Download 212.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling