1-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifasi


Download 0.95 Mb.
bet5/5
Sana25.06.2020
Hajmi0.95 Mb.
#121440
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.1 modul

O‘qitishning interfaol metodlari.


      • Kognitiv (cognito – lotincha so‘z bo‘lib, bilim, bilish ma’nosini anglatadi.) – eng avvalo o‘quvchining tafakkurini shakllantirishga jamoa muhokamasini tashki etish bilan bog‘liq bo‘lgan uslub.

      • Eksperimental– o‘quvchilarning jonli, shaxsiy tajriba orttirishlariga yo‘naltirilgan.

      • Rolli o‘yinlar, modellashtirish – hayotiy vaziyatlarni modellashtirish hamda ma’lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab ko‘rishga yo‘naltirilgan.

      • Fasilitatsiya (inglizcha facilitate – osonlashtirish) guruh ishini tashkil etish, ko‘pincha aniq, haqiqiy amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq, aniq qaror qabul qilish bo‘yicha muhokama, faoliyatning haqiqiy rejasini ishlab chiqish, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirisga mo‘ljallangan.

“Assesment” -texnologiyasi.


Assesment– bu markaz, shaxsga nisbatan o‘z-o‘zini baholash texnologiyasi hisoblanadi.

Assesment” - angl. assessment «baholash»



Maqsadi – o‘quvchilarning bilimini bir necha xil yondashuvlar orqali baholash, tahlil qilish, sinab ko‘rishdan va o‘z-o‘zini baholashga imkoniyat berishdan iboratdir.
1.Ratsonalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘lashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha “behavior” – xulq) konsepsiyasi tashkil qiladi P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o‘qishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib tashlanganda o‘quv kursining butun mazmunini o‘zlashtirib olishga qodir. Ana shu nuqtai nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi.

Metodikaning mohiyati quyidagicha:


  1. O‘qituvchi sinf yoki kurs uchun ta’lim yakunida erishilishi zarur natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.

  2. O‘quv materiallarining yaxlit hajmi ko‘rsatilib, ularni o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko‘rsatmaydigan va tuzatuvchi, korreksiyalovchi navbatdagi testlar tuziladi.

  3. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

2.Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vыgodskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo‘naltiradi.

Ta’limning fenomenologik (fenomen yun. “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.



3.Ezoterik paradigma (yun. “esoterikos” ichki, sirli, yashirin, ayrim toifa kishilarigina ayon bo‘lgan moddiy olam bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yuksak darajalari) mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. SHu bilan birga, o‘qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo‘naltiradi.

4. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHaxs muayyan (o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.

5.Noinstitutsional paradigmaham kengrivojlanmoqda. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.

Ta’lim paradigmalari hal etadigan muammolar:

  • ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari;

-ta’limning samarali tizimi;

  • o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;

-ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;

  • muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.

Paradigmalarini belgilashga nisbatan yondashuv turlari:


    1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv – madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi.

    2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.

    3. Shaxsiy yondashuv – madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo‘ladi. Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.

Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy shakllantirish.


“Kompetensiya” atamasi keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo‘llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Lotincha “campetere”- muvofiq bo‘lmoq so‘zidan kelib chiqqan.

Hozirgi kunda “kompetensiya” atamasi turli sohalarda qo‘llaniladi: huquqshunoslik, tilshunoslik, madaniyat sohalarida, shuningdek tashkilot, muassasa yoki kompaniyaning muhim kompetensiyalari. Lekin xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan “kompetensiya” atamasi qiziqtiradi, shuning uchun xodimlarning kasbiy kompetensiyasi haqida fikr yuritamiz.

Amerikalik psixolog va inson motivatsiyasi tadqiqotchisi Devid Makliland tashkilot, muassasa yoki kompaniyaga kompetentli yondashuvning boshlanishida shuni ta’kidlaydiki, “Inson shaxsi o‘rganilayotganda nomzod yoki xodim o‘zining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari haqida to‘g‘ri javob bermaydi, chunki odam doimo o‘zining meniga yuqori baho beradi, shuning uchun kompetentli yondashuv tashkilot, muassasa yoki kompaniya administratsiyasi tomonidan qonun doirasida ishlab chiqilishi kerak

Xodimlar bilan ishlashda kompetentli yondashuv xodimlarni tanlash, baholash, o‘qitish va rivojlantirishga qaratilgan. Bunda aniq xodimning tegishli kasbiy kompetensiyaga ega ekanligi va darajasi aniqlanadi.

“Kasbiy kompetensiya” atamasi shunday izohlanadi: “bu xodimning lavozim talablariga muvofiq ishlash qobiliyatidir”: Kasbiy kompetensiyalar shaxsiy tavsiflar kabi bayon etilishi mumkin, masalan, “stressga chidamli”, 27 “komanda ishiga layoqatlilik”, “kreativlilik” kompetensiyalari, xuddi shunday egallagan malakalari kabi ko‘rsatilishi ham mumkin, masalan: “muzokara olib borish”, “biznes-reja tuzish” kompetensiyalari.

Lavozim kompetensiyasi ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi ikkita qoidani yodda tutish lozim:



    • fe’l-atvori (bevosita ko‘rish mumkin bo‘lgan);

    • aniq jihatlari (kompetensiya darajasini aniqlashdagi asos) Kasbiy kompetensiya namunalaridan bir nechasini keltiramiz:

“Ishontira olish” kompetensiyasi. Aniqlash: Boshqalarga ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z qaror va harakatlariga ko‘ndirish.

“Tashabbuskorlik” kompetensiyasi. Aniqlash: harakatni boshlab berish va shaxsiy ijobiy jihatlari bilan voqeaga samarali ta’sir ko‘rsata olish. Doimo izlanishda bo‘lish, yangi vazifalarni, qo‘shimcha ishlarni o‘z zimmasiga olish

Odatda har bir lavozim uchun 5-10 ta asosiy kasbiy kompetensiya belgilanadi. Ular bayon etiladi. Bunday holatlarda rahbar tomonidan test savollari shakllantirilsa maqsad muvofiq bo‘ladi. Berilayotgan test savollarining har biri ma’lum kompetensiyaga moslashtiriladi. Test hodimlarning ushbu kompetensiyalarni qanchalik egallanganliklarini ko‘rsatadi.

Nazorat savollari:


  1. Muammoli ta’lim yondashuviga izox bering.

  2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim afzaliklari.

  3. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlariga qanday xizmat qiladi.

  4. Ta’lim sifatini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni roli.

  5. Muammo necha tarkibiy qismdan iborat.

  6. Ta’lim sifatini oshirishda nimalarga e’tibor qilish kerak.

  7. Shaxsga yangicha qarash.

  8. Avtoritar texnologiya nima.

  9. An’anaviy o‘qitish usulini tushuntirib bering.

  10. Noan’anaviy o‘qitish usulini tushuntirib bering.


Foydalangan adabiyotlar.


  1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat – T., 2006.

  2. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006.

  3. Yo‘ldoshev J.G‘.«Pedagogik texnologiya asoslari», T: «Pedagog», 2004.

  4. Saidaxmedov N.S. YAngi pedagogik texnologiyalar - T: Moliya.2006

  5. Ishmuhamedov R.J. va b.q. Ta’limda innovason texnologiyalar.-T.: 2008.



5-mavzu: Ona tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kompetensiyalarni shakllantirish (2 soat amaliy)

Mashg‘ulot maqsadi: ona tili darslari samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.

Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo‘li orqali, yo‘l va materiallarni tuzish hamda qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”.



Pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o‘rniga bo‘linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi bajara olishi mumkin.

Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:

  • tushunchaga oid qism - texnologiyalashtirishning murakkabroq bo‘lgan toifa va qoidlarini o‘rganishga yo‘l;

  • ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismi va harakatlanuvchi tuzilma - ta’lim jarayonini bashoratlash va loyihalashtirish asosi to‘g‘risida tushuncha;

  • ta’limiy texnologiyalarning konseptual asoslari - har qanday ta’lim texnologiyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug‘ida ifodalangan pedagogik g‘oya asos bo‘ladi;

  • maqsadni belgilash - pedagogik vazifalar aniqlangan bo‘lsa va o‘quv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma’noda ifodalangan bo‘lsa, boshlanish shartlari ma’lum bo‘lsa, ta’lim jarayonini loyihlashtirish mumkin;

  • ta’lim berish modeli – maqbul yo‘l (usul va shakl)lar va vositalar yig‘indisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda ob’ektning boshlang‘ich holatini o‘zgartirish bo‘yicha ko‘zlanayotgan natijalarga erishish kafolati;

  • boshqaruvning yo‘l va vositalar yig‘indisi - bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o‘zgartirish to‘g‘risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta’lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish - monitoring.

  • Har bir yo‘l va vosita o‘qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko‘rinarli qo‘shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo‘llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur.

  • Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:

  • uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);

  • yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligi;

  • ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;

  • uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi.

Aniq fan va mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • dastlabki ma’lumotlar: o‘quv mavzusi, vaqti, o‘quvchilar soni;

  • shakl (ma’ruza, seminar va boshq.) va ko‘rinishi (masalan, muammoli ma’ruza va bosh.), o‘quv mashg‘uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o‘quv faoliyatining ko‘zlanayotgan natijalari, pedagogik vazifalari;

  • tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o‘qitish vositalari;

  • ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar;

  • monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo‘l va vositalari: nazorat turi (yozma va og‘zaki), nazorat shakli (tezkor-so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.).

O‘quv mashg‘ulotining texnologiya xaritasi uch qatorni o‘z ichiga olib, 1,5-2 varaqda jadval ko‘rinishida bajariladi: (1) o‘quv mashg‘uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.

Bu erda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.



Технологик харитада таълим берувчи ва таълим олувчи фаолият (ўқув жараён)и босқичларининг кетма-кетлиги ва мазмуни ҳамда уларда қўлланиладиган воситалар тавсифланади. Технологик харита талабаларнинг мустақил ишлашларини назорат қилишга ёрдам беради.

Мавзуий режадан фарқли ўлароқ технологик харитада (1) ўқув mashg‘ulotining bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati bilan birga, ta’lim oluvchining ham faoliyati; (3) ta’lim berishning usul, shakl va vositalari; (4) ta’lim maqsadlarining o‘quv yutuqlari monitoringi va baholashlari ko‘rsatiladi.


Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko‘rsatkichlari.

1- bosqich (5-10 daqiqagacha). O‘quv mashg‘ulotiga kirish.


Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:

  • Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o‘quv mashg‘ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o‘rgatuvchili o‘yin va boshq.), mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini, o‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

  • Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar.

2- bosqich (55-65 daqiqagacha). Asosiy / ma’lumot beruvchilik.


Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:

  • Ta’lim beruvchi o‘quv mashg‘ulotining rejasig‘ tuzilishiga muvofiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqaradi.

  • Ta’lim oluvchilar ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv harakatini bajaradilar.

3- bosqich (10-15 daqiqagacha). Yakuniy - natijaviy.


Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:

  • Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida o‘quvchilar ishini baholaydi yoki o‘zaro baholashning yakunini chiqaradi; o‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi.

  • Ta’lim oluvchilar o‘zaro baholashni o‘tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.


Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari


1.Ona tili darslarida foydalaniladigan interfaol metodlarni tasnif qiling.

2.Ona tili darsi samaradorligini oshiruvchi interfaol metodlardan birini taqdimot qilib bering.


Nazorat savollari


  1. Pedagogik texnologiya tushunchasini qanday tushunasiz?

  2. Pedagogik texnologiyalar ta’limda qanday ahamiyatga ega?

  3. Darsni loyihalash deganda nimani tushunasiz?

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling