1 mavzu: botanika faning rivojlanish tarixi ботаника фанининг ривожланиш тарихи жамиятнинг
Download 42.77 Kb.
|
Mavzu (восстановлен)
Ildizning birlamchi tuzilishi. lldizda bo‘g‘imlar bo‘lmaganligi sababli ildizning ichki tuzilishi poyaning ichki tuzilishiga nisbatan soddaroq tuzilgan. Shuning uchun barcha ildizlarda to‘qimalarning joylashishi deyarli bir xil. Yosh ildizning ichki tuzilishida uchta asosiy to‘qima — qoplovchi to‘qima — rizoderma, birlamchi po‘stloq parenximasi va o‘tkazuvchi to‘qimalarni ko‘rish mumkin (1.7-rasm). Rizoderma tuklari tuproqdagi suv va suvda erigan mineral moddalarni shimib ildizga o‘tkazadi. Birlamchi po‘stloq o‘sish konusining o‘rta qismidagi meristematik hujayralardan hosil bo‘lib, bir necha qavatdan iborat bo‘ladi: ekzoderma, mezoderma, endoderma. Ekzoderma birlamchi po‘stloqning eng tashqi qavati bo‘lib, rizodermaning tagida joylashadi, rizodermaning moddalar almashinishida qatnashadi va himoya vazifasini bajaradi. Mezoderma — ko‘p qatorli birlamchi po‘stloq parenximasidan tashkil topib, keng hujayra oraliqlariga ega. Endoderma birlamchi po‘stloqning eng ichki qavati bo‘lib, markaziy silindrni o‘rab turadi. Markaziy silindr o‘sish konusining ichki tomonidagi 40 hujayralardan hosil bo‘lib, tashqi tomonidan tirik hujayralardan tashkil topgan peritsikl bilan o‘ralgan. Peritsikl hujayralari bo‘linib, yon ildizlarni hosil qiladi. Novda ham ildiz kabi yuksak o‘simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo‘lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug‘imlar, bug‘im oraliqlari va kurtaklar. Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o‘sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o‘tkazish va ba’zan g‘amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar uning shakl o‘zgargan ko‘rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo‘g‘imlarga ega bo‘lishidir. Poyaning bo‘g‘imi ba’zi o‘simliklarda yo‘g‘onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo‘ladi. Odatda poyada ikki xil bo‘g‘imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to‘liq o‘rab olsa yopiq, qisman o‘ragan bo‘lsa, ochiq bo‘g‘im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo‘g‘imlar va bo‘g‘im oraliqlari bo‘lib, ular novdaning o‘qi bo‘ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang‘ich meristematik o‘q va uning uchki qismida bir – birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang‘ichlarini,’ni boshlang‘ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan. Vegetativ kurtaklardan tashqari generativ, vegetativ – generativ kurtaklar ham bo‘ladi. Bunda vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo‘lib, o‘sish konusi esa boshlang‘ich gul yoki to‘pgulga aylangan bo‘ladi. Shoxlanish turlari. Shoxlanish natijasida o‘simlikning yer ustki qismida, ya’ni tanasida shox – butoqlar vujudga keladi. Yuksak o‘simliklarning tarixiy rivojlanish davomida shoxlanishning quyidagi turlari kelib chiqqan: 1. Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o‘sish konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir meyorda bir – birlariga nisbatan qarama – qarshi yo‘nalishda ayri shaklda o‘sadi. Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, ko‘pchilik paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug‘lilarda uchratiladi. 2. Monopodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo‘lib, o‘simlikning yer ustaki qismi bo‘yiga o‘sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. Monopodial shoxlanish natijasida daraxlardasimmetrik bir tekis yo‘nalgan tik o‘suvchi asosiy tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko‘pchilik ochiq urug‘li o‘simliklar (oddiy qarag‘ay, sarvi, kedr, oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay va boshkalar) uchun xosdir. 3. Simpodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o‘simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida o‘simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida monopodial va dixotomik shoxlanishlar yotadi.
Download 42.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling