1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


Download 212.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana21.06.2023
Hajmi212.3 Kb.
#1642578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ММ

Qisqa xulosalar 
Buyruqbozlik asosidagi boshqaruv, markazlashgan rejalashtirish, turli ko’rsatmalar, nazorat 
raqamlari va limitlarning mavjudligi ayrim olim va mutaxassislar nazarida bozorning rejalashtirish 
bilan mos kelmasligi haqida fikr uyg’otishiga sabab bo’ldi. Hattoki, ayrim xulosalar bozor - bu 
rejaning aksi deb hisoblashgacha borib yetdi. Natijada bozor munosabatlariga o’tishda 
rejalashtirish deyarli yoddan chiqib ketay dedi. 
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan 
avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va 
bashorat qilish menejmentning funksiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini 
aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga 
ega bo’ladi. 
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish 
istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning dastlabki 
bosqichidir.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, 
qayerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday 
va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va 
foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam 
bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori 
bo’ladi. 
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning 
u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab 
beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan 
tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim. 
 
Muhokama va nazorat savollari 
1. 
Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning mohiyati nimada?
2. 
Bozor sharoitlaridagi rejalashtirish avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi 
rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi? 
3. 
Xo’jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy tamoyillarini sanab 
bering. 
4. 
Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada? 
Rejalashtirish va erkin tadbirkorlik qay tarzda uyg’unlashadi?

Download 212.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling