1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi


Download 212.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.06.2023
Hajmi212.3 Kb.
#1642578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ММ

1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi 
Biznes («business») so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, ish degan ma’noni anglatadi. Biznes 
bilan mashg’ul bo’lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya’ni ishbilarmonlar deb ataladi. 


Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri 
Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo’lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga 
aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday 
deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O’z oldingga aniq maqsad qo’y. Qo’lingdan kelgancha 
ta’lim ol, so’ngra Xudo haqqi, biron narsa qil». 
Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo’lgan shartidir, 
biznesning o’zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir. Biznes erkin shaxsning tashabbusi 
va ijodkorligi asosida yaratiladi. U yollanma xodimning ko’r-ko’rona buyruqni bajarishi, majburiy 
mehnat qilishiga qarshi qo’yiladi. Biznesni harakatlantiruvchi kuch bu faollik, majburiyat
batartiblik va insonning o’ta mehnatsevarligidir. Ushbu talablarga asoslanmas ekan, biznes yakka 
tarzda amalga oshiriladimi, jamoaviy tarzdami, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashi shubhasiz. 
Insonni biznesmen bo’lishga majbur qilish mumkin emas, uning uchun faqat tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish, o’z g’oya va ixtirolarini ishga solish uchun sharoit yaratib berish 
mumkin. Biznesni boshlashdan avval quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish lozim bo’ladi: 
Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish. 
Yetarli miqdorda boshlang’ich kapitalga ega bo’lish. 
O’z zimmasiga olgan majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq bajarish. 
Biznes bilan faqat qo’shnilar, do’stlar yoki tanish-bilishlar shug’ullanayotganligidan kelib 
chiqqan holda shug’ullanish mumkin emas. Gap shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki 
foyda keltiradigan ish emas, u biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes 
hollarida) ham ma’lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir. Biznes jiddiy raqobat, o’zaro 
kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi. 
Ayrim iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikni yanglish tarzda sinonim tushunchalar deb 
hisoblashadi. Boshqa iqtisodichilar esa ular o’rtasidagi farqni to’g’ri anglay oladilar. Garchi ular 
o’rtasida «Xitoy devori» bo’lmasada, biroq ayrim jihatlardagi farqlarni ajratib ko’rsatishimiz 
mumkin. 

Download 212.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling