1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


Download 212.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana21.06.2023
Hajmi212.3 Kb.
#1642578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ММ

1.3. Biznes va aholi bandligi 
Biznes kecha yoki o’tgan kuni paydo bo’lgani yo’q. U tovar munosabatlari kabi uzoq 
o’tmishga borib taqaladi. Mahsulot ishlab chiqarishni o’rganib olgach, odamlar keyinchalik 
ayirboshlash, savdo qilish, qarzga berish, chetga olib chiqish, chetdan olib kelish va hokazolarni 
ham o’rgandilar. Bu bilan ular hamma vaqt, hamma mamlakatlarda va har qanday sharoitlarda, 
ko’proq bu narsa zarur va foydali bo’lganda shug’ullanganlar. Biznes shakllari, uning qadriyatlari 
va madaniyat bilan munosabatlari ko’p jihatdan muayyan tarixiy vaziyatga, iqtisodiyotning 
rivojlanish vazifalari va holatiga bog’liq bo’lgan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’z oldiga huquqiy va demokratik davlat qurish 
vazifasini maqsad qilib qo’ydi. Bugungi iqtisodiy islohotlar yo’nalishi mamlakatning iqtisodiy 
salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, korxonalarning iqtisodiy erkinligini 
kengaytirish va milliy farovonlikni ta’minlashdan iborat. Biznes va tadbirkorlik, ayniqsa, kichik, 
o’rta va xususiy biznes YAMMni shakllantirish asosiy bo’g’inga aylanishdan tashqari, aholi 
bandligi va daromad manbaining muhim omiliga aylanishi lozim. 
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash – Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika 
standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo’llanma 
asosida amalga oshiriladi. Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga 
ko’ra, aholining umumiy daromadlari 515,7 trln. so’mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo’yicha 
real o’sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya 
ko’rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. 
Iste’mol narxlarining o’zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy 
daromadlarining real o’sish sur’ati 112,1 % ni tashkil etdi. 
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida (o’n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy 
daromadlar hajmi Toshkent shahrida (30232,0 ming so’m) hamda Navoiy (24156,2 ming so’m), 
Buxoro (17847,1 ming so’m), Toshkent (16331,7 ming so’m) va Xorazm (15484,5 ming so’m) 
viloyatlarida o’rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. 
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida (o’n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy 
daromadlar hajmi eng quyi ko’rsatkichlari Farg’ona (10929,8 ming s’om), Namangan (11329,1 
ming s’om) va Qoraqalpog’iston Respublikasida (11391,6 ming s’om) hamda Surxondaryo 
(11884,7 ming so’m) viloyatlarida qayd etildi. 
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Xorazm (13,9 %), 
Toshkent (11,9 %) va Farg’ona (11,8 %) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga Toshkent shahar 
(4,9 %), Sirdaryo (5,3 %), Andijon (8,1%), Jizzax (8,7 %), Qashqadaryo (8,9 %) viloyatlari va 


Qoraqalpog’iston Respublikasida (9,7 %) aholi jon boshiga real daromadlari o’rtacha respublika 
darajasidan past ko’rsatkichni tashkil etdi. 
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy 
daromadlar tarkibida 65,0 % ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 
(yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va 
26,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o’zgarishi hisobiga 
yuzaga kelgan. 
2021- yilning yanvardekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, aholining umumiy 
daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,4 % ni tashkil etdi. 
Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hududiy aholi umumiy daromadlaridagi 
ulushi turlicha, eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (70,9 %) kuzatildi. Eng kam ulush esa Toshkent 
shahrida (48,6 %), Qoraqalpog’iston Respublikasida (53,2 %), Navoiy (56,5 %) va Farg’ona (58,4 
%) viloyatlarida qayd etildi. 

Download 212.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling