1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja
Download 212.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ММ
Qisqa xulosalar
Buyruqbozlik asosidagi boshqaruv, markazlashgan rejalashtirish, turli ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlarning mavjudligi ayrim olim va mutaxassislar nazarida bozorning rejalashtirish bilan mos kelmasligi haqida fikr uyg’otishiga sabab bo’ldi. Hattoki, ayrim xulosalar bozor - bu rejaning aksi deb hisoblashgacha borib yetdi. Natijada bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli yoddan chiqib ketay dedi. Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funksiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir. Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qayerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo’ladi. Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim. Muhokama va nazorat savollari 1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning mohiyati nimada? 2. Bozor sharoitlaridagi rejalashtirish avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi? 3. Xo’jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy tamoyillarini sanab bering. 4. Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada? Rejalashtirish va erkin tadbirkorlik qay tarzda uyg’unlashadi? Download 212.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling