1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar


Download 212.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana21.06.2023
Hajmi212.3 Kb.
#1642578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ММ

Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar 
Biznes
Tadbirkorlik 
1. Erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlashga 
intilish, faoliyatning reproduktiv xarakteri 
1. 
Tashabbuskorlik, 
uddaburronlik, 
izlanuvchanlik, ijodkorlik, serg’ayratlik 
2. Foyda (daromad) keltiradigan ishga ega 
bo’lgan shaxs 
2. Ishga ega bo’lgan shaxs 
3. Kapitalga ega 
3. 
Boshlang’ich 
kapitalga 
ega 
bo’lmasligi mumkin 
4. Menejerlik iqtidoriga ega, doimiylikka 
intiladi, fikran va hatti-harakatlarda konservator 
4. 
Tavakkalchilikka 
moyillik,
novatorlik, «ilohiy» iqtidorga egalik 
5. Kapitaldan daromad olish 
5. Tadbirkorlikdan foyda olish 
6. Amaliyotda ko’proq uchraydi 
6. Amaliyotda kamroq uchraydi 
Biznes va tadbirkorlik sohalari ko’p hollarda «kichik» iqtisodiyot deb ataladi. Amaliyotning 
ko’rsatishicha, kichik biznes kelgusida yirik tadbirkorlikka, kichik tadbirkorlik esa yirik biznesga 
aylanishi mumkin. AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreyadagi ko’plab avtomobil firmalari 
aynan shu yo’lni bosib o’tgan. Rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQShda ishbilarmonlar va 
tadbirkorlar millatning «oltin fondi» hisoblanishi bejiz emas, bu mamlakatlarda xalq orasida 
tadbirkorlik ruhining so’nmasligiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Biznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan holda qishloq 
xo’jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga 
bog’liq holda esa biznesni kichik, o’rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq 
biznesning istalgan shakli va miqyosida ham uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish 
hisoblanadi. Biznesning ushbu pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin. 


Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko’pchilik to’g’ri tushungan va 
anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo’lga qo’yish, boshqacha qilib 
aytganda pul to’plash yotmaydi, balki o’ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi 
o’ringa qo’yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o’ylaganday, bizga o’rgatishganday kapitalist 
emas, u tashabbuskor, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo’lgan shaxsdir. 
Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi 
muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va 
normalariga mos kelsa bo’ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan 
tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi 
bejiz emas. 
2021-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 54,9% 
ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,5 birlikni tashkil qildi. 
2021-yilning yanvar-dekabrida 98,9mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer 
va dehqonxo’jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o’tgan yilning shudavriga nisbatan 6,1 foizga ko’p 
demakdir. 
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 38459 
ta, sanoatda 19285 ta, qishloq, o’rmon va baliqchilikxo’jaligida 11710 ta, qurilishda 6330ta, 
yashash vaovqatlanishda 6621 ta, tashish va saqlashda 2642 ta tashkil etilgan. 
Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor konyunkturasi 
o’zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o’laroq, 
atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta’sir ko’rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib 
kelmaydi. Kapital sig’imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik 
sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko’proq muvaffaqiyatga erishadi va 
demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-
uskunalar tez-tez o’zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik 
korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan muhit aynan shundaydir. Boshqaruv 
xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko’p funksionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez 
erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida 
ustivor bo’lishini belgilab beradi. 
Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi 
hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB 
korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadilar. 
2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 54,9 %ni tashkil 
qildi. (2020- yilning yanvar-dekabrida 55,5 %). 
2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) 
eksporti hajmi 3711,2 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 22,3 % ini tashkil 
etdi. 
2021- yil yanvar-dekabroylarida hududlar bo’yichakichik tadbirkorlik subyektlaritomonidan 
amalga oshirilganmahsulot (ishlar va xizmatlar)eksportining jamiga nisbataneng ko’p ulushi 
Sirdaryoviloyatida – 76,4 %, Surxondaryo viloyatida – 60,0 %,Xorazm viloyatida – 51,7 %, 
Qashqadaryo viloyatida – 51,6%, Namangan viloyatida – 49,6% va Farg’ona viloyatida 49,4% ni, 
eng past ko’rsatkich Navoiy viloyatida – 11,9 % ni tashkil etdi. 
2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) 
importining hajmi 12389,0million AQSH dollariniyoki umumiy importning 48,7% ini tashkil etdi. 
2021- yil yanvar-dekabr xizmatlar) importining jami importdagi ulushi, % daoylarida 
hududlar bo’yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar 
va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida – 89,6 %, 
Jizzax viloyatida – 84,4 %, Namangan viloyatida – 78,6 %, Xorazm viloyatida – 74,7 %, Farg’ona 
viloyatida 72,6 % ni tashkil etdi. Eng past ko’rsatkich Andijon viloyatida – 13,1 % ni tashkil etdi. 
2021- yil yanvar-dekabroylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 121719,2 


milliard so’mlik sanoatmahsulotlari ishlab chiqarildi. 
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko’p sanoat mahsulotlariishlab 
chiqarish hajmi Toshkent shahri (31226,2 mlrd. so’m), Toshkent (14407,4 mlrd. soʻm),Farg’ona 
(12746,0 mlrd. soʻm), Andijon (9739,5 mlrd. soʻm) va Samarqand (9691,0 mlrd.soʻm) viloyatlari 
hissasiga to’g’ri keldi. Xorazm viloyatida (3003,1 mlrd. soʻm) sanoatmahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmi eng past bo’lib qolmoqda. 
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o’zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi tizimini 
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik «yuqoridan» berilgan 
chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo’lishi lozim. 
Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud va ishlab 
chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan samarali foydalanishga yo’naltirish muhim. Jahon 
tajribasining ko’rsatishicha, aynan ishlab chiqarish yo’nalishidagi biznes tufayli ko’plab G’arb 
mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 
va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan. 
Shu sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat 
uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor 
yo’nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo’li milliy boyliklarni ko’paytirishga xizmat 
qiladi. 

Download 212.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling