Kreativ fikrlash nima
Download 39.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqKREATIV FIKRLASHNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES JARAYONLARINI TASHKIL ETISHDA KREATIV FIKRLASHNING O’RNI.
KREATIV FIKRLASHNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI VA UNING DOLZARBLIGI REJA. KREATIV FIKRLASH NIMA? KREATIV FIKRLASHNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI BIZNES JARAYONLARINI TASHKIL ETISHDA KREATIV FIKRLASHNING O’RNI. Kreativ fikrlashning inson faoliyatidagi ahamiyati va uning dolzarbligi Kreativ fikrlash nima ? Kreativlik (lot., ing. “create ” - yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat . Kreativ fikrlash , asosan , bu ikki narsaga bog’liq – tanqidiy fikrlash va ijodkorlik. Tanqidiy fikrlash aniq va oqilona fikrlashdir. Bu aniq va muntazam ravishda fikrlashni, boshqa narsalar qatorida mantiq va ilmiy fikrlash qoidalariga rioya qilishni o’z ichiga oladi. Ijodga kelsak, bu yangi va foydali g’oyalarni taklif qilish, muqobil imkoniyatlarni yaratishdir. Kreativ fikrlash , asosan , bu ikki narsaga bog’liq – tanqidiy fikrlash va ijodkorlik. Tanqidiy fikrlash aniq va oqilona fikrlashdir. Bu aniq va muntazam ravishda fikrlashni, boshqa narsalar qatorida mantiq va ilmiy fikrlash qoidalariga rioya qilishni o’z ichiga oladi. Ijodga kelsak, bu yangi va foydali g’oyalarni taklif qilish, muqobil imkoniyatlarni yaratishdir. Ijodiy fikrlovchi bu quyidagilarni bajarishga qodir bo’lgan kishidir: -fikrlar orasidagi mantiqiy aloqalarni tushunish; -fikrlarni qisqacha va aniq shakllantirish; -argumentlarni aniqlash, tahlil qilish va baholash; -qarorning ijobiy va salbiy tomonlarini baholash; -gipotezaga qarshi dalillarni baholash; -fikrlashda nomuvofiqliklar va keng tarqalgan xatolarni aniqlansh; -muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish; -g’oyalarning dolzarbligi va ahamiyatini aniqlash; -o’zining e’tiqodi va qadriyatlarini isbotlash; o’zining fikrlash qobiliyatini aks ettirish va baholash. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun : Birinchidan, o’zingizga ijodiy fikrlashga ruxsat bering Ikkinchidan, o’zingizda ijodingizni topishga kuch toping. Uchinchidan, jasoratli bo’ling. Kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn « Tasavvur bilimdan muhim » deganida aynan shu jihatini nazarda tutgan . Ko’pincha noodatiy fikrlar , yechimlar kutilmaganda inson hayoliga keladi. Buning uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka barham berishi lozim Kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn « Tasavvur bilimdan muhim » deganida aynan shu jihatini nazarda tutgan . Ko’pincha noodatiy fikrlar , yechimlar kutilmaganda inson hayoliga keladi. Buning uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka barham berishi lozim Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi.Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak. PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi. Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi. Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi. Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz. Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin. Download 39.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling