1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja
Download 212.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ММ
1.3. Biznes va aholi bandligi
Biznes kecha yoki o’tgan kuni paydo bo’lgani yo’q. U tovar munosabatlari kabi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Mahsulot ishlab chiqarishni o’rganib olgach, odamlar keyinchalik ayirboshlash, savdo qilish, qarzga berish, chetga olib chiqish, chetdan olib kelish va hokazolarni ham o’rgandilar. Bu bilan ular hamma vaqt, hamma mamlakatlarda va har qanday sharoitlarda, ko’proq bu narsa zarur va foydali bo’lganda shug’ullanganlar. Biznes shakllari, uning qadriyatlari va madaniyat bilan munosabatlari ko’p jihatdan muayyan tarixiy vaziyatga, iqtisodiyotning rivojlanish vazifalari va holatiga bog’liq bo’lgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’z oldiga huquqiy va demokratik davlat qurish vazifasini maqsad qilib qo’ydi. Bugungi iqtisodiy islohotlar yo’nalishi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, korxonalarning iqtisodiy erkinligini kengaytirish va milliy farovonlikni ta’minlashdan iborat. Biznes va tadbirkorlik, ayniqsa, kichik, o’rta va xususiy biznes YAMMni shakllantirish asosiy bo’g’inga aylanishdan tashqari, aholi bandligi va daromad manbaining muhim omiliga aylanishi lozim. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash – Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo’llanma asosida amalga oshiriladi. Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko’ra, aholining umumiy daromadlari 515,7 trln. so’mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo’yicha real o’sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko’rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o’zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o’sish sur’ati 112,1 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida (o’n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (30232,0 ming so’m) hamda Navoiy (24156,2 ming so’m), Buxoro (17847,1 ming so’m), Toshkent (16331,7 ming so’m) va Xorazm (15484,5 ming so’m) viloyatlarida o’rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida (o’n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko’rsatkichlari Farg’ona (10929,8 ming s’om), Namangan (11329,1 ming s’om) va Qoraqalpog’iston Respublikasida (11391,6 ming s’om) hamda Surxondaryo (11884,7 ming so’m) viloyatlarida qayd etildi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Xorazm (13,9 %), Toshkent (11,9 %) va Farg’ona (11,8 %) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga Toshkent shahar (4,9 %), Sirdaryo (5,3 %), Andijon (8,1%), Jizzax (8,7 %), Qashqadaryo (8,9 %) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (9,7 %) aholi jon boshiga real daromadlari o’rtacha respublika darajasidan past ko’rsatkichni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 65,0 % ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va 26,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o’zgarishi hisobiga yuzaga kelgan. 2021- yilning yanvardekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, aholining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,4 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hududiy aholi umumiy daromadlaridagi ulushi turlicha, eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (70,9 %) kuzatildi. Eng kam ulush esa Toshkent shahrida (48,6 %), Qoraqalpog’iston Respublikasida (53,2 %), Navoiy (56,5 %) va Farg’ona (58,4 %) viloyatlarida qayd etildi. Download 212.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling