1-mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik
Download 150.91 Kb.
|
1-Ma\'ruza word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy yondashuv.
- Ma’muriy
Sifat miqdorlarda ifodalana boshlandi – 1985 yilda jahonda sotilayotgan mahsulotlarning yarmidan ko’pi Yaponiyaning hissasiga to’g’ri keldi. Bunday mahsulotlar: fotokameralar (84%), kassetali videomagnitofonlar (84%), soatlar (82%), kalьkulyatorlar (77%), yuqori chastotali oshxona pechkalari (71%), telefon apparatlari (66%), mototsikllar (55%), rangli televizorlar (53%) va boshqalar. Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlarSifatni boshqarishga yondashuvlarni ikki asosiy yo’nalishga ajratish mumkin. Ma’muriy yondashuv. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini 100% gacha oshirish taklif qilinadi. Mahsulotning sifati uning hayot tsikli bosqichlariga mos ravishda turkumlanadi. Mahsulotning hayot tsikli marketing tadqiqotlari va ishlanmalaridan boshlanib, ishlab chiqarish, sotish, ekspluatatsiya qilishni qamrab oladi va utilizatsiyalash yoki iste’mol qilishgacha davom etadi. Nuqsonlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi muhim bosqichlar va operatsiyalar ajratiladi va tadqiq etiladi. Yuzaga kelgan nuqsonlar turlarga ajratiladi. SHunga ko’ra, nuqsonlarning yuzaga kelishining oldini olish va sifat darajasini 100% gacha olib chiqish choralari ko’riladi. Ma’muriy yondashuvda nuqson paydo bo’lishi bilan darhol bartaraf qilinishi lozim bo’lgan favqulodda holat sifatida e’tirof etiladi. Sifat masalasiga iqtisodiy yondashuvda mahsulot sifatining ko’zlangan darajasiga erishish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq harajatlar miqdori aniqlanadi. Iqtisodiy yondashuvda mazkur chegara sifatning optimal darajasini aniqlashga imkon beradi. Download 150.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling