1-Mavzu: “buxgalteriya hisobi” faniga kirisн


Download 0.98 Mb.
bet5/7
Sana25.08.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1670047
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маvzu. BX-RNK-21

Hisoblash tamoyili
Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular bo‘yicha pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari olingan yoki to‘langan paytda emas, balki ular sodir etilgan paytda aks ettiriladi

Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish

Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi

Uzluksizlik
Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi sub'ekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'ektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.

Ishonchlilik
Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.

Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak

Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik sub'ekti tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak.

3. «Buxgalteriya hisobi» faniniing predmeti va asosiy tamoyillari
Ahamiyatlilik
Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operasion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga ta'sir qilishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling