1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Download 143.15 Kb.
bet11/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Statistik hisobda o‘rganayotgan ob’ekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya Vazirligi, Davlat Statistika Qo‘mitasi, teshli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu hisobning o‘ziga hos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, kuzatish va tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi, ikkinchidan, boshlanish va tugallash muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir etilgandan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o‘tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi – har qanday mulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim qilish tizimidir.
“Buxgalter”atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, buck–kitob, halter–tutish so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan xujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biznes reja ko‘rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilishdir. O‘z navbatida ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishni ta’minlashdir.

Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling