1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari


Download 143.15 Kb.
bet19/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

1.8. Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari.
Konseptual qoidalar tizimi 1980 yillarda Moliyaviy Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi va Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi tomonidan AQSH, Kanada va Avstraliyada yaratilgan. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti (IFRS) qoidalar tizimida vazifalari, o‘ziga xosligi va chegarasi yozib qo‘yilgan qaysi moliyaviy hisob va qayd qilish ajratiladi.
Buxgalteriya konseptual qoidalar tizimi mavjud amaliyot tizimlarini rivojlangan yangi amaliyotlar bilan tayyorlanishini qabul qilinishini belgilab beradi. Konseptual qoidalar tizimi buxgalteriya ishi tomonidan cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Bu moliyaviy hisobotlar tayyorlashning ob’ektlari, hisobotning sifat harakteri, moliyaviy hisobotning elementlari va boshqarish ishlarini o‘z ichiga oladi. Boshqarish ishlari mahsulotlarni tan olish, hisobotda qiymatlarning o‘lchovi, moliyaviy hisobotning taqdimoti va korxonaning hisoboti tayyorlanishini qamrab oladi. U yana yuqorida har bir qismda eslatib o‘tilgan qoidalar, prinsiplar va cheklovlarni ifoda etadi.
Konseptual qoidalar tizimining 4 ta o‘rganilishi kerak bo‘lgan talablari.

  1. Chegaralash nima moliyaviy hisobotda ichiga olingan bo‘lsa.

  2. Yangi imkoniyatlarga ro‘baro kelish uchun buxgalteriya sohasini yaratmoq.

  3. Buxgalteriya amaliyotini oqilona tashkil etish.

  4. Korxonaga o‘lchovlarni va faoliyat metodlarini tanlashda imkoniyat bermoq.12

Etik ruhiy standart faoliyatlari natijasida kelib chiqadi. Buxgalterlar chegara qoidalariga amal qilishlari kerak va etik qoidalar orqali boshqarilib turilishi kerak. Etik qoidalarning 6 ta turi mavjud, ular quyidagilardir:

  1. Konservatizm (eskilikni yoqlash): Daromad ikkilanish bo‘lishi bilan qayd qilib qo‘yilishi kerak, lekin xarajatlar sodir bo‘lishi bilanoq qayd qilinishi kerak. Bu amaliyot korxonaning tartibini va masuliyatliligini oshiradi.

  2. Doimiylik: Biznes amaliy va qoidalarga rioya qiluvchi bo‘lishi kerak, faoliyat yoki prinsiplar doimiy bo‘lishi kerak. Ular amaliyotini aniq sabablarsiz o‘zgartira olmaydilar. Misol uchun, korxonaning joriy buxgalteriya davri 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lsa, keyingi yilning buxgalteriya davri 1-apreldan 31-martgacha qilib o‘zgartirib bo‘lmaydi.

  3. Ob’ektivligi: Biror bir qayd, iqtisodiy faoliyat va muomalalar to‘liq ma’lumotlar asosida, ish hujjatlari asosida va sodir bo‘lgan muomalaning mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.

  4. Tushunarlilik:Ma’lumotlar berilayotgan axborot foydalanuvchilariga tushunarli bo‘lishi kerak va hech qanday ma’lumotlar ulardan berkitilmasligi kerak

  5. Xolislik va haqqoniylik: Buxgalterlar o‘zlarining hisobotlariga xolis ish jihatidan yondashishi kerak (yo ijobiy yo salbiy). Ularda anglashilmovchilik bo‘lmasligi kerak ya’ni korxonada ularning qarorlari va harakatlari buxgalterning vazifasidan kelib chiqqan holda bo‘lishligi kerak.

  6. Ishonchlilik: Korxonadan yig‘ilgan barcha axborotlar buxgalter tomonidan ishonchli saqlanishi kerak. Axborotlar faqatgina hukumat qonunlari doirasidagina ish maqsadlarida yoki mas’ul idoralarga oshkor etilishi mumkin.

Eslatma:13 Yuqorida ko‘rib chiqilgan 3 ta qoida (chegara qoidalar, o‘lchov qoidalar va etik qoidalar) gipoteza sifatida tasniflashi mumkin (korxonalarni ajratish, buxgalteriya davri, rivojlanish davomiyligi va pul o‘lchovi), prinsiplari (eski narx,realizatsiya,muvofiqlik vaikkiyoqlama yozuv) yoki ta’limotlar (konservatizm, doimiylik, ob’ektivligi, tushunarlilik, xolislik vaishonchlilik).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– hisoblash;
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;
– ishonchlilik;
– ehtiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va xolis taqdim;
tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish;
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag’larini olish yoki to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita schyotlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag’lari harakati to‘grisida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot etarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi, deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etishhisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.



Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling