1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari


Download 143.15 Kb.
bet12/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

1.4. Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag’lar kuzatish davomida o‘zining tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o‘zgartirib boradi. Hisob turlarini to’g’ri belgilash kuzatilayotgan xodisa va jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish imkonini berish bilan ular o‘rtasidagi o‘zaro bog’liqlikni ta’minlaydi.
Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish mumkin.
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan hisob turiga bog’liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham bog’liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag’lari va ularning xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan ob’ektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi farq qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.

Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling