1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlari


Download 343.36 Kb.
bet11/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1.7. Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlari
Ma'lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya'ni o‘rganiladigan obektlariga va metodi, ya'ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.

Buxgalteriya hisobining predmeti bolib, xojalik mablaglari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar) va mablag`larning takror ishlab chuqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi hamda faoliyat natijalari hisoblanadi.

Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga, foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi kerak.


Xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim. mablag‘lar va manbaar ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obektlarini belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 4-moddasiga muvofiq «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining obektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami korxonalarning xo‘jalik faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-rejalari bilan belgilanadi.
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni hisob obektlarining iqtisodiy mohiyati orqali ochib beriladi (1.7-rasm).



Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling