1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Download 343.36 Kb.
bet7/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yerkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompyutyerlashtirish, buxgaltyer, iqtisodchi va tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi subektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmatlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurslardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, korxona ma'muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxonasining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki – xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; joriy – xo‘jalik muomalasini amalga oshirish; keyingi – muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
3. Mulkning saqlanishini ta'minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar.

Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling