1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Download 343.36 Kb.
bet4/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va opyerativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning tuzulishiga ham ta’sir etadi.
O‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko‘ra statistik hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishning muayyan metodik usullaridan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to‘plash, statistik guruhlash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo‘jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subektning mablag‘lari va ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo‘jalik jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o‘lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir o‘lchovda, ya'ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.


1.4. Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uch turga bo‘linadi (1.3-rasm).





Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling