1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-protsessual munosabatlar


Download 1.49 Mb.
bet75/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-protsessual munosabatlar
Ma ’muriy-protsessual munosabatlar — jamiyatda vujudga keladi­ gan huquqiy munosabatlaming bir ko'rinishi bo'lib, huquqiy nor­ malarda nazarda tutilgan aniq subyektlar o'rtasidagi yuridik aloqa- lami anglatadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar — unda ishtirok etuvchi subyektlaming belgilangan xulq-atvorda bo'lishini nazarda tutadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar — hamma vaqt ma’muriy- protsessual normalar asosida vujudga keladi. Albatt'a, huquqiy nor­ maning mavjud bo'lishi, huquqiy munosabatni vujudga kelishiga yetarli emas..
Huquqiy munosabatning vujudga kelishi uchun huquq subyekti (huquq layoqati va muomala layoqati) va yuridik fakt- laming (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo'lishi ham talab qilinadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirish barcha huquqiy munosabatlar singari, davlatning ta’sir choralari bilan ta’­ minlanadi.
Ular turii-tuman bo'lib, faqatgina majburlov choralari bilan chegaralanmaydi. Ijro hokimiyati organlari faoliyatida vujudga keladigan aksariyat ma’muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirishda davlatning majburlov choralarini qo'llash zaruriyati mavjud emas. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ma’muriy-protsessual munosabat­ laming o'ziga xos xususiyatlari, ulami huquqiy munosabatlaming bir ko'rinishi sifatida ifodalashga imkon beradi. Lekin bu xusu­ siyatlar ma’muriy-protsessual munosabatlaming mazmunini to'liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, asosiy e’tibomi, uning alohida xususiyatlarining qisqacha tavsifiga qaratish lozim. Jumladan:
birinchidan, ma’muriy-protsessual munosabatlar — davlat bosh­ qaruvi sohasida ijro hokimiyati organlarining vakolatlarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladi hamda moddiy normalar singari, aniq ifodalangan boshqaruv xususiyatiga egadir;
ikkinchidan, bu munosabatlar — protsessual huquqiy munosa­ batlardir. Agar ma’muriy-protsessual munosabatlaming birinchi xususiyati ularni moddiy normalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi xusu­ siyati bu ikkala norma o'rtasidagi aniq chegarani belgilab beradi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar ma’muriy-moddiy muno- sabatlardan farq qilgan holda, quyidagi xususiyatlarga ega: a) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan vujudga kelishining xususiyatiga q
arab farqlanadi. Masalan, moddiy muno­ sabatlar vujudga kelishi uchun huquq normasi, huquq subyektliligi va yuridik faktning mavjud bo'lishi talab qilinadi. Ma’muriy- protsessual munosabatlaming vujudga kelishi uchun esa yana bir huquqiy normaning ko'rinishi — protsessual normalarning mavjud bo'lishi kerak, ya’ni bu munosabatlar — moddiy normalar bilan bir vaqtda protsessual normalar mavjud bo'lganida vujudga kelishi mumkin. Moddiy normaning bo'lmaganligi, ma’muriy-protsessual munosabatlaming predmeti yo'qligini vujudga keltiradi, protsessual normaning bo'lmaganligi esa umuman bunday munosabatlar vujud­ ga kelishini inkor etadi;
b) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan huquqiy normalardan kelib chiqadigan tartibga solinishi xususiyatiga qarab farqlanadi. Masalan, protsessual normalar moddiy normalardan farqli ravishda, subyektlar amalga oshiradigan harakatlarda katta ahamiyatga ega bo'lgan «dinamik» munosabatlarni tartibga soladi. Protsessual munosabatlar ishtirokchilarining harakati qonunda belgilangan tartibda va ketma-ketlikda amalga oshiriladi; .
d) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o'zining ahamiyati bilan ham farqlanadi. Ma’muriy-protsessual munosa­ batlaming asosiy vazifasi — bu tegishli moddiy normalar amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir;
e) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o'zining tuzilishiga ko'ra farqlanadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar murakkab tuzilishga ega. Protsessual munosabatlarda bir necha subyektlar ishtirok etib. harakatlarni ketma-ketlikda amalga oshi­ rish orqali munosabat kengayib, riovojlanib boradi hamda o'zining yuridik mazmunini, tarkibini o'zgartiradi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqqanda, ma’muriy-protsessual munosabatlarni asosiy va ko'maklashuvchi (yordamchi) munosabatlarga ajratish mumkin.
Protsessual munosabatlaming ishtirokchilari mazkur munosabat­ larda turlicha o'rinni egallaydi va ularning huquqiy maqomi o'z­ garib turadi; 0 protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan subyekt­ lar doirasiga qarab ham farqlanadi.
Protsessual munosabatlaming ishtirokchisi sifatida moddiy munosabatlaming barcha ishtirokchi­ lari, shuningdek, moddiy munosabatlarda ishtirok etmagan boshqa ishtirokchilar ham namoyon bo'lishi mumkin. Ma’muriy-protsessual munosabatlarni, normalar singari, bir necha asoslaiga qarab tasniflash mumkin. Jumladan:
1) mazmuniga ko'ra ma’muriy-protsessual munosabatlar; a) iqtisodiyot va uning turli sohalarida vujudga keladigan ma’­ muriy-protsessual munosabatlar; b) ijtimoiy-madaniy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlar; d) ma ’muriy siyosiy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarga bo'linadi.
2) ma’muriy ish yuritish turlariga ko'ra ma’muriy-protsessual munosabatlar: a) ijro hokimiyati organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; b) davlat boshqaruvi sohasida fuqarolaming va tashkilotlarning murojaatlari bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; d) ma ’muriy huquqiy shikoyatlar va nizolar bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; e) rag'batlantirish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; f) ruxsat berish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; g) litsenziya berish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; h) ijro etish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar; i) ma ’muriy huquqbuzarlik bo'yicha vujudga keladigan munosa­ batlar; j) davlat boshqaruvi sohasida intizomiy ishlar bo'yicha vujudga keladigan munosabatlar.
3) sohaga taaUuqliligiga ko'ra ma’muriy-protsessual munosabatlar a) m a’muriy-huquqiy moddiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadiga ega bo'lgan munosabatlar; b) fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadiga ega bo'lgan munosa­ batlar; d) mehnat huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy mu­ nosabatlarni amalga oshirish maqsadiga ega bo'lgan munosabatlar;
e) moliya huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy mu- nosabatlami amalga oshirish maqsadiga ega bo'lgan munosabatlar;
f) oila huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosa- batlami amalga oshirish maqsadiga ega bo'lgan munosabatlar va h.k.lar.
4) ma’muriy-protsessual munosabatlar ishtirokchilari huquqlari va majburiyatlarining o'zaro munosabatiga ko'ra:
a) gorizontal munosabatlar — bir-biriga bo'ysunmagan va bitta huquqiy darajadagi subyektlar o'rtasida vujudga keladi. Masalan, biron bir normativ hujjatni tayyorlashda ikki subyekt o'rtasida, kelishuv asosida vujudga keladigan munosabatlar;
b) vertikal munosabatlar — bo'ysinuv asosida vujudga keladi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlarga, moddiy munosabatlar singa­ ri, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab rivojlanishining farqi yo'q; d) diagonal munosabatlar — vertikal munosabatlarga o'xshab ketadi. Lekin undan farqli ravishda, turli organlar tizimiga kiruvchi yuqori va quyi subyektlar o'rtasida vujudga keladi. Ma ’muriy jarayon ishtirokchilariga — individual ishtirokchilami — fuqarolami (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ham), ijro hokimiyati organlari va ularning tuzilmaviy bo'linma- larini, jamoat birlashmalarini, davlat xizmatchilarini, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan boshqa shaxslarni (masalan, sud) kiritish mumkin.
Demak, ma’muriy protsessual munosabatlar — bu ma’muriy huquq normalari bilaft tartibga solinadigan, ijro hokimiyati organ­ larining o'z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartib­ dagi va aniq ishlarni hal etish bo'yicha vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar bir necha asoslarga qarab turli guruhlarga ajratilishi mumkin. Ma’muriy-protsessual munosabatlar — aniq subyektlar va bosh­ qa ma’muriy jarayon ishtirokchilari o'rtasida huquqiy aloqalaming vujudga kelishida ifodalanadi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Huquqiy jarayon tushunchasi.
2. Huquqiy jarayonning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Jarayonlashtirish tushunchasi.
4. Huquqiy jarayon turlari.
5. Protsessual qonunchilikning vazifalari.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling