1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy jazo qo‘llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish


Download 1.49 Mb.
bet82/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy jazo qo‘llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish
Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaromi korxonalar, muas­ sasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir. Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror, basharti ushbu Ko­ deksda va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim. Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorga shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro eti­ lishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigan jarima solish to'g'risidagi qaror bundan mus­ tasnodir.
Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi. Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror O'zbekiston Res­ publikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ijro etiladi. Bir shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo'llash to'g'risida bir necha qaror chiqarilgan hollarda ulaming har biri mustaqil ravishda ijro etiladi. » < Ma’muriy qamoqqa olish yoki jarima solish (joyning o'zida undirib olinadigan jarima solish bundan mustasno) tarzida ma’­ muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaromi darhol ijro etishga imkon bermaydigan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, shu qaromi chi­ qargan organ (mansabdor shaxs) uning ijrosini bir oygacha mud­ datga kechiktirishi mumkin.
Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs): 1) amnistiya akti e’lon qilinib, u ma’muriy jazo chorasini qo'llashni yo'q qilsa; 2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan bo'lsa; 3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan bo'lsa, uning ijrosini tugatadi. Basharti ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo'lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. 1 Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorning ijrosi bilan bog'liq bo'lgan masalalami shu qaromi chiqargan organ (man­ sabdor shaxs) hal etadi. Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorning to'g'ri va o'z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qaromi chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi. Ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish, mazkur darslikning 22-bobi 2—6-§larda batafsil yoritib berilgan.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlami yuritishning asosiy vazifalari.
2. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlami yuritishni boshlash mumkin bo'lmagan holatlar.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling