1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom tushunchasi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom tushunchasi
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, o‘z taraqqiyot yo'lini erkin belgilash imkoniyatiga ega bo'ldi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning ko'rsati shicha: «Biz uchun mustaqillik — o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo, o‘z hayotimizni, o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil etish, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish yo'lidir».1 0 ‘zbekiston tanlab olgan yo‘l — respublika va uning xalqi manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Bozorga o‘tilgan sari iqtibodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlari tobora katta rol o'ynaydi. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, suveren davlatchilikka erishish, yangi iqtisodiy negizning shakllanishi, xalqning ijtimoiy va ma’naviy jihatdan uyg‘onishi sobitqadam va astoydil harakat qilish yo‘!i bilan g‘oyat katta qiyinchiliklami yengib o‘tish orqali amalga oshiriladi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlagan, yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z andozasini ishlab chiqqan. Bunda ilk asos vazifasini kishilaming o‘z qadriyatlari tizimi va aniq maqsadni ko‘zlab tutilgan yo‘l, milliy an’analar va tarixiy shart-sharoit, real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit, odamlarning tarkib topgan turmush tarzi va dunyoqarashi o‘tagan. Demokratik prinsiplarga asoslangan erkin bozor munosa- batlariga o'tish — izchil tarzda eskicha tartiblarga barham berish, uning o'rniga yangi bozor tartiblarini asta-sekin joriy eta borish, iqtisodda, siyosatda, madaniy-ma’naviy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish yo'li bilan jamiyatni yangilash orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqurroq idrok etish, ularning hayotiy zarurligini aniq-ravshan anglab yetish lozim. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub o'zgarishlar yuz berdi. O'zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti munosabat- lariga asoslangan. qonunchilik bazasini shakllantirishga kirishdi hamda u asosda o'zining davlat tuzilishini qura boshladi. 1992-yil 8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n ikkin chi chaqiriq o'n birinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo'lgan — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va uning asosida ishlab chiqilgan qonunlaming ustunligi o'rnatildi. Mazkur konsti tutsiyaviy normadan kelib chiqqan holda, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar amaldagi qonunchilikka og'ishmay rioya qilishlari lozim. Aks holda, jamiyat va davlat, oxir oqibat fuqarolaming qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida davlat faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tuzilmasi, ulaming huquqiy holati, o'zaro munosabatlari qayta ko'rib chiqilib, zamon talablari darajasida tashkil etilmoqda. Jamiyatning rivojlanishi bilan turli xildagi yangi ijtimoiy muno sabatlar vujudga kelib, ulami huquqiy tartibga solish muammosi vujudga keladi. Bu jarayonda davlat organlarining tutgan o'rni kattadir. Davlat oldida tuigan asosiy vazifalardan biri sifatida — davlat organlarining, ularda mehnat qiluvchi xizmatchilaming faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalasi vujudga keldi. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko'rsatib o'tganlaridek: «Yangi sharoitda davlatning, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining g'oyat muhim vazifasi siyosiy partiyalar, nodavlat, ijtimoiy strukturalar, fuqarolik jamiyatining endigina paydo bo'lib kelayotgan xilma-xil institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilishning yangidan-yangi shakllarini izlab topishdan iboratdir. Butun davlat hokimiyati oiganlari ishining samaradorligini saqlab qolgan holda hokimiyat vakolatlarining markaz ixtiyoridan soqit qilish, bu vakolatlaming bir qismini markazdan mintaqalarga, mahalliy hokimiyat organlariga olib berish yo'llarini izlab topish zaruratga aylanib bormoqda».1 Davlat organlarining o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifala- rining samaraii amalga oshirilishi, ko'p jihatdan, ulaming fao liyatida qonuniylik va intizomning ta’minlanganligiga yoki unga qay darajada rioya etilayotganligiga bog'liqdir. Qonuniylik deganda — davlat organlari faoliyatining O'zbekis ton Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi tushuniladi. Intizom deganda esa davlat otganlari faoliyatida o'matilgan tartibga rioya qilinishini ta’minlash tushuniladi. Davlat oiganlari o'zlarining faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib, ulami ro'yobga chiqarish maqsadida amalga oshiradilar. Qonuniylik — demokratik huquqiy jamiyat mavjud bo'lishi va rivojlanishining asosiy belgisidir. U — fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, demokratik institutlami, fuqarolik jamiyatini shakl lantirish va amalga oshirishni, davlat apparatini qurish va faoliyat ko'rsatishini ta’minlash uchun zarurdir. Qonuniylik — davlat mexanizmining barcha elementlari (davlat oiganlari, davlat tashkilotlari, davlat xizmatchilari), fuqarolik ja miyati (jamoat, diniy va boshqa birlashmalar), shuningdek, fuqa rolar uchun majburiydir. Yuridik adabiyotlarda ko'rsatib o'tilishicha, qonuniylik — bu davlat oiganlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqa rolar tomonidan qonunlarga va ulaiga asoslangan boshqa huquqiy aktlarga qat’iy rioya qilish (ijro etish) hisoblanadi. Qonuniylik deganda, Q.T.Xolmo'minov fikricha, barcha davlat oiganlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonunlar va normativ- huquqiy hujjatlarning aniq va og'ishmay bajarilishidir. Qununiy- likning asosiy vazifasi — mamlakatning ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun mulkning turli shakllariga yo'l ochish va ularni qo'riqlash, fuqarolaming huquq lari, ekrinliklari va burchlarini mustahkamlashdir.2 Lekin bunday tushuncha qonuniylikning mazmunini to'liq yoritib bera olmaydi. D.N.Baxraxning ko'rsatishicha, qonuniylik mazmunini aniq- lashda, birinchi navbatda, qonunlaming sifatiga e’tibor qaratish, ya’ni uning ijtimoiy munosabatlarga, huquqqa mos kelishini aniqlash kerak. Qonunlar — ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluv chi o'ziga xos vosita sifatida, jamiyatda mavjud bo'lgan iqtisodiy darajaga, tashkilotchilik, madaniyat va axloqiy qoidalarga mos bo'lishi kerak. Qonuniylik — davlat huquqining jamiyat va fuqarolar manfaati yo'lida legalizatsiyalash vositasi bo'lishi kerak. Qonuniylik — bu yuqori sifatli huquqiy normalarning yetarli cha mavjud bo'lishi va barcha huquq subyektlari tomonidan unga qat’iy rioya etishidir.1 Yu.M.Kozlov, davlat boshqaruvida qonuniylikning quyidagi xususiyatlar bilan izohlanishini ko'rsatib o'tadi: — birinchidan, barcha uchun qonunlarning umummajburiyligi. Aynan unda qonun talablarining ustunligini, uning oliy yuridik kuchini ko'rish mumkin. Hech kimga qonunni chetlab o'tishiga yoki qonundan o'zini ustun qo'yishiga ruxsat berilmaydi; — ikkinchidan, qonuniylikning yagonaligi; — uchinchidan, qonuniylik va maqsadga muvofiqlikning mos kelishi. Qonunning o'zi, maqsadga muvofiqlikni namoyon bo'lishi ning yuqori darajasidir; — to'rtinchidan, qonuniylik va aholi huquqiy madaniyatining chambarchas bog‘liqligi; — beshinchidan, har qanday qaror qabul qilganda, qonuniylik va adolat bir о ‘rinda turishi lozim; — oltinchidan, davlat boshqaruvida qonuniylik uni buzganlik uchun javobgarlik muqarrar belgilanganida, ta’minlanishi mumkin.2 A.A.Karmolitskiyning fikricha, qonuniylik — davlat boshqaruvi jarayonida alohida ahamiyatga ega bo'lib, bu quyidagi holatlar bi lan belgilanadi: birinchidan, boshqaruv jarayonida davlat organlarining iqti sodiyot, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish singari faoliyati amalga oshiriladi. Qonuniylikka rioya qilish — mazkur tizim oldida tuigan vazifa va funksiyalaming samaraii amalga oshirilishini belgilab beruvchi asosiy vosita hisoblanadi; ikkinchidan, boshqaruv subyektlari o'zlarining funksiyalari va vakolatlarini amalga oshirish orqali huquqni qo'llash faoliyatini olib boradilar. Bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish bilan bog'liqdir; uchinchidan, boshqaruv faoliyati ko'pgina subyektlar (ijro hokimiyati oiganlari, mansabdor shaxslar va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Ular fuqarolar bilan, turli xildagi tashkilotlar bilan munosabatga kirishadi. Aynan ulaming qonunga rioya qilishi va o'zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni aniq va to'g'ri ijro etishi, jamiyat hayotiga o'z ta’sirini ko'rsatadi; to ‘rtinchidan, boshqaruv organlari jamiyat hayotining turli sohalarini qamrab oluvchi huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradilar. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan normativ huj- jatlaming qabul qilinishi, birinchi navbatda qonuniylikka asosla nadi. Davlat organlari huquq ijodkorligi faoliyatining qonun doirasida olib borilishi, ular kafolatini mustahkamlaydi; beshinchidan, boshqamv organlari ma’muriy majburlov chora larini qo'llash sohasida keng vakolatlarga egadir. Davlat organlari ma’muriy yurisdiksiyani amalga oshira borib, vujudga kelgan nizolarni mustaqil hal etadilar, davlatning majburlov choralarini qo'llash orqali huquqbuzarlarga ta’sir ko'rsatadilar. O'zbekiston Respublikasida qonuniylikni ta’minlash bir necha kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Jumladan, kafolatlarning iqti sodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy kafolatlar tizimi mav juddir. Davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida barcha subyektlar faoliyati aynan shularga tayanadi. Davlat boshqaruvining samaraii amalga oshirilishi nafaqat qo nuniylik bilan, balki boshqamv jarayoni ishtirokchilarining inti- zomga rioya qilishi bilan ham ta’minlanadi. Intizom nafaqat qonunlarga, balki yuqori tumvchi davlat organlarining normativ hujjatlari bilan o'matilgan tartibga ham rioya qilinishini ta’min laydi. A.A.Karmolitskiyning fikricha, davlat intizomi deganda — dav lat va uning vakolatli organlari tomonidan o'matilgan tartib va qoidalarga barcha fuqarolaming ongli ravishda bo'ysinishi, xulq- atvor qoidalariga rioya qilishidir, davlat xizmatchilarining esa umu miy va mansab majburiyatlarini hamda rahbarlaming qarorlarini bajarishi tushuniladi.2 Davlat intizomi — boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi barcha subyektlar faoliyatini tashkil etish va ularning hamkorlikda harakat qilishini belgilab beruvchi asosiy vositalardan biri hisob lanadi. Davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, davlat intizomni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling