1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash uslublari


Download 1.49 Mb.
bet85/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash uslublari
Davlat boshqaruvi faoliyati sohasida qonuniylik prinsipinjng harakatda bo'lishi — tashkiliy-huquqiy vositalar tizimi bilan ta’min­ lanadi. Yuridik xususiyatlari va mazmuni jihatidan har xil bo'lgan bunday vositalarning yig'indisi — qonuniylikni ta 'minlash uslublarini tashkil etadi. Qonuniylikni ta’minlash — bu: birinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylik talabidan chetga chiqishiga yo'l qo'ymaslik; ikkinchidan, qonunbuzilishi holatlarini o'z vaqtida aniqlash; uchinchidan, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish; to'rtinchidan, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni qayta tiklash; beshinchidan, qonunbuzilishiga yo'l qo'ygan shaxslarni javob­ garlikka tortish:; oltinchidan, qonun buzilishlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida, ma’lum bir chora-tadbirlarni amalga oshirish. Aksariyat yuridik adabiyotlarda, davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylik va intizomni ta’minlashning asosiy uslubi sifatida — kontrol va nazorat ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, D.M.Ovsyankoning fikricha, davlat oiganlari faoliyatida qo'llaniladigan turli huquqiy va tashkiliy shakl va uslublar, amaliy usullar — qonuniylikni ta'min- lash uslublari hisoblanadi hamda bu — kontrol va nazoratdir.1 A.A.Karmolitskiyning fikricha esa davlat boshqaruvida qonu­ niylik tashkiliy-huquqiy vositalar orqali ta’minlanadi. Mazmuniga ko'ra ular — qonuniylik va intizomni ta’minlash uslublarini, uning tizimini anglatadi. Qonuniylikni ta’minlash jarayonida davlat organlari o'z vakolatlari doirasida kontrolni hamda uning ko'ri-
nishlari bo'lgan nazorat va ijro etishni tekshirishiii amalga oshi­ radilar.1 A.A.Karmolitskiy boshqa huquqshunos olimlardan farqli ra­ vishda, qonuniylik va intizomni ta’minlashning uchinchi uslubini — ijro etishni tekshirishxn ham kiritadi. D.D.Sabriya, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash us- lublariga kontrol (ijro etishni tekshirish) va nazorat bilan bir vaqtda shikoyat qilish huquqini kiritadi.2 X.R.Alimov esa davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashning uslublari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tadi: • a) davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan kontrol va ijro etishni tekshirish; b) prokuratura organlarining umumiy nazorati; d) sud organlarining faoliyati; e) ma’muriy nazorat; f) jamoat nazorati; g) davlat organlari va mansabdor shaxslaming qonunga zid harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish.3 Demak, yuqoridagilarga asoslanadigan bo'lsak, huquqshunos olimlari davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash­ ning asosiy uslublari sifatida — kontrol, nazorat, tekshirish va shikoyat qilishni ko'rsatib o'tishadi. Kontrol — qonuniylik va intizomni ta’minlash uslubi sifatida yoki davlat oiganlarining funksiyasi, ya’ni boshqaruv faoliyatining turi sifatida namoyon bo'lishi mumkin.
Kontrol — ijtimoiy boshqaruv tizimida katta ahamiyatga ega bo'lib, u hokimiyat subyektlarining mavjud holatlari to'g'risida, qarorlarning ijro etilganligi haqida ma’lumotlami. olishda xizmat qiladi. Kontrol — ijro intizomini mustahkamlashda, amalga oshirilgan ishni baholashda, ma’lum bir jarayonni operativ tartibga solishda qo'llaniladi. Kontrol mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) kontrol ostiga olingan obyektlar faoliyati ustidan kuzatish, ular tomonidan qoidalar va ko‘rsatmalarning bajarilishi, mavjud holatlar to'g'risida obyektiv ma’lumotlar olish. Ma’lumotlar hisob va hisobot hujjatlarini o'rganish, tekshirish, invertarizatsiya, taftish, tushuntirishlar va boshqa shakllarda olinadi; 2) to'plangan axborotlarni baholash, yo'nalishlarni belgilash, istiqboldagi rejalarni ishlab chiqish; 3) qonuniylik va intizomni buzish holatlarini, zararli oqibat­ larni, maqsadga nomuvofiq harakatlar va xarajatlarni bartaraf etish bo'yicha ma’lum bir choralami ko'rish, shuningdek, huquqbuzar­ likni oldini olish maqsadida huquqqa xilof faoliyatni to'xtatish: 4) huquqbuzarliklaming hisobini olib borish, ularni sodir eti­ lishi sababrari va sharoitlarini aniqlash; 5) aybdor shaxslarni aniqlash, ularni javobgarlikka tortish. Kontrolni amalga oshimvchi organlar aybdor shaxsning javobgar- ligini o'zlari hal etishlari mumkin yoki bu masalani vakolatli davlat organi (mansabdor shaxs)lariga kiritishlari mumkin. Kontrol — rahbarlik (boshqamv) faoliyatining ajralmas elementi hisoblanadi. Kontrolni amalga oshirish jarayonida: a) kontrol ostiga olingan obyektning holati tahlil qilinadi va unga baho beriladi; b) hal etilmay qolgan masalalar aniqlanadi; d) amaliy tajriba umumlashtiriladi va qo'llaniladi; e) ijro etuvchilaiga turli xildagi yordam beriladi. Shu bilan birga, kontrol — rahbarlik darajasini oshirishni, uning to'g'riligi va samaradorligini tekshirish vositasi ham hisob­ lanadi. Demak, kontrol — davlat organlari oldiga qo'yilgan vazifa- larning bajarilishini, ularning faoliyatida qonuniylik va intizomning ta’minlanishini belgilovchi asosiy vositadir. Qonuniylik va intizomni ta’minlash jarayonida qonunbu- zilishini ogohlantirish va cheklashda kontrolning o'rni kattadir. Kontrol davlat boshqamvi jarayonida qo'llaniladigan boshqa uslublardan (nazorat, tekshirishdan) farq qilgan holda, quyidagi о ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. — kontrolni amalga oshimvchi organ (mansabdor shaxs) va kontrol ostiga olingan obyekt o'rtasidagi aloqalaming vertikalligi, ya’ni bu munosabatlar bo'ysunuvga asoslanadi; — kontrol — qonuniylik va intizomni ta’minlash bilan bir vaqt­ da, maqsadga muvofiqlikni aniqlash uchun ham qo'llaniladi; — kontrolni amalga oshimvchi oigan (mansabdor shaxs) obyektning qarorlarini bevosita bekor qilish vakolatiga ega bo'ladi;
— kontrolni amalga oshimvchi organ (mansabdor shaxs) kont­ rol obyektining faoliyatida qonun buzilishiga yo‘l qo'yilgan bo'lsa, uni bartaraf etish, aybdorni aniqlash va unga nisbatan ta’sir etish choralarini qo'llash vakolatiga ega bo'ladi. Kontrol turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin: 1) hisobotlarni, ma’lumot va axbortlarni ko'rib chiqish; 2) kontrol ostiga olingan obyektning harakatlarini kuzatish, ekspertiza, tekshirish; 3) ma’lum bir lavozim yoki mansabni egallovchi shaxslaming shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini o'rganish; 4) kontrol ostiga olingan obyektning faoliyatini muvofiqlash­ tirish; J * 5) shikoyatlarni ko'rib chiqish va boshqalar.
Bundan tashqari, kontrolni olib borish vaqtiga qarab, u uchga bo'linadi: a) boshlang'ich kontrol — faoliyat boshlanmasdan oldin amalga oshiriladi. Unda faoliyatni amalga oshirishga imkon beruvchi asos­ lar ko'rib chiqiladi (masalan, loyihalar, litsenziya). Boshlang'ich kontrol — qonun buzilishlarini ogohlantiruvchi vosita hisoblanadi; b) joriy kontrol — faoliyat bevosita amalga oshirilayotgan vaqtda, faoliyatning o'matilgan yoki tasdiqlangan tartibiga rioya etilishi ustidan olib boriladi. Joriy kontrol vaqtida aniqlangan kamchiliklar (qonun buzilishlari), faoliyat olib borilishi bilan bir vaqtda, bartaraf etiladi, aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. Joriy kontrol — bu faoliyatga operativ ta’sir etish hisoblanib, qonun buzilishlarini oldini olish va sodir etilayotganlarini to'xtatishga qaratilgan; d) davomiy kontrol — ma’lum bir davrda amalga oshirilgan faoliyat ustidan olib boriladi.
Davomiy kontrol orqali faoliyatga umumiy baho beriladi, uning natijalari aniqlanadi, yakuniy xulo­ salar ishlab chiqiladi va h.k.lar. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, O'zbekiston Respub­ likasi qonunchiligida kontrol tushunchasi berilmagan. Yuridik adabiyotlarda, kontrol va nazorat tushunchalari farq­ lanadi. Jumladan, D.N.Baxrax fikricha, kontrol hajmidan kelib chiqqan holda, agar faoliyatning qonuniyligi va maqsadga muvo- fiqligi tekshirilayotgan bo'lsa, bu — kontrol, agar faoliyatning qonu­ niyligi tekshirilayotgan bo'lsa, bu — nazoratdir. Nazorat — bu qis- qartirilgan kontroldir.1
Nazorat — maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan o'ziga bo'ysinmagan obyekt faoliyatida qonuniylik va intizomni ta’min­ lash maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatining bir turidir. Nazorat olib borish jarayonida nazorat ostiga olingan obyektning faoliyatiga faqatgina qonuniylik nuqtayi nazaridan baho beriladi. Nazoratni amalga oshirish vaqtida nazorat ostiga olingan obyektning ma’muriy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo'yil­ maydi. Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat jarayo­ nida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari bevosita hal qilin- maydi yoki aybdor shaxslar bevosita javobgarlikka tortilmaydi. Nazorat vaqtida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari to'g'risida nazorat olib borilgan organ (tashkilot) bo'ysingan yuqori organga yoki tegishli davlat organlariga (masalan, sud, prokuratura organlariga) murojaat qilish mumkin. Davlat nazorati, ko'pgina yuridik adabiyotlarda, ikkiga bo'lin­ gan: prokuror nazorati va ma’muriy nazorat. Davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylik va intizomni ta’min- lashda ma’muriy nazorat — davlat organlari faoliyatining alohida turi bo'lib, ijro hokimiyatining maxsus vakolatli davlat oiganlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy nazorat — davlat organlari, mansabdor shaxslar, davlat va nodavlat korxona, muassasa va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar tomonidan umummajburiy qoidalarga qat’iy rioya etish­ lari ustidan olib boriladigan davlat nazoratidir. Ma’muriy nazorat davlatning boshqa nazorat turlaridan quyi­ dagi jihatlari bilan farqlanadi: birinchidan, nazorat olib borilayotgan obyekt faoliyatidagi qonuniylikka rioya etilishi bilan bog'liqdir; ikkinchidan, nazoratni olib boruvchi davlat oigani bilan na­ zorat ostiga olingan o'rtasida tashkiliy jihatdan bo'ysinuvning bo'lishi shart emas; uchinchidan, uni amalga oshiruvchi davlat oiganlari doirasi kengroqdir; to ‘rtinchidan, turli tashkiliy va huquqiy shakllarda amalga oshi­ riladi; beshinchidan, nazoratni olib borishning maxsus uslublariga ega.
Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashda jamoat nazoratining tutgan o'rni kattadir. O'zbekiston Respub­ likasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan «Fuqaro-laming o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonunning 10- moddasiga binoan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig'ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig'ini — qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining,. shuningdek, o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlat va fuqa­ rolik jamiyati qurish yo'lini tanlagan ekan, albatta, bu jarayonda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, qonuniylik va huquq tartibotni ta’minlashda fuqarolar ishtiroki keng ta’minlanishi lozim. Bu jarayonda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoat­ chilik nazoratini yanada takomillashtirish lozim bo'ladi. Jamoat­ chilik nazoratini kengaytirish davlat organlari va mansabdor shaxs- larning fuqarolar va jamiyat oldidagi mas’uliyatini yanada oshi­ radi, ularning qonun asosida hamda qonun doirasida harakat- lanishini mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi jarayonida qonu­ niylik va intizomni ta’minlashda — fuqarolaming shikoyat qilish huquqi ham katta ahamiyatga egadir. Amaldagi qonunchilikka binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslaming qo­ nunga zid xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir (Qarang, ushbu darslikning 6-bobi, 4-§).

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling