1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nazorati
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazorati
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nazorati -
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti — davlat boshqaruvi sohasida nazoratni amalga oshirish bo'yicha keng vakolatlarga ega dir. Jumladan, Konstitutsiyaning 93-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti: ftiqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir: ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi: respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organla rining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi: vazirliklar, davlat qo'mi talari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi: respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlaming qabul qilgan hujjatlarini to'xtatadi, bekor qiladi va h.k.lar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-fevraldagi «Respublika davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar to'g'risida»gi farmoniga binoan, davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uni bozor munosabatlari talablariga mu vofiq holga keltirish, nazorat qiluvchi organlar ishidagi parallelizmni bartaraf etish maqsadida va 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti tutsiyasi 93-moddasiga muvofiq — 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre zidenti huzuridagi Davlat nazorati qo'mitasi va uning joylardagi organlari tugatildi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devonida Nazorat inspeksiyasi va tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respub likasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining apparatlari tarkiblarida nazorat inspek- siyalari tashkil qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 17-fevraldagi Farmoniga binoan esa ijro intizomini mustahkamlash va O'zbe kiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlarini,. Va zirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini bajarish maqsadida — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida nazorat bo'yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Ushbu Kengash — liar chorakda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonlar va farmoyishlaming hamda hukumatning muhim qarorlari bajarilishini ko'rib chiqa dilar: chorak yakunlari bo'yicha davlat boshqaruvi organlaridagi ijro intizomi haqida maxsus ma’lumotnomalar tayyorlaydi. Ma lu- •motnomalar, tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi. Mazkur Farmon bilan muvofiqlashtiruvchi Kengashning — hukumat a’zolari, Markaziy bank Raisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari rahbarlik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratishlari lozimligi, belgilab qo'yildi. Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi sifatida — O'z bekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasi bel gilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspek siyasi va joylardagi nazorat inspeksiyalar faoliyatining asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilandi: a) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyish lari va hukumat qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil etish; b) nazorat organlarining ishidagi parallelizm va takrorlashni bartaraf qilish; d) respublikada bozor munosabatlari vositalarini ro'yobga chi- qarishga va iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirishga qara tilgan takliflarni tayyorlash. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21 -noyabrdagi «Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari hu zuridagi nazorat inspeksiyalari tuzilmasini tartibga solish to‘g‘- risida»gi Qaroriga binoan, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokim liklari huzuridagi nazorat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2001-yil 1-yanvardan boshlab viloyat lar, shaharlar va tumanlar hokimlarining o'rinbosarlari — nazorat inspeksiyalarining rahbarlari lavozimlari tugatildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, tegishli hududlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ijro intizomini takomillashtirish masalalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklandi. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida O'zbekiston Res publikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahka masining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish bo ‘yicha bo Tmlari tashkil etildi va ular bevosita viloyatlar va Tosh kent shahar hokimlariga bo'ysindirildi. Nazorat bo4imlariga — O'zbekiston Respublikasi Preziden tining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror lari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, nazorat qiluvchi oiganlar faoliyatini muvofiqlash-timvchi hududiy komissiyalar bilan birigalikda korxonalarning moliya-xo'jalik fao liyatini o'rganish bo'yicha o'tkazilayotgan tekshirishlarni tartibga solish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash funksiyalari yuk landi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazorati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — oliy davlat vakillik oigani bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Konstitutsiyaning 78-moddasiga binoan, O'zbekiston Respub likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari ko'rsatib o'tilgan bo'lib, unga ko'ra O'zbekiston Res publikasi Oliy Majlisi: 0 ‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qa bul qiladi, ularga o‘zgartish va qo'shimchalar kiritadi; O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi hamda davlat strategik dasturlarini qabul qiladi; O'zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi ham da sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini bel gilaydi; boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo'li bilan tartibga soladi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan, O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi; O'zbekiston Respublikasi hisob palatatsining hisobotini ko'rib chiqadi; xalqaro shartnomalami ratifikatsiya va denonsatsiya qiladi va boshqalar. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, awal O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so'ngra Senatida ko'rib chiqiladi. • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik pala tasi muhokamasiga kiritiladigan masalalami dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo ‘mitalami saylaydi. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala tasi to'g'risida»gi 2002-yil 12-dekabrdagi O'zbekiston Respubli kasining Konstitutsiyaviy QonunMga binoan, Qonunchilik palatasi qo'mitalari: 1) qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko'rib chiqilishini va ulami Qonunchilik palatasida ko'rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; 2) qonunlaming loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish,uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to'g'risida Kengashga takliflar kiritadi;: 3) 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuza sidan xulosalar va takliflar beradi: kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ulaming tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muas- sasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlami, xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlaming rahbarlarini jalb etadi; 4) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; 5) kiritilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar mat niga o'zgartish yoki qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tay yorlaydi; 6) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlami talab qilib oladi; 7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari ham da qo'mitalaming qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayot-gani haqidagi axborotlarini eshitadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muho kamasiga kiritiladigan masalalami dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomo nidan qabul qilinadigan qarorlaming ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlari muddatiga senatorial' orasidan qu ‘mitalanu saylaydi. «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 2002-yil 12-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsi yaviy QonuniLga binoan, Senat qo'mitalari: 1) Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi; 2) O'zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o'z tashabbusi bilan va Senatning topshirig'iga binoan, Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi; 3) Qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ish lashni davom ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish to'g'risida Kengashga takliflar kiritadi;4) O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuza sidan xulosalar va takliflar beradi: davlat organlari va boshqa tash- kilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalami, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lu- motlarni talab qilib oladi; 5) Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlami ko'rib chiqish bo'yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasa- laming vakillarini, mutaxassislar va olimlami, xo'jalik yurituvchi subyektlaming rahbarlarini jalb etadi; 6) Kiritilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o'zgartish yoki qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 7) Davlat hokimiyati va boshqamvi organlari rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat hujjatlari hamda qo'mi talaming qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling