1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ijro etish va nazorat qilishning asosiy qoidalari


Download 1.49 Mb.
bet88/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
маъмурийУМК

0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ijro etish va nazorat qilishning asosiy qoidalari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorida respublika komissiyasi o'tkazgan tekshi­ rishda ijro intizomi pastligining ko'plab hollari, respublika bosh­ qaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda xo'jalik bir­ lashmalarining tashkilotchilik va nazorat faoliyatida jiddiy kam­ chiliklar aniqlanganligi qayd etilgan. Ushbu qarorga binoan boshqaruv apparati barcha bo'g'in- larining tashkilotchilik, ijro va nazorat faoliyatini takomillashtirish, rahbarlar va mutaxassislarning ijro intizomini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining hamda huku­mat qarorlarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuza­ sidan shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qo'llaniladigan chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departa- mentlari va boshqa tarkibiy bo'linmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni ta’minlash, ular ishining samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga apparat rahbari lavozimi kiritildi. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari maqomiga ko'ra — Bosh vazir o'rinbosariga teng- lashtiriladi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari o'z vako­ latiga kiradigan masalalar bo'yicha — tegishli ravishda Bosh vaziigava uning o‘rinbosarlariga: tashkiliy masalalar va ijro intizomi ma­ salalari bo'yicha — Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariga bo'y- sinadi. Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari:
1) Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional bo'limlar ishlarini muvofiqlashtiradi;
2) Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda imzolash uchun O'zbekiston Respublikasi Prezi­ denti kotibiyatiga va Bosh vaziiga taqdim etadi;
3) Vazirlar Mahkamasi komplekslarida va apparatning tarkibiy bo'linmalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi bo'yicha ijro intizomini mustahkamlaydi;
4) Bosh vazir o'rinbosarlari bilan birgalikda tegishli apparat­ ning tarkibiy bo'linmalariga bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlaydi;
5) apparat mutaxassislari va xodimlarining ish va kasb malakasi darajasini oshirish maqsadida ularni muntazam ravishda attestat­ siyadan o'tkazadi va h.k.lar. Mazkur qarorga binoan, boshqaruv barcha bo'g'inlarining ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash bo'yicha faoliyatida yagona tizimni va uzluksiz jarayonni ta’minlash maqsadida - hukumat apparatida, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Res­ publikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Tcshkent shahar ho- kimliklarida tarmoq boshqaruv organlarida hamda mahalliy hoki­ miyat organlarida « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon­ lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish va nazorat qilishning asosiy qoidalari» tasdiqlandi.
Ushbu qoidalar — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­ masi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar apparatlari uchun nor­ mativ hujjat sifatida ishlab chiqilgan. Uning maqsadi — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va topshiriq­ lari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijro etilishi va ularning amalga oshiri- lishini nazorat qilishni tashkil etishning yagona tizimi va uslu- biyotini ta’minlashdan iborat. • Asosiy qoidalar — ishni tashkil etishning amaliy shakllarini o'z ichiga oladi, yuqorida aytib o'tilgan hujjatlarda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish muddatlarini va pirovard natijalarga erishish uchun shaxsan javobgar mansabdor shaxslarni belgilab beradi.
Asosiy qoidalarga binoan, nazorat qilinadigan va bajarilishi tekshiriladigan hujjatlarga — 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari (yozma va og'zaki): 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyatining top­ shiriqlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahat- chilarining topshiriqlari: 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­ masining qarorlari, farmoyishlari, majlislari bayoni va boshqalar kiradi. Hujjatlarning ko'rsatib o'tilgan turlarining bajarilishi bo‘yicha ishlami tashkil etish Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, sha­ harlar, tumanlar hokimliklari apparatlari va korxonalarning rah­ barlari, mansabdor shaxslari, tegishli tarkibiy bo'linmalari va mas’ul xodimlari tomonidan ta’minlanadi. Yuqorida aytib o'tilgan hujjatlarning bajarilishi uchun - Bosh vazir, Bosh vazirning o'rinbosarlari, vazirlar, idoralarning rahbar­ lari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, vilo­ yatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan javob beradilar. Zimmasiga hujjatlarni nazorat qilish yuklangan rahbar, vazifalarni o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Hujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish quyidagilar orqali ta ’minlanadi:
1) respublikani, tarmoq va hududlami ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- lantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek, uzoq davrga mo'ljallangan hujjatlar bo'yicha nazorat rejasini ishlab chi­ qish va amalga oshirish;
2) tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo'linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tad- birlami amalga oshirish;
3) bajarilishini vazirliklar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o'rganish;
4) vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida aytib o'tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan o'z qarorlarining bajarilishini ko'rib chiqish;
5) respublika tarmoqlari va hududlarida ishlaming ahvolini kompleks o'iganish, Vazirlar Mahkamasi Komplekslari majlislarida ulaming yakunlarini ko'rib chiqish;
6) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, far­ moyishlari va topshiriqlarida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida qo'yilgan vazifalar o'z vaqtida va to'liq amalga oshirilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlaiga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini ko'rish.. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlarda belgilangan muddatlarda birinchi shaxsning imzosi bilan nazorat topshiriqlari (hujjatlar) bajarilishi to'g'risidagi xolis va qisqacha axborotni Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil depar- tamentlari va bo'limlaiga taqdim etishlari shart. Rahbarlar axbo­ rotning o'z vaqtida taqdim etilishi va uning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjat (topshiriq) bajarilishini nazorat qilish yuklangan Bosh vaziming o'rinbosari — tegishli axborot-tahlil departamenti, bosh­ qaruvning tarmoq organlari va joylardagi hokimiyat organlarining: a) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Res­ publikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bajarilishini muntazam o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish; b) kamchiliklarning oldini olish va muammoli masalalami hal etish bo'yicha zarur tezkor chora-tadbirlami amalga oshirish; d) aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy chora- tadbirlar ko'rish yuzasidan ishlaming muvofiqlashtirilishini ta’min­ laydi. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ho­ kimliklari apparatining nazorat bo ‘linmalarv. 1) nazoratga olinadigan hujjatlar va bandlar qat’iy hisobga oli- nishini ta’minlaydilar; 2) tarkibiy bo'linmalarda hujjatlarni bajarishning ahvolini doi­ miy ravishda tahlil qiladilar; 3) tegishli rahbarlami ular tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko'rilishi uchun ijro intizomining ahvoli to'g'risida muntazam xa­ bardor qiladilar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling