1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish


Download 1.49 Mb.
bet90/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish
O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida»gi Qonuni'ga binoan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
a) tekshirish, shu jumladan taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish;
b) statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish;
d) idora qaramog'idagi oiganlami tekshirishdan o'tkazish. Ushbu qonuning 3-moddasiga binoan: nazorat qiluvchi organlar — xo'jalik yurituvchi subyektlar fao­ liyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar; . tekshirish — xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o'z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
tekshirishlarni qayd etish daftari — o'tkazilgan tekshirishlar to'g'risidagi axborot yozib qo'yiladigan maxsus daftar; taftish — moliya va soliq masalalari bo'yicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliq, davlat statistika organlariga hamda banklarga taqdim etiladigan hisobga olish va hisobot ishlarining to'g'riligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo'jalik yurituvchi subyektlaming buxgalterlik, moliya va boshqa hujjatlarini tekshirish; muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o'zaro bog'liq bo'lgan va turli xo'jalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xo'jalik yurituvchi subyektning turli bo'linmalaridagi hujjatlarni taqqos- lashdan iborat tekshiruv; nazorat tartibida tekshirish — xo'jalik yurituvchi subyektlaming ilgarigi tekshirishda ko'rsatilgan qoidabuzarliklami bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirishi hisoblanadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, quyidagi asosiy prinsiplar asosida amalga oshiriladi: 1) nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik; 2) yuridik va jismoniy shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 3) xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatiga aralashmaslik. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qi­ luvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshi­ riladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkazilishlari lozim. Nazorat qiluvchi organlar inansabdoi shaxslarining xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishiga belgilangan namuna- dagi maxsus guvohnoma va qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgani taqdirda yo'l qo'yiladi. Tekshiruvga — auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o'rtasidagi shartnomaning ko'chirma nusxasi, albatta taq­ dim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining to'g'riligi va uning qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert­ ning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisob­ lanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalami o'tkazish xara- jatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qaror- laming xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi. Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo'yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish; 2) xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan, kompleks tekshiruvlar hamda taftishlaming nazorat qi­ luvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yo'l qo'ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish; 3) nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar o'tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay o'tkazilishiga yo'l qo'ymaslik. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jum­ ladan, taftishdan o'tkazish uchun quyidagilar asos bo'ladi: a) maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo'lin­ masi tomonidan berilgan, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o'tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko'chirma; b) nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqarganbuyrug'i. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun — qo'zg'atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo'ladi. Bunda tekshiruvga xo'jalik yurituvchi subyektning faqat qo'zg'atilgan jinoyat ishi bilan bog'liq faoliyati qamrab olinishi mumkin bo'lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tek­ shirish uchun — maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyekt nomini, tekshiruv o'tkazish maqsadi, muddatlari hamda uni o'tka­ zish sabablarining asosliligi ko'rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o'tkazish to'g'risida chiqargan qarori, shuningdek, tek­ shirishni amalga oshiruvchi tegishli mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan buyrug'i asos bo'lib xizmat qiladi. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomo­ nidan quyidagi hollarda o'tkaziladi:
a) agar tekshiruvni o'tkazish zarurati O'zbekiston Respublikasi hukumati qaroridan kelib chiqqanda; b) nazorat qiluvchi organga xo'jalik yurituvchi subyekt tomo­ nidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida qo'shimcha ma’lumotlar kelib tushganda; d) favqulodda vaziyatlar vujudga kelishining oldi olinayot- ganda; e) sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shu­ ningdek, qo'shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish — soliq or­ ganlari hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ular­ ning vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarni ulaming xo'jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog'liq bo'lmagan holda tekshirish — tegishli nazorat qiluvchi (yong'inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energe- tika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o'tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshi­ riladi. Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiqlagan reja- lar asosida o'tkaziladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda muqobil■ tekshirishX&r jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash to'g'risidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomo­ nidan maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshi­ riladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarga ulaming tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt bilan o'zaro munosabatlari yuzasidangina yo'l qo'yiladi. Nazorat tartibida tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo'linmalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o'tkazish uchun zarur boigan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ulami tekshirish obyektlariga kiri- tishga, tekshimvchilarga o'z vazifalarini bajarishlari uchun ko'mak- lashishga majburdirlar. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo'jalik yurituvchi subyektlaming qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshi­ riladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo'ja­ lik yurituvchi subyektlaming faoliyatida qonun hujjatlari buzilgan- ligini aniqlasalar, ular o'zlariga berilgan vakolat doirasida va muay­ yan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog'liq chora- tadbirlarni ko'rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning man­ sabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo'jalik yuri­ tuvchi subyektlaming boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming — O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirish uning vakil­ lari ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida — O'zbe­ kiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-aprelda tasdiqlangan «Xo'jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar o'tka­ zish va Tekshirishlami ro'yxatga olish kitobini yuritish tartibi to'g'risida»gi Nizomga binoan, nazorat qilish organlarining xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha turdagi tekshirishlan (ayni bir vaqtdagi tekshirish, taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va boshqalar), shu jumladan yong'in, sanitariya- epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, energiya nazorati xizmati, tabiatni muhofaza qilish, karantin va o'simliklar himoyasi, tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish faoliyatiga nisbatan qo'llaniladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas. Istisno hollarida, bu muddat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga ko'ra uzaytirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qaroriga muvofiq kichik va o'rta biznes korxonalarining, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatlarini barcha tekshi­ rishlar — Palata yoki uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmat- larining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektni rejali tarzda tekshirish Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan yiliga ko'pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Budjetga va budjetdan tashqari jamg'armalarga soliqlar va to‘lovlarni o'z vaqtida hamda to'la miqdorda toiovchi, boshqa tartib va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlaming har yilgi tegishli xulosalariga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ko'pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi. Gorizontal tekshirishlar va taftishlar o'tkazilishiga yo'l qo'yil­ maydi, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirish- Iami o'tkazish esa faqat ulaming tekshirish obyekti bilan o'zaro munosabatlari doirasidagina yo'l qo'yiladi. Hujjatlarni olib qo'yish va ulami huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo'yicha taqdim etish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiri­ ladi, prokuratura organlari esa bu holda O'zbekiston Respublika­ sining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuniga ham asoslanadi lar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qo'yilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nus- xasini olib qo'yishda nazorat organlarining vakolatli shaxslari xo'­ jalik yurituvchi subyektlarga ulaming asl nusxasidan bosh buxgalter yoki xo'jalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlangan ko'chirmalar olishga imkoniyat berishlari lozim. • Nazorat organlari va ulaming mansabdor shaxslari, mutaxas- sislar va yoki auditorlar (auditorlik firmalari) xo'jalik yurituvchi subyektni tekshirish natijasida ma’lum bo'lgan tijorat siri ma’lu- motlarini oshkora qilganliklari uchun qonunchilikka muvofiq ja­ vobgarlikka tortiladilar. Tekshirishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarini (yakka tadbirkomi) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qo­ nunchilik bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirish- larni ro'yxatga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritishi lozim. Tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi raqamlangan va varaqlar soni ko'rsatilib, xo'jalik yurituvchi subyektning (yakka tadbirkor uchun agar u mavjud boisa) muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Tek­ shirish boshlanishidan oldin xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) nazorat organining mansabdor shaxsiga tekshi­ rishlarni ro'yxatga olish kitobini tegishli ustunlarini to'ldirish uchun taqdim etadi.
Nazorat organining vakolatli shaxsi tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa, xo'jalik yurituvchi subyekt tekshirish o'tkazishga yo‘l qo‘ymaslikka haqlidir. Nazorat organlari tekshirishni nazorat organi rahbari tomo­ nidan tasdiqlangan tekshirish o'tkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish uni o'tkazish rejasi yoki nazorat organi vako­ latlari doirasidan tashqariga chiqmasligi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan zarur hollarda esa aniq­ langan kamchiliklarni bartaraf etish to'g'risidagi ko'rsatma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma va ko'rsatmani rasmiylashtirish belgilangan tar­ tibda amalga oshiriladi. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo'linmasi tomonidan be­ rilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvo­ fiqlashtirish rejasidan ko'chirma, nazorat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o'tkazish buyrug'i va rejasi, jinoiy ish qo'zg'atish to'g'risidagi qaror nusxalari xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariga (yakka tadbirkorga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Shuningdek, tekshirish o'tkazish uchun mutaxassis va/yoki auditor (auditorlik firmasi) jalb qilingan taqdirda nazorat organi va mutaxassis va/yoki auditor (auditorlik firmasi) o'rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi taqdim etiladi. Tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi to'ldirilgandan va tek­ shirish tugagandan so'ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) unda qayd qilingan yozuvlami sana va vaqt ko'rsatilgan imzosi bilan tasdiq­ laydilar. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishning belgilan­ gan tartibiga rioya etilishi bo'yicha shaxsiy, jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan javobgarlik nazorat organlarining rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi. Huquqi buzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt unga keltirilgan zarami to'liq undirilishini talab qilishi mumkin. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo'jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan, boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida begilangan tartibda qoplanadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning no­ qonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan zarami, boy berilgan foydani, shuningdek, ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo'ysinish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mum­ kin. Shikoyatni berish nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining harakatlarini to‘xtatib qo‘ymaydi. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modemizatsiya va isloh etishdir» ma’ru- zasi!da iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri sifatida — xususiy tarmoqning jadal rivoj­ lanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko'payishini ta’min­ lash ko'rsatib o'tildi. Bundan tashqari, bu sohadagi eng muhim vazifalar sifatida: birinchidan, davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko'proq cheklash, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bo'lgani kabi, bizda ham tekshirishlar natijalari bo'yicha moliyaviy va ma’muriy jazolarni (misol uchun, xo'jalik subyekti faoliyatiga jiddiy ta’sir ko'rsatadigan katta miqdorda jarima solish, korxona faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hisob raqamidan foydalanishni taqiqlash va hokazolami) faqat sud tomo­ nidan tayinlash tizimiga o'tish: ikkinchidan, xo'jalik subyektlariga nisbatan qo'llanadigan jazo choralari tizimini to'liq qayta ko'rib chiqish, qasddan sodir etilmagan va katta bo'lmagan qoidabuzar­ liklar uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkorlar yetkazilgan zarami ixtiyoriy ravishda to'liq qoplagan hollarda jazoni qo'llash­ dan voz kechish va boshqalar belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga binoan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modemizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlash- tirish, nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ulaming huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati asossiz chek- lanishiga yo‘1 qo'ymaslik, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi talablariga so'zsiz rioya etish maq­ sadida — 2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyekt­ lariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali. qo'llanish tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tek­ shirish davomida soliq va valutaga oid jinoyat alomatlari aniq­ langan taqdirda esa — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tad- tiirkorlik subyektlarini o'z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo'yicha har qanday tekshiruvlar o'tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo'ladilar.
Faqat qo'zg'atilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash to'g'risidagi qaror yoki shunday tekshiruvlami o'tkazish to'g'risida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud bo'lgandagina qonunda ko'zda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt bilan o'zaro munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yo'l qo'yiladi. Muqobil tekshirishlarni o'tkazish chog'ida tadbirkorlik sub­ yektlariga borish va ulardan tekshirishga taalluqli bo'lmagan mo- liya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi. Davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zaraming o'm i sud qarori asosida to'la hajmda bevosita ana shu davlat organlari to­ monidan, birinchi navbatda, ulaming budjetdan tashqari jamg'arma mablag'lari hisobiga qoplanishi lozim. Zararlarning o'mini qoplash sud qarori bilan ana shu yetka­ zilgan zarar uchun aybdor bo'lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari o'rtasidagi xo'jalik nizolari xo'jalik sudi yoki hakamlar sudi tomonidan ko'rib chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat organlari mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzganliklari uchun jazo muqarrarligini,ularning hatto jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’minlagan holda, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risidagi qonun huj­ jatlari so‘zsiz bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, belgilandi.
Mazkur Farmonga binoan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan faqat sud tartibida qo'llaniladigan huquqiy ta’sir choralariga quyi­ dagilar kiradi:
1) faoliyatni tugatish;
2) faoliyatni to'xtatib qo'yish. Favqulodda vaziyatlar, epide- miyalar hamda aholining hayoti va sogiig'iga boshqa haqiqiy xavf- xatar vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko'pi bilan o'n ish kunigacha to'xtatib qo'yish hollari bundan mustasno;
3) banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlami legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno;
4) moliyaviy sanksiyalami qo'llash. Soliq va yig'imlami toiash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penya qo'shish, shuningdek, tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda toiash hollari bundan mustasno;
5) huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish; 6) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o'n ish kunidan ko'proq muddatga to'xtatib qo'yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to'g'risida»gi farmoniga binoan, tadbir­ korlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot tizimi va uni taqdim etish tartibini takomillashtirish, shuningdek, qo'shimcha hisobotni noqonuniy talab etish hollariga yoi qo'ymaslik maqsadida — O'z­ bekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi va Savdo-sanoat palatasining 2005-yil l-iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxo­ nalar tomonidan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hamda boshqa maj­ buriy to‘lovlar bo'yicha barcha hisob-kitoblami davlat soliq xizmati organlariga har oyda taqdim etishni har chorakda taqdim etishga 0‘tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabr- dagi «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qis­ qartirish, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini ku­ chaytirish maqsadida — mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining moliya-xo'jalik faoliyatini har to'rt yilda ko'pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda ko'pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o'tkazilishi belgilandi. Yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining moliya-xo'jalik faoliyatini ular davlat ro'y­ xatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tek­ shirish o'tkazilmaydi. Hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shahar- lar)da ro'yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xiz­ matlar ko'rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ulaming moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo'l qo'yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro'yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo'yicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek, yetkazilgan zarami belgilangan muddatda va to'liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan, penyani to'lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo'llanilmaydi. Nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub­ yektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ulaming xo'jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zaraming o'm i qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.organlarining tekshirishlarni tayinlash va o'tkazish borasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbir­ korlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo'lidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirishi belgilandi.1

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling