1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazorati
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazorati
«O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g‘risida»gi •2003-yil 29-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi — O'zbekiston Respublikasi hukumati — O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyot- ning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samaraii faoliyatiga rahbar likni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Qonunning 7-moddasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi — vazir liklar, davlat qo'mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa oiganlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo'lgan hollarda ulami bekor qilish huquqiga ega. ( Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi batafsil m a’lumot lar, darslikning 9-bobi, 5-§da berilgan.) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va top shiriqlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshiriqlari, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah kamasi va uning Prezidiumi qarorlari va topshiriqlarining tarkibiy bo‘linmalar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni ta’minash maqsadida — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat bo'limi tashkil etildi. Nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 564-sonli qaroriga binoan tasdiqlangan «0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Appa ratining Nazorat bo‘limi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiradi. Ushbu Nizomga binoan, Nazorat bo'limi o‘z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Bo'lim o'z faoliyatini — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo'linmalari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat ho kimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Nazorat bo ‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va top shiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qaror lari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshi riqlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, O'z bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari top- bhiriqlarining tarkibiy bo'linmalar tomonidan o'z vaqtida ijro eti lishi bo'yicha ishlami tashkil etish; 2) elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ulaming aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimi amalga oshirilishini ta’minlash; 3) Bosh vazir kotibiyati, Bosh vazirning o'rinbosarlari apparat- lari, Vazirlar Mahkamasining departamentlari va bo'limlarida ijro nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qilish; 4) ishlami muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasi Apparati ning barcha tarkibiy bo'linmalarida ijro intizomi ahvolini o'rganish,mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam ko'rsatish, kamchiliklar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, uning o'rinbosarlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka masi Apparati Rahbarini va tarkibiy bo'linmalar rahbarlarini xa bardor qilish; 5) respublika vazirliklari, idoralari va hokimliklariga elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida huj- jatlaming bajarilishini ro'yxatga olish, hisobga olish, ulaming ayla nishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik yordam ko'rsatish; 6) Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo'linmalarining tarmoq axborot resurslaridan, shu jumladan, Internet resurslaridan maqsadli va samaraii foydalanish bo'yicha ishlarini muvofiqlashtirish. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling