1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
‘zbekiston Respublikasida sud nazorati
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
0 ‘zbekiston Respublikasida sud nazorati
O'zbekiston Respublikasi Konyatitutsiyasining 106-moddasiga binoan, O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati — qonun chi qaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. O'zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 0 ‘z bekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi. «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi 1995-yil 30-avgustdagi Qonuniga binoan, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi — qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi ho- kimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko'radigan sud hokimiyati oigani hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud: 1) O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O'zbekiston Res publikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi dav- latlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; 2) Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi O'zbekis ton Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining qonunlari 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga mu- vofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 3) 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi; 4) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o'zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlami ko'rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud faqat O'zbekiston Respublikasi Konsti tutsiyasiga amal qilgan holda ishlami hal etadi va xulosalar beradi. Konstitutsiyaviy sud — 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ning takdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan sud Raisi, Rais o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylanadigan sudyani qo‘shgan holda Konstitutsiyaviy sudning besh a’zosidan iborat tarkibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Oliy Majlis Senati a’zolari umumiy so nining ko‘pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud besh yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan otgandir. Konstitutsiyaviy sudning majlislari zaruratga qarab o'tkaziladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sodiqlik, mustaqil- lik, kollegiallik, oshkoralik va sudyalar huquqlarining tengligi — Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir. Konstitutsiyaviy sud hamda uning sudyalari o'z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo'ysinadilar. Konstitutsiyaviy sudda ishlarni qarab chiqish va qarorlar qabul qilish kamida to‘rt sudyadan iborat tarkibda kollegial amalga oshi riladi. Konstitutsiyaviy sudning majlislari, qoida tarzida, ochiq o'tka ziladi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan masalalami qarab chiqish va qarab chiqilayotgan masalalar bo'yicha ovoz berishda Rais, Rais o'rinbosari va Konstitutsiyaviy sudning a’zolari sudyalar sifatida teng huquqlarga egadirlar. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashki lotlar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Konstitutsiyaviy sudning normativ va boshqa hujjatlarni, ular ning nusxalarini taqdim etish to'g'risidagi, qarab chiqilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish xususidagi talablari ular yuborilgan organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Bu huquq Konstitutsiyaviy sud tomonidan qonun loyihasini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spi- keri, Oliy Majlis Senatining Raisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to'rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi, Oliy Majlis Senati a’zolari umumiy sonining kamida to'rt dan bir qismidan iborat senatorlar guruhi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo'jalik sudining raisi va Bosh prokurori Konstitutsiyaviy sudda ko'rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega. Masala Konstitutsiyaviy sudning kamida uch sudyasi tashabbusi bilan ham kiritilishi mumkin. Agar olingan materiallar qo‘yilayotgan talablarga javob bersa, Konstitutsiyaviy sud ular olingan kundan e’tiboran yetti kunlik muddatdan kechiktirmay masalani o'rganib chiqishga kirishadi. Konstitutsiyaviy sudda tegishli material olingan paytdan bosh lab kechi bilan uch oy ichida ko'rib chiqilayotgan masala yuzasidan qaror qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy sud majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezi denti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, uning o'rinbo- bailari, Oliy Majlis Senatining Raisi, uning o'rinbosarlari, Bosh vazir, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O'zbekiston Respub likasi Oliy xo'jalik sudining Raisi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Adliya vaziri qatnashishlari mumkin. Ular ko'rib chi qilayotgan barcha masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bayon etishga haqlidirlar. Konstitutsiyaviy sudning majlisiga zarur ma’lumot yoki mate- riallaiga ega shaxslar, ekspertlar va mutaxassislar chaqirilishi mum kin. Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviyligi shubha tug'dirgan ko' rib chiqilayotgan aniq masalalar yuzasidangina to “xtamga keladi. Konstitutsiyaviy sud normativ hujjatning konstitutsiyaviyligini tekshirib, bir vaqtning o'zida tekshirilgan normativ hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud qarab chiqishi uchun kiritilgan masalada ular xususida so‘z yuritilmagan bo Isada, to'x- tamga kelishi mumkin. Konstitutsiyaviy sudning to‘xtami ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Sudya ovoz berishda betaraf qolishga yoki qatnashmaslikka haqli emas. Majlisda qatnashayotgan sudyalaming ko'pchiligi yoqlab ovoz bergan bo'lsa, Konstitutsiyaviy sudning to'xtami qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo'linib qolgan takdirda raislik qiluv- chining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sudning to'xtamiga qo'shilmagan Konstitut siyaviy sudning sudyasi o'z fikrini yozma tarzda bayon qilish va uni Konstitutsiyaviy sud majlisi bayoniga qo'shib qo'yishga haqlidir. Davlatlararo shartnomaning va normativ hujjatning konsti- tutsiyaviyligi yuzasidan ko'rib chiqilgan ishning mohiyati bo'yicha Konstitutsiyaviy sudning to'xtami - qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. Boshqa hollarda Konstitutsiyaviy sudning to'xtami — xulosa deb ataladi yoki boshqacha shaklda ham bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlari, xulosalari va boshqa to'xtamlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va shu paytdan kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sudning to'xtami qat’iy va uning ustidan shikoyatga o'rin bo'lmaydi. Konstitutsiyaviy sudning to'xtami uning o'z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qaytadan ko'rib chiqilishi mumkin: a) to'xtam qabul qilingan paytda Konstitutsiyaviy sudga noma’lum bo'lgan yangi muhim holatlar ochilsa; b) to'xtam qabul qilinishiga asos bo'lgan konstitutsiyaviy norma o'zgargan bo'lsa; d) Konstitutsiyaviy sud to'xtam belgilangan ish yuritish tartibini buzgan holda qabul qilingan deb topsa. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat ko'rsatishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaviy sud devoni tuziladi? O'zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan, O'zbekiston Respublikasida sud — O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunla- rida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolaming huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqa rolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. O'zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo'ysinadilar. Sudya- laming odil sudlovni amalga,oshirish borasidagi faoliyatiga biron- bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashuv qo nunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa ja moat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Sud hujjatlari barcha davlat oiganlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqa rolar uchun majburiydir hamda O'zbekiston Respublikasining bu tun hududida ijro etilishi shart. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi — fuqarolik, jinoiy va ma’ muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy orga- nidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog'iston Respub likasi oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish hu quqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko'radi. U o'zi birinchi instansiya sifatida ko'rgan ishlami apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega bo'lgan shaxslaming xo- hishiga ko'ra apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rishi mumkin. Apellyatsiya tartibida ko'rilgan ish kassatsiya tartibida ko'rilmasligi kerak. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi: a) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushun- tirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; b) sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; d) sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o'rin bosari va o'rinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari, O'zbekiston Res publikasi Oliy sudi sudyalaridan iborat bo'lib, quyidagi tarkibda ish olib boradi: 1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi — eng yuqori sudlov instansiyasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlarining rais- laridan iborat tarkibda ish olib boradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenu mining majlislarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy xo'jalik sudi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi — ishlami nazorat tartibida ko'radi: sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko'rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlar beradi: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzu ridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O'zbe kiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’at- larining tarkibi va raislarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi: O'zbekiston Respub likasi Oliy sudi Rayosatining ishi to'g'risidagi axborotni, shuning dek, sudlov hay’atlarining faoliyati haqidagi ma’ruzalami tinglaydi: Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo'llash amaliyoti to'g'risidagi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlarini bajarish to'g'risidagi ma’ruzalarini tinglaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi: O'zbekiston Respub likasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi. 2) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi. O'z bekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim bo'yicha kiradilar. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati — ishlarni nazorat tartibida ko‘radi: sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko‘rib chiqadi: Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati to'g'risidagi va qonun hujjatlarini qo'llash amaliyoti to'g'risidagi ma’ruzalarini tinglaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi. 3) Fuqarolik ishlari bo yicha sudlov hay ’ati. 4) Jinoyat ishlari bo yicha sudlov hay ’ati. 5) harbiy hay’at. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari: a) ishlarni birinchi instansiyada, apellatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko'radi; " b) sud amaliyotini o'rganadi va umumlashtiradi; d) qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; e) sud statistikasini tahlil qiladi; f) qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi — o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko'radi: tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi: sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi: sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi: qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Fuqarolik ishlari boyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi — qonun bilan o'z vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini ko'radi. Jinoyat ishlari bo ‘yicha tuman (shahar) sudi — qonun bilan o'z vakolatlari doirasiga berilgan jinoyat ishlarini hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'radi. Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi ning, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining raisi — sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o'rtasida ishlami taqsimlaydi: sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ish- lariga rahbarlik qiladi, qonun buzilishini, huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi: sud xodimlari va xalq masla hatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi: fuqarolami shax san qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlami ko‘rib chiqish ishini tashkil etadi: sud idorasi ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalaririi tuzadi va bekor qiladi: qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay’ati, 0 ‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay’ati lavozim bo'yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o'rinbosari hisoblanadigan Harbiy hay’at raisi, harbiy hay’at raisining o'rin bosari va sudyalardan iborat bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, rais o'rinbosari, sudyalar va xalq maslahat- chilaridan iborat bo'ladi. Okrug va hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradilar va rais, sudyalar, xalq maslahatchilaridan, zarurat bo'l ganda esa rais o'rinbosaridan ham iborat bo'ladi. О ‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari: 1) O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitaning, Milliy xavfsizlik xizma tining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalaming harbiy xizmatchilari, shuningdek, o‘quv yig'inlarida boMgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar to monidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni; 2) harbiy qismlar, qo'shilmalar va birlashmalar, harbiy bosh qaruv organlarining qo'mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilar- ning da’volari bo'yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslaming harbiy xizmat- chilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qaror lari) ustidan shikoyatlami; 3) alohida holatlarga ko'ra umumiy yurisdiktsiya sudlari fao liyat ko'rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini: 4) davlat sirlariga taalluqli ishlami; 5) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlami ko'radi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi — xo'jalik sud ish larini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko' radi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi O'zbekiston Res publikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining tushuntirishlari xo'jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xo'jalik sudlari faoliyatini tekshiradi, xo'jalik sudlarining ishini tashkil etish ijobiy tajribasini o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi rais, uning birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari, sudlov hay’atlarining raislari, O'zbe kiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi sudyalaridan iborat bo'lib, quyidagi tarkibda ish olib boradi: 1) O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi —O'z bekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi sudyalari va Qoraqal pog'iston Respublikasi xo'jalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining majlislarida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining majlis larida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi — sud ama liyotini umumlashtirish materiallarini ko'rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlar beradi: O'z bekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomalariga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini va raislarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosa tining ishi to'g'risidagi axborotni, shuningdek, O'zbekiston Respub likasi Oliy xo'jalik sudi sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi ma’ruzalami tinglaydi: Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlari raislarining qonun hujjatlarini qo'llash amaliyoti to'g'risidagi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlarini bajarish to'g'risidagi ma’ruzalarni tinglaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiq laydi: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi matbuot orga nining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi: O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi: qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha tushuntirishlari xo'jalik sudlari, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo'llayot- gan boshqa oiganlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va man sabdor shaxslar uchun majburiydir. 2) O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosati — O'zbe kiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi sudyalaridan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi belgilaydigan miqdorda tuziladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisi, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosatining tarkibiga lavozim bo'yicha kiradilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosati - ishlarni nazorat tartibida ko'radi: sud amaliyotini umumlashtirish natija larini ko'rib chiqadi: Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlari raislarining qonun hujjatlarini qo'llash to'g'risidagi ma’ruzalarini tinglaydi: xo'jalik sudlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining sudlov hay’atlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi: qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 3) Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizo- larni hal etish bo ‘yicha sudlov hay ’ati: 4) Ma ’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar- ni hal etish bo ‘yicha sudlov hay ’ati. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining sudlov hay’at lari: a) ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida ko'radi; b) sud amaliyotini o'rganadi va umumlashtiradi; d) qonun hujjat larini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; e) sud statistikasini tahlil qiladi; f) qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar va Tosh kent shahar xo'jalik sudlari — rais, rais o'rinbosarlari va sudyalardan iborat bo'ladilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudida, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarida zarur hollarda sudlov hay’atlari tuzilishi mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling