1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar normativ hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash


Download 1.49 Mb.
bet89/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar normativ hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi «Vazirlildar, davlat qo'mitalari va idoralar normativ hujjatlarining' qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to'g'risida»- gi Qaroriga binoan, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar nor­ mativ hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida:
1) vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralaming fiiqarolaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo'lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) normativ hujjatlari ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'y­ xatidan o'tkazilgan kundan boshlab o'n kun o'tgandan keyin, agar hujjatning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, kuchga kiradi va bajarilishi kerak;
2) davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan normativ hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko'rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror bir jazo qo'llash uchun asos bo'lib xizmat qilmaydi;
3) normativ hujjatning davlat ro'yxatidan o'tkazish tartib raqami va sanasi ko'rsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning fuqarolaming, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli umummajburiy tusdagi normativ hujjatlari «O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari va idoralarining normativ hujjatlari Axborotnomasi» — «Бюллетень нормативных актов министерств, государственных комитетов и ведомств Республики Узбекистан»с1а, albatta, e’lon qilinishi kerak. Mazkur qaror asosida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazir­ ligiga: — vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralaming normativ huj­ jatlar qabul qilish va qo'llash, shuningdek, qabul qilingan normativ hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo'yicha ishini nazorat qilish; — vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarga o'n kun mud­ datda bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritish yoki davlat ro'yxatidan o'tmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlami tiklash, yetkazilgan zararlami qoplash to'g'risidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini hukumat oldiga qo'yish huquqi berildi. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralaming normativ hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi negizida ikki bo'limdan iborat Idoraviy normativ hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi tashkil etildi.
Qarorga binoan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar nor­ mativ hujjatlarini huquqiy ekspert izadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish belgilandi. Unga binoan, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar1 ning normativ hujjatlarini ulaming amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlaming xusu- siyatidan qat’i nazar, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hu­ quqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o'tkazadi. Vazirliklar va idoralaming umummajburiy tusdagi: — fuqarolaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaat­ lariga daxl qiluvchi; — idoralararo tusga ega bo'lgan; — mazkur boshqaruv oigani tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo'lgan normativ huj­ jatlari huquqiy ekspert izadan va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan ro'y­ xatdan o'tkaziladigan standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarga tegishli bo'lmagan texnik qoidalar va normalar Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi. Qoidalar va normalami texnik hujjat­ larga tegishli deb topish Adliya vazirligi bilan kelishuv bo'yicha amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar normativ hujjatlarini qabul qilishda huquqiy ekspert izadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ularni o'n kun mobaynida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar. Davlat ro'yxatidan o'tmagan normativ hujjatlar qo'llanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish to'g'risida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar o'n kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan normativ hujjatni davlat ro'yxatidan o'tkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan organga yuklanadi.
1 Idoralar deganda — vazirlik yoki davlat qo'mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan boshqaruvning umumdavlat organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentlildar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
Normativ hujjatlar — 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, shuningdek, O'zbekiston Respubli­ kasi hukumatining qarorlariga muvofiq bo'lishi kerak. Normativ hujjatlar idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak. Vazirliklar va idoralar o'z vakolatlari doirasida normativ hujjatlarni buyruqlar, qarorlar, nizomlar, qoidalar, yo'riqnomalar va ko‘rsatmalar shaklida qabul qiladilar. Normativ yozma ko‘rsatmalar (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo'yicha tushuntirishlar va boshqalar)ning huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga, shuningdek, yakka tartibdagi xususiyatga ega bo'lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘1 qo'yilmaydi. Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo'lgan taqdirda, agar ushbu masalalami normativ tartibga solish o'z vakolatlariga kirsa, tegishli normativ hujjatlarni o'z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralaiga tegishli normativ hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir. Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyish­ lari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan normativ hujjat qabul qilish muddati, agar bosh­ qa muddat belgilanmagan bo'lsa, bir oydan oshmasligi kerak. Normativ hujjatda mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasining qaysi qonunini, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaysi qarorini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi Farmonini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ulaming moddalari yoki bandlarmi) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko'rsatiladi. Normativ hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, bo'lajak hujjat bir xilda tushu- nilishi va qo'llanilishini ta’minlashi kerak. Normativ hujjat o'z mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak. Agar normativ hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unda kirish qismi beriladi. Normativ tusga ega bo'lgan qoida kirish qismga kiritilmaydi.
Normativ hujjat mazmuni va hajmiga bog'liq ravishda, odatda, o'z nomiga ega bo'ladigan qismlar va bo'limlarga bo'linishi mum­ kin. Normativ hujjat qoidalari aniq va yorqin adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha talqin qilinishini istisno qilish uchun ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ahamiyatiga muvofiq bir xilda qo'l­ laniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qis­ qacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo'lla­ nadi va boshqa qisqartirishlar tushuntiriladi. Eskirgan va ko'p ma’noli so'zlar va iboralar, obrazli qiyoslashlar, majozlar, sifat- lashlar qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi. Normativ hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlari qoidalari so'zma-so'z takrorlanishi taqiqlanadi. Normativ hujjatlar matniga amaldagi qonun hujjatlariga havola qilish kiritilishiga faqat istisno hollardagina yo'l qo'yiladi. Mazkur normativ hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralaming ilgari qabul qilingan normativ hujjatlariga havola qilish ulaming o'zaro aloqasini ko'rsatish yoki takrorga yo'l qo'ymaslik zarur bo'lgan hollardagina qo'llaniladi. Normativ hujjatning har bir bandida bitta normativ ko'rsatma bo'lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to'liq va tugal­ langan mazmunga ega bo'lishi kerak. Agar normativ hujjatda ro'yxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Normativ hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi. Amaldagi normativ hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yo'li bilan hal etish mumkin bo'lgan masalalar bo'yicha o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi. Normativ hujjatda quyidagi rekvizitlar bo'lishi kerak: — hujjat shaklining belgilanishi; — tartibga solish mavzusini belgilovchi nom; — hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi; — vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini baja­ ruvchi shaxsning ushbu organ muhri bilan tasdiqlangan imzosi. Agar normativ hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomo­ nidan ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar o'z kuchini yo'qotishi e’tirof etilishini yoki ulaiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan normativ hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
Normativ hujjatga: — normativ hujjatni chiqarish uchun asoslar (vazirlik va idora vakolati, normativ hujjatga kirgan masalalami hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, huj­ jat qabul qilinishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan boshqa holatlar); — mazkur oigan tomonidan ushbu masala bo'yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; — ushbu masala bo'yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar va davlat ro'yxatidan o'tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ulami o'zgartirish yoki o'z kuchini yo'qotgan deb e’tirof etish to'g'risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud bo'lgan ma’- lumotnoma ilova qilinadi. Tayyorlangan normativ hujjat vazirlik yoki idora rahbari to­ monidan imzolangunga qadar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak. Taqdim etilgan normativ hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo'yilgan, ilova qilingan ma’lu- motnoma esa imzolangan bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan nor­ mativ hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspert izadan o'tkazadi. Zarurat bo'lsa, ekspert izadan o'tkazishda Adliya vazirligi qo'shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, normativ hujjatlar bo'yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlami shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega bo'ladi. Normativ hujjatni davlat ro'yxatidan o'tkazish Adliya vazi- rining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. Agar normativ hujjat O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo'lsa yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday oiganlar bilan kelishil- magan bo'lsa, normativ hujjatni ro'yxatdan o'tkazish rad etilishi mumkin. Davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilgan normativ hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organga qaytariladi. Davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilgan normativ hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ish- langan taqdirda davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlami, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining famonlari va farmoyishlarini, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, 0 ‘zbe­ kiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan normativ hujjatlarni mukammallashtirish va davlat ro'y­ xatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan osh­ masligi kerak. Normativ hujjatning asl nusxasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazil- gandan keyin unga berilgan ro'yxatdan o'tkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi ’hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari o‘zgaigan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro'yxatidan o'tkazilgan o'z normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiqlashtirishi hamda huquqiy eks­ pertizadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun tegishli o'zgar­ tirish va qo'shimchalami 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazir­ ligiga taqdim etishlari kerak. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazir­ ligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro'yxatidan o'tkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir. Vazirliklar va idoralar ushbu holda o'n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'zlari qabul qilgan normativ hujjatlardagi o'zgartirish va qo'shimchalami Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi normativ hujjatni davlat reyestridan chiqa- rishga haqlidir, bu normativ hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo'ladi. Nonnativ hujjatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakil qilingan oigan tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. Nizoli masalalar paydo bo'lgan, shuningdek, normativ hujjatni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha nor­ mativ hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to'xtatishga haqlidir. Normativ hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanishi, ulaming tarqatilishi, ularga o'zgartirish va qo'shim­ chalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab o'n kun muddatda barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi kerak. Nor­ mativ hujjatni manfaatdor shaxslarga yetkazish normativ hujjatning matni bilan to'siqsiz (erkin) tanishish huquqini beruvchi har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida baja- rilmagan taqdirda Adliya vazirligi vazirlik yoki idora tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko'rilmaguncha normativ hujjatning amalda bo'lishini to'xtatib qo'yishga haqlidir. Belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi va nashr etilishi (e’lon qilinishi) kerak bo'lgan normativ hujjatlar davlat ro'yxatidan o'tkazilguniga qadar bajarish uchun yuborilishiga yo'l qo'yilmaydi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralaming normativ hujjat­ larini davlat ro'yxatidan o'tkazishning holati to'g'risidagi ma’lu­ motlar «Xalq so'zi» - «Народное слово» gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling