1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati


-mavzu. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini samarali shakllantirishda


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1601677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati

2-mavzu. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini samarali shakllantirishda 
davlat siyosati 
 



Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat ro’lining o’zgarishi. Institutsional 
muhitni shakllantirish. Mahalliy-xususiy hamkorlik. DXSHda davlatning ishtiroki 
va tartibga solish tizimining usullari. DXSHning tamoyillari. DXSH ning huquqiy 
asoslari: “Davlat-xususiy sherikligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 
va boshqa qonun osti hujjatlar.
Muhokama qilish uchun savollar 
 
1. Hozirgi kunda O’zbekiston qonunchiligida amalda bo’lgan DXSH 
sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni sanab bering.
2. Normativ-huquqiy baza darajasini baholang. Sizning fikringizcha, uni 
umumiylashtirish kerakmi? 
3. DXSHni huquqiy ro’yxatga olish uchun qanday huquqiy tuzilmalardan 
foydalanish mumkin? 
4. DXSH to’g’risidagi qonunning asosiy moddalarini tavsiflang. 
5. O’zbekistonda DXSH sohasini huquqiy tartibga solishning asosiy 
muammolari va ziddiyatlarini nimalardan iborat? 
6. O’zbekiston qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini baholang. 
1-vazifa 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq DXSH to’g’risidagi bitimlarni 
tuzishda ularning obyektlari sifatida nimalarni kiritish mumkin? 
Konsessiya shartnomasi obyektlari 
bolishi mumkin bo’lgan obyektlar 
Davlat xususiy sherikligi haqidagi 
shartnoma obyektlari bolishi mumkin 
bo’lgan obyektlar 
 
2-vazifa 
O’zR da DXSH sohasida tashkil etilgan huquqiy bazasini baholang. Buning 
uchun bir qator hududlarning tajribasidan foydalaning. 
Aniqlang: 
1) muvofiqlilik darajasi; 
2) hech qanday qarama-qarshilik yo’qligi; 
3) yagona kontseptsiyaning mavjudligi. 
Shakllantirilgan huquqiy baza DXSH ni rivojlantirishda O’zR subyektlari
holatiga yordam beradimi? 



1-masala 
Investor bankka 2 yil muddatga yillik 15% (foizlarni hisoblashning oddiy 
usuli bo’yicha) to’lov bilan depozit hisobvarag’iga 5 mln.so’m qo’ydi. Depozit 
muddati tugagandan so’ng investor qancha pul olishini aniqlang. 
2-masala 
Investor bankka 2 yil muddatga yillik 15% (foizlarni hisoblashning murakkab 
usuli bo’yicha) to’lov bilan depozit hisobvarag’iga 5 mln.so’m qo’ydi. Depozit 
muddati tugagandan so’ng investor qancha pul olishini aniqlang. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling