1-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Oʻzbekiston tajribasi ma’ruza rejasi


Global tarmoqdagi g’oyaviy xurujlar oldini olish


Download 41.51 Kb.
bet13/13
Sana18.02.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1211287
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Диншунослик УзМУга

3. Global tarmoqdagi g’oyaviy xurujlar oldini olish
Bugungi kunda o’z maqsadlariga erishish uchun hech narsadan qaytmaydigan ba’zi kimsalar oldinlari ko’chama-ko’cha yurib, uyma-uy kirib har xil kitob, varaqalar tarqatishga harakat qilgan bo’lsalar, hozirda bir joyda o’tirib ijtimoiy tarmoqlar orqali yoki qo’shni mamlakatlarda ishlayotgan mavsumiy mehnat migrantlarining chetda bo’lganligi sababli yosh o’smirlar ongini jonli muloqot orqali zaharlab o’z g’oyalariga ergashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayapti. Ayni paytda bunday turli xil mafkura markazlari o’zining g’arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tahdidlar mavjudligini ko’rsatadi. “Ezgulik va yovuzlik doim bir-biriga qarshi kurashadi”, deganlaridek, bizning ushbu ravnaqimiz va tinchligimizni ko’ra olmayotgan g’arazli maqsaddagi yovuz kuchlar ham yo’q emas. Dunyo eksportlaridan biri shunday degan ekan: “Qaysi bir yurtning kelajagi qanday bo’lishini bilmoqchi bo’lsangiz, o’sha yurt yoshlari bilim dargohlarida bugun nimani o’rganayotganiga e’tibor bering...”. Haqiqatda ham yoshlarimiz darsliklardan tashqari qanday ma’lumotlarni o’rganayotgani, qaerdan olayotgani, kimdan so’rayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda qaysi saytlarga kirib, kimlar bilan aloqada bo’layotgani va nima narsalarni tomosha qilayotganini biz nazorat qilishdan oldin ularning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini shakllantirsak, yoshlarimizni jaholat batqog’idan qutqargan va yurtimiz kelajagini hozirdan mahkam qura boshlagan bo’lar edik. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: “Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o’z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o’z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va ma’suliyatini o’ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas”.
Xulosa qilib aytganda, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish zarur:
yoshlarda internetdagi ma’lumotlarni ajrata bilish savodxonligini shakllantirish;
o’smirlarga internetdagi qanday ma’lumotni olish kerag-u, qaysilarini qabul qilmaslik lozimligini tushuntirish;
yosh avlodga internetdagi fotosuratlar, videolavhalarni ko’rish, tomosha qilish yuzasidan zarur tavsiyalarni berish;
kelajak avlodni milliy ma’naviyatga, odob-axloqqa salbiy ta’sir etuvchi ma’lumotlardan himoya qilish;
internet xurujlariga qarshi muntazam targ’ibot ishlarini olib borish.
Bunday taklif va tavsiyalarni yana ko’plab keltirish mumkin. Biroq internet orqali barchani tashvishga solib turgan xatarlarga qarshi kurash samarasini oshirish uchun, eng avvalo, ota-onalar farzandlari ustidan nazoratni kuchaytirishlari lozim. Bundan tashqari, mahalla faollari, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari ham bu xatarlarga qarshi kurashda jonbozlik ko’rsatishlari shart. Biz yashab turgan davrda yoshlarimizning barkamolligi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Jumladan, axborot texnologiyalari, xususan, internet sohasida ham. Shunday ekan, yoshlarimizning internetdan oqilon va to’g’ri yo’lda foydalanishlarini ta’minlash davr talabidir. Chunki global tarmoqdan to’g’ri foydalana oladigan yoshlar vaqtini bema’ni narsalarga zoe qilmasdan, faqat ilm bilan shug’ullanadi va kasbiy ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Rivoyat qilinishicha, Imom Buxoriy bir hadisning roviysini qidirib, topadilar. Lekin roviy bir hayvonni quruq qo’l bilan aldab, qo’raga olib kirayotganini ko’rib, suhbatlashmasdan qaytadilar. Yana boshqa riaoyatda aytilishicha, bir roviy oldi tarafga tuflagani sababli, undan ham hadis rivoyat qilmaganlar.

Nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Nima uchun internet tarmog’i buzg’unchi g’oyalar makoniga aylanib qolgan?
2. Kibermakon bilan dinning aloqadoligi nimalarda namoyon bo’ladi?
3. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy oqibatlari qanday?
4. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz?
5. Manqurtga aylantirishning zamonaviy vositalari qanday?
6. Kibertorrorchilar keltirayotgan zararlar nimalardan iborat?
Tayanch iboralar: Global tarmoq, internet, kibermakon, yoshlar, mafkuraviy immunitet, kompyuter, yot g’oyalar, O’zbekiston, texnika, o’yinlar.
Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling