1-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Oʻzbekiston tajribasi ma’ruza rejasi
Diniy siyosiy oqimlar va ularning maqsadlari
Download 41.51 Kb.
|
Диншунослик УзМУга
Diniy siyosiy oqimlar va ularning maqsadlari
Vahhobiylik – XVIII asr oʻrtalarida Arabiston yarim orolining markaziy qismi hisoblanmish Najd viloyatida islom dinining sunna yoʻnalishidagi hanbaliy mazhabi ta’limoti oʻzagida paydo boʻlgan. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahob hisoblanadi. U 1703 yilda tugʻilib, 1791 yilda vafot etgan. Ustozi Abdulloh ibn Sayfo yosh Abdulvahhobni xanbaliy mazhabi yoʻnalishida vahdoniyat (arabcha – yakkalik, yagonalik) aqidasi boʻyicha tarbiyalagan. Uning dunyoqarashida mashhur vahdoniyatchi Ahmad ibn Taymiya asarlari katta rol oʻynagan. Natijada u Islom olamida vahdoniyatning qattiq himoyachisi, tashviqotchisi sifatida maydonga chiqdi. Vahhobiylik oqimining yuzaga kelib, chuqur ildiz otib mashhur boʻlib ketishida ingliz razvedkasi katta rol oʻynagan. Sababi Islom halifaligi 1517 yildan qudratli Turk sultonligi qoʻliga oʻtib ketgan edi. Inglizlar oʻzlarining yaqin sharqdagi siyosiy raqiblari boʻlmish Turk imperiyasini zaiflashtirish, payini qirqish uchun vahhobiylik harakatini har tomonlama qoʻllab turgan. Amir Muhammad ibn Saud Markaziy Arabiston yarim orolidagi mayda sulolalar boshqargan amirliklarni birlashtirishda vahhobiylik ta’limotidan foydalandi. Muhammad ibn Saud va uning oʻgʻli Abdulaziz vahhobiylar bayrogʻi ostida yarim orolning katta qismini kuch bilan egallab, birinchi saudiylar davlatini barpo qildilar. Vahhobiylar Sharqiy Arabistonni istilo qilish chogʻida 1792 yili Abdulvahhob vafot etdi. Vahhobiylar Arabistonni birlashtirish, vaxdoniyatni targʻib etish bahonasida bosqinchilik, talon-taroj, vayrongarchilik harkatlarini olib bordilar. Vahhobiylarning arablarni Islomning yashil bayrogʻi ostida birlashtirish gʻoyasi oʻsha vaqtlarda arab erlarida hukumronlik qilayotgan Turkiyaga qarshi qaratilgan edi. Oʻsha davrda inglizlarning Yaqin Sharqda oʻz ta’sir doirasini kuchaytirishiga Turkiya toʻsqinlik qilar edi. Shuning uchun inglizlar vahhobiylarni qoʻllab-quvvatlash orqali Turkiyani zaiflashtirish siyosatini yurgizdi. Shu bois Turkiya hukumati vahhobiylarga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1811 yili Misr podshosi Muhammad Alining qoʻshinlari vahhobiylarga qarshi jangga kirishdi va 1818 yilga kelib vahhobiylar hukumatini tor-mor etdi. Lekin uni butunlay yoʻqotib tashlay olmadi. Vahhobiylik hozirga qadar Saudiya Aroabistonida hukumron gʻoya sanaladi. Bu diniy-siyosiy oqimning izdoshlari Osiyo va Afrika mamlakatlarida mavjud. Keyingi davrda bu oqimga ergashuvchilar Pokiston, Afgʻoniston va Tojikistonda ham paydo boʻldi. Shu davlatlar orqali vahhobiylik XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida Oʻzbekistonga ham kirib kelib, ayrim dunyoqarashi sayoz, shakllanib ulgurmagan yoshlarimizni oʻz domiga tortishiga harakat qildi. Vahhobiylik oqimining asoschisi Muhammad ibn Abdulvahhob faqatgina yakkayu yagona Allohga sigʻinishni targʻib qilib, musulmonlar faqat Qur’on va sunna (hadis) ga amal qilishlari kerak, deb Islomga kiritilayotgan har qanday yangilik (ijmoʻ)larga qarshi chiqqan. Islom amaliyoti paygʻambar zamonlarida qanday boʻlsa shunday boʻlishi kerak, degan talabni oʻrtaga qoʻygan. Vahhobbiylar «dinni tozalashga, Muhammad davridagi asl holiga keltirish»ga harkat qilgan. Vahhobiylar, birinchi navbatda, aziz-avliyolarga sigʻinishga qarshi kurashgan edilar. Vahhobiylarning aziz-avliyolarga sigʻinish munosabatiga qarab hukm qiladigan boʻlsak, Karl Vintsenti ularga bergan bahosida batamom haq boʻlib chiqdi. U oʻzining romanida vahhobiylarni “Yuqori Arabistonning masjid kushandalari” deb atagan edi. Bu romanda vahhobiylar davlatidagi ijtimoiy hayot va faoliyat tasvirlangan, boshqa ma’lumotlarga qaraganda, bu davlatda zohiran porsolikka (taqvodorlikka) qat’iy amal qilinsa-da, u bilan birga munofiqlik va riyokorlik mavjud boʻlgani ham aks etgan. Abdulvahhob moʻmin kishi faqat yolgʻiz Allohga sigʻinib Undan panoh tilashi, madad kutishi mumkin. Musulmonlar muqaddas joylarni ziyorat qilishi, aziz-avliyolar duolaridan shafoat, yordam tilashi, hatto paygʻambarlarga ham sigʻinishi mumkin emas. Bu Allohga shirk keltirishdir, deydi. Vahhobiylik hatto paygʻambarning Madinadagi maqbarasiga ziyorat uchun borish ham bid’at deb aytadilar. Vahhobiylar erkaklarga ipak kiyimlar kiyish, oltin taqinchoqlar taqish, musiqa chalish va tinglash, qoʻshiq aytish, raqsga tushish, rasm chizish, suratga tushish, katta bayramlar oʻtkazish, tumor, koʻzmunchoq taqish, duoxonlik, qabrlar tepasiga yodgorlik toshlari qoʻyish, sham yoqish va boshqalarni bid’at deb, ularni taqiqlaydilar. Ular insoniyatni kamolot choʻqqilariga etaklovchi tasavvufga ham qarshi turganlar. Avliyo-mashoyihlarga ixlos qilishni kufr va gunoh deb biladilar. Movlud kunlarini nishonlash, marxumlarning ruhlariga Qur’on tilovat qilishni, aziz-avliyolar yotgan muqaddas joylarni ziyorat qilishni rad etib, bular ham Allohga shirk keltirishdir, gunohi azimdir deb qaraydilar. Vahhobiylikda gʻayridinlarga, «ilk islom ahkomlaridan chekingan» musulmonlarga qarshi kurash alohida oʻrin tutadi. Ularning da’vatini qabul qilmaganlarning barchasi goʻyo «kofir» dirlar. Hozirgi zamon vahhobiylari yuqoridagilardan tashqari yana kino, teatr, kontsertlarga ham qarshidirlar. Vahhobiylik xatarli, reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Ular odatda terror yoki davlat toʻntarishi yoʻli bilan hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. Vahhobiylikning dastlabki shakllanish davrida hayotdagi barcha salbiy illatlarga qarshi kurash, mol-dunyo, ortiqcha xirs-havaslardan voz kechish, Islomga zid urf-odatlardan tiyilish, poklik, adolat, vaxdoniyatni mustahkamlash gʻoyalari kishilar e’tiborini oʻziga tortgan va ular bu oqimga ergashgan. Ammo keyinchalik vahhobiylikdagi bunday gʻoyalar bu harkatning salbiy tomonlari soyasida qolib ketgan. Vahhobiylar qaerni hujum qilib bosib olsalar, oʻsha erdagi qabristonlar, maqbara va yodgorliklarni buzib tashlaganlar. Oqibatda tarix uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab qimmatli obidalar, yodgorliklar yoʻk boʻlib ketdi. Oʻzlarining gʻoyalariga toʻgʻri kelmaydigan ilohiyotchi olimlarning noyob asarlarini yoqib yubordilar. Vahhobiylarning eng dahshatli qilmishlari 1802 yilning aprelida yuz berdi. Ular Shialikdagi musulmonlarning ziyoratgohi boʻlmish Karbaloga hujum qilib, Imom Husayn masjidini vayron qildilar. Masjidning oltin gʻishtlardan ishlangan gumbazini buzib, taladilar. Ikki mingdan ortiq odamni qilichdan oʻtkazdilar. Xomilador ayollarni va bolalarni ham ayab oʻtirmadilar. Shaharni vayronaga aylantirdilar. 1806 yili vahhobiylar Makka shahriga bostirib kirib oʻnlab masjid va madrasalarni buzib tashlab, ularga oʻt qoʻydilar. Ular faqat Ka’banigina buzishga jur’at qilolmadilar. Vahhobiylar koʻp oʻtmay Madinani ham bosib oldilar. Bu erda ham koʻz koʻrmagan, quloq eshitmagan xunrezliklar qildilar. Paygʻambarimiz qabrlarini ham poymol etib, u erdagi hazina talon-taroj qilindi. Vahhobiylar asosan Saudiya Arabistonida yashaydilar. Ular dunyoviy qadriyatlarga nisbatan oʻta murosasiz diniy mafkuraga asoslangan. Vahhobiylar harakatining maqsadi va mazmunini tahlil etadigan boʻlsak, u hanbaliya mazhabidan boshqa mazhabni tan olmagan va islom dinidagi har qanday yangilikni rad etgan. Download 41.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling