1-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Oʻzbekiston tajribasi ma’ruza rejasi
Download 41.51 Kb.
|
Диншунослик УзМУга
Diniy ekstremizm — ma’lum siyosiy maqsadlar yoʻlida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga koʻra ish koʻruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan oʻta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.
Boshqacharoq aytganda, diniy ekstremizm — muayyan diniy yoʻnalish va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlar siyosiy faoliyatining mafkurasi. Bu fikrning isboti sifatida «Musulmon birodarlari» va undan ajralib chiqqan koʻplab diniy-ekstremistik ruhdagi guruh va tashkilotlar tayanadigan asosiy gʻoyalarni eslab oʻtishimiz mumkin. Ularning e’tiqodi boʻyicha islom — nafaqat dunyoviy va yagona toʻgʻri din, balki hayotni tashkil etish qomusi ham. Ular nazdida islom paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamga vahiy boʻlgan davridan bugungi kungacha yuzaga kelayotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, ya’ni sof dunyoviy muammolarni hal etishning yagona yoʻli hisoblanadi. Bu aqidaga koʻra, hamma musulmonlar yagona millatni tashkil etadilar va ular e’tiqodlari boʻyicha oʻzaro birodar. Shu asosda «Musulmon birodarlari» hech qanday ma’muriy-jugʻrofiy hududni tan olmaydilar va pirovard maqsadda er yuzidagi barcha mamlakatlarda yagona musulmonlar birligi va ularning diniy va dunyoviy hokimiyatini oʻzida mujassamlashtirgan «xalifa» rahbarligidagi yagona musulmon davlati qurishni koʻzlaydilar. Bu shartni bajarmoq, niyatga etmoq uchun har qanday xunrezlikka va birodarkushlikka fatvo beriladi va hokazo. Diniy ekstremizm faqat Islom olamiga tegishli boʻlib qolmay, balki dunyodagi barcha dinlarga ham xos hodisadir. Masalan, oʻrta asrlarda xristian ekstremist ruhoniylari muqaddas kitoblarda belgilangan har qanday aqidalarga qarshi chiqish Xudoning irodasini buzishdir, bu eng katta gunohdir deb, bunday kishilarni dindan qaytganlikda ayblab, ularga nisbatan keskin choralar qoʻllab ayovsiz jazolaganlar. Xususan XIII-asrda papa qoʻshinlari Frantsiyaning janubida 20 ming kishini qirib tashlagan. Ilgʻor fikrli ziyolilarga qarshi inkvizatsiya (cherkov) sudi joriy etilib Jardono Bruno oʻtda kuydirildi, Galileo Galiley besh oy qamoqqa solinib, tavbasiga tayantirildi. Lekin baribir u «er aylanadi» degan fikrdan qaytmadi. Download 41.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling