1-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Oʻzbekiston tajribasi ma’ruza rejasi
Download 41.51 Kb.
|
Диншунослик УзМУга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqidaparastlik
Islom ekstremizmi – islomning qadimiy gʻoyalari va ideallarini qayta tiklashni kuch ishlatish yoʻli bilan amalga oshirishga qaratilgan diniy-siyosiy harakat.61 Bunday harkat diniy mutaassiblikka asoslangan boʻlib, muayyan mazhab ta’limotiga qattiq yopishib olish oqibatida yuzaga keladi va muayyan siyosat va iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishga ochiqdan-ochiq intiladi.
Islom dini doirasida birinchi ekstremistik oqim – xorijiylar harakati boʻlgan. Xorijiylar xalifa Ali ibn Tolib bilan ummaviylar davlatining asoschisi Muoviya oʻrtasidagi urushni muzokara va kelishish orqali toʻxtatish siyosatiga Ali rozilik bergani uchun unga qarshi boʻldilar. Xorijiylardan biri Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy 661 yilda 4-halifa Ali ibn Abu Tolibni yarador qilib oʻldirdi. Xorijiylar ummaviy va abbosiylar halifaligiga qarshi urush olib borib, juda koʻp musulmonlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Islomdagi eng ta’sirchan diniy ekstremistik guruhlardan biri 1928 yilda Misrda tashkil topgan «Musulmon birodarlari» («Al-ixvon al-muslimun») uyushmasidir. Bu uyushma diniy-siyosiy tashkilot boʻlib, u xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan tortib to siyosiy hayotda terror usulini qoʻllashgacha boʻlgan murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Diniy ekstremistik kuchlar XX-asrning 60-70 yillarida Misrda Jamol Abdul Nosir hukumatini agʻdarib tashlashga urindilar. 1981 yilda esa Misr prezidenti Anvar Sadatga suiqasd uyushtirib oʻldirdilar. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday koʻrinishga ega boʻlmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat. Umuman, «Fundamentalizm», «ekstremizm», «terrorizm», «fanatizm» kabi soʻzlar tom ma’noda hokimiyat uchun kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.62 Aqida (arabcha – “aqd”- biror narsani ikkinchisiga bogʻlash; koʻplikda – aqoid) – shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, e’tiqod qilish lozim boʻlgan ilohiy talablar. Aqidaparastlik – kishilar ongi va qalbiga ma’lum mafkuraviy tazyiqlar asosida singdirilib, e’tiqod darajasiga koʻtarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. Aqidaparastlik oʻz xususiyatini ikkita shaklda namoyon qiladi: 1. Aqidaning dunyoviy shakli (shovenizm, ateizm); 2. Aqidaning diniy shakli (vahhobiylik, Hizbut-tahrir al-islomiy va bosh.) . Download 41.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling