1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
Xristianlikdagi oqimlar. Xristianlikning shakllanib turli mamlakatlarga
yoyilishi, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maьnaviy siljishlarga ham duch kela boshlagan. Boshqa jaxon dinlari kabi unda ham turli yo‘nalishlar, mazhablar, sektalarga bo‘linish jarayoni sodir bo‘lgan. Eng birinchi ajralish xristianlikda IV-V asrlarda ro‘y bergan, ya'ni Iso masihni talqin qilishda farklanadigan ikkita diniy-aqidaviy yo‘nalishlar - monofizitlar va nestorianlar yuzaga kelgan. Ko‘pchilik xristian ilohiyotchilari Iso masihni ham xudo, ham odam mohiyatiga ega deb bilsa, Konstantinopolь arximandrati Yevtaxiya ta'limotining tarafdorlari bo‘lgan monofizitlar u faqatgina xudo mohiyatining birligidan iborat deb hisoblaganlar. Kostantinopol patriarxi Nestor qarashlari tarafdori bo‘lgan nestorianlar esa u xudo insonlar hayoti kabi yashashi uchun vujudga kelgan odamdir, deb targ‘ib qildilar. Efes soborida (431 yil) iestorianchilikka bid'at deb karalib, uning tarafdorlarini ta'qib qilish boshlangan. Natijada ommaviy harakatlar boshlashlariga sabab bo‘lgan. Hozirgi kunda monofizitlikka Yaqin sharkdagi Yakobitchilar, Janubiy Hindiston va Efiopiya xristian aholisining 96 foizi amal qiladi. 471 yildan e'tiboran yuqorida qayd etilgan cherkovlar qadimgi Sharq cherkovlari deb atala boshlangam. Nestorianlar, eng avval, Ossuriylar orasida tarqalgai. Bularning diniy jamoalari xozirda ham Suriyada, Iroqda, Eronda va Hindistonda bor. 1054 yilga kelib xristianlikning pravoslav va katolik cherkoviga bo‘linishi rasman tan olingan. Bu bo‘linish Rim imperiyasining Sharqiy va g‘arbiy qismlari orasidagi feodal munosabatlarning tafovutlarini o‘zida aks ettirgan. Rim papasi bilan Konstatinopol patriarxi o‘rtasidagi barcha xristian cherkovlari ustidan yakka hokimlik o‘rnatish uchun shiddatli kurashlar bo‘lgan. Xristianlikning alohida va mustaqil g‘arbiy tarmog‘i Rim katolik cherkovi, ya'ni umumiy, jahon Rim cherkovi deb atala boshlagan. Dunyoviy hokimiyatga tobe bo‘lgan Sharqiy xristianlik grek- kefilik (grekcha - butun dunyo) yoki izchil, sobitqadam (ortodoksal) xristianlik deb atala boshlangan. Pravoslavie va katolitsizm yerlarida umumiylik ham, bir-biridan farklanadigan jihatlari ham bor. XVI asrdagi reformatsiya jarayonida feodalizm va kapitalizmga qarshi keng quloch yozgan harakatlar Yevropadagi burjua revolyutsiyalarining eig birinchi ifodalari edi. Katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi patijasida xristiailikda protestantlik harakatlari vujudga kelgan. Buning doirasida lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik va kalьninizm cherkovlari shakllangan. Har bir chsrkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi. Hozirgi zamon xristianligida turli yo‘nalish va oqimlar orasidagi kelishmovchiliklarning kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda tashkil topgan Jahon cherkovlari kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar ko‘maklashmoqda. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling