1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar
Islom dinida ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim haqliroq, degan muammo bo‘ldi. Halifa Ali bilan ummaviylar o‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning ikkinchi yarmi boshlarida horijiylarida horijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi ajralib chiqqan. Ali Muoviya taradorlari bilan oliy hokimyatga vorislik masalasida muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu xol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblangan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) halifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-barobar qarshi kurashganlar. Horijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblab, “dindan qaytgan” deb e’lon qilingan siyosiy va g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar. Horijiylik yo‘nalishi ta’limoti halifa diniy jamoat tomonidan saylanadi va unga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qo‘l yoki habash bo‘lsa ham) halifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar halifa jamoat manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan bo‘shatiladi hatto qatl qilinadi. Horijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom “musaffoligi” tarafdori bo‘lib, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar. Xorijiylar. (Аl-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bo‘lish», «isyonchilar» ma'nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» so‘zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Аli bilan Muoviya o‘rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo‘lgan. Xorijiylar 661 yili Аlini o‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661- 680) va undan kyoyin xorijiylarning yirik qo‘zg‘alonlari bo‘lib o‘tgan. Ummaviy va abbosiy halifalar VII – IX asrlarda Horijiylarga qarshi keskin urush olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Horijiylarning qolganlari Shimoliy Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. Hozirgi davrda horijiylarning ibodiy firqasi Jazoir, Tunisda uchraydi. Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yo‘nalishlari amal qilib kelmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling