1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom ta’limoti
Takrorlash uchun savollar: 1. Islom qachon va qanday sharoitda shakllandi? 2. Islom dinining payg‘ambari kim? 3. Qur’on birinchi bor kimning davrida jamlangan? 4. Suralar nozil bo‘lgan joyiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? 5. Nima sababdan xalifa Usmon davriga kelganda Qur’on yana bir bor jamlandi? 6. Hadis nima? 5. Mashhur muhaddislardan kimlarni bilasiz? 6. Imom al-Buxoriyning qaysi asari Qu’ondan keying ikkinchi muhim manba hisoblanadi? 6-MАVZU. ISLOM TА'LIMOTI Reja 1. Islom ta’limoti, uning aqidalari. 2. Islomdagi asosiy yo‘nalish va mazhablar. 3. Kalom falsafasi. 4. Moturidiylik va ash’ariylik. 5. Tasavvuf ta’limoti va tariqatlari Islom ta’limoti. Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis to‘plamlari va shariat qo‘llanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan. Islom dinining asosiy aqidasi “Allohdan boshqa hech bir iloh – yo‘q Muhammad Allohning eslchisidir”. Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid deyiladi. “Guvohlik beramanki, bir Allohdan boshqa iloh yo‘q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Allohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida “Ashhadu anna ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Bu kalimai shahodat deyiladi. Islom diniga kirish, musulmon bo‘lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va qalban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi. Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bo‘lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog‘i va ularga amal qilib yashamog‘i ham shart hisoblanadi. Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular: 1. Allohning yakkay-u- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig‘inish, e’tiqod va ibodat qilish. 2. Allohning farishtalariga ishonish. 3. Allohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish. 4. Allohning barcha payg‘ambarlariga ishonish 5. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish . 6. Ohiratga, qiyomat qoyim bo‘lishiga ishonish. 7. Qayta tirilishga ishonish. Ana shu yetti shart , e’tiqod talablari – iymonning to‘liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o‘lgandan keyin qayta tirilishga” , deb aytmog‘i va bunga dili bilan ishonmog‘i lozim. Endi shular haqida qisqa to‘xtab o‘tamiz. Alloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Alloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas u o‘zidan o‘zi bordir. Alloh birdir. Yakkadir,yolg‘izdir. U biluvchidir, u bilmaydigan biror bir ish yo‘q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko‘ruvchi va eshituvchidir. Alloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Allohda hech qanday nuqson va kamchilik yo‘qdir. U hamma yerda hozir. Alloh yemaydi, ichmaydi, kasal bo‘lmaydi. Har bir musulmondan Allohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi. Farishtalar- Allohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydigan bandalaridir. Ular Allohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug‘ish, tug‘dirish, yeyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo‘q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroildir. Payg‘ambarlar Alloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o‘rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to‘g‘ri, itoatli bo‘lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Alloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga yetkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg‘ambarni ismi keltirilgan. Payg‘ambarlar 2 hilga bo‘linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar. Alloh tomonidan o‘zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg‘ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso va Muhammad rasul payg‘ambarlardir. O‘zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo‘lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar. Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o‘ziga yarasha din va muomala hukmlarini bayon etib, o‘sha zamonning payg‘ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblardir. Alloh o‘z payg‘ambarlariga 100 sahifa – Odam , Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan. Ohirat – narigi dunyo, o‘lgan bandalarning Alloh qudrati bilan tirilishi va Alloh tayin qilgan yerga yig‘ilish kuni. Yig‘iladigan joyning nomi “Mashhur yeri”, kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi. Taqdir – Alloh tomonidan har bir bo‘lgan va bo‘ladigan ishlarning bo‘lmog‘ini azaldan, oldindan tayin belgilab qo‘yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi. Islom dinida “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat : 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro‘za; 4. Zakot; 5. Haj. Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud. Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshqalar kiradi. Iymon – yuqorida aytilgan Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir. Namoz – kuniga 5 mahal o‘qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar - farz, sunnat, vojib kabilarga bo‘linadi. Ro‘za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro‘za har bir sog‘lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan. Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga yetganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo‘lgan Allohning haqi. Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog‘lari orasida yugurmoq, Arofat tog‘ida bo‘lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir. Hajning shartlari quyidagilar; 1. Islom dinida bo‘lish; 2. Balog‘atga yetgan bo‘lish; 3. O‘qil bo‘lish 4. Ozod bo‘lish 5. Qodir bo‘lish Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan. Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling