1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
Takrorlash uchun savollar:
1. Xristianlik dini qachon va qayerda vujudga kelgan? 2. Xristianlikning asoschisi kim? 3. Xristianlik ta’limoti asoslari qaysi soborlarda qabul qilingan? 4. Xristianlik bo‘linib ketish sabablari nimada? 5. Xristianlikning muqaddas manbasi qanday nomlanadi? 6. O‘zbekiston hududiga xristianlik dini qachon kirib kelgan? 5-MАVZU. ISLOM DINI Reja 1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. 2. Islom dinining vujudga kelishi. 3. Qur'on - islom dinining muqaddas kitobi. 4. Hadislar – Qur'ondan keyingi mo‘tabar manba. Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 600 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo‘lgan. Islom- arabcha so‘z bo‘lib, mazmuni bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‘pligi “musulmon” deb ataladi. Bu so‘z hozir o‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. Islomning paydo bo‘lishi VI asr ohiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro‘y bergan. Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‘larga bo‘linib ketgan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turadi. Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko‘p Hudolilik dinlari mavjud bo‘lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o‘z dini sanami bo‘lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o‘rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Ya’ni arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yo’qolgan edi. Fohishalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go‘dak qizlarni tiriklayin ko‘mish odati kabi yomon illatlar bo‘lgan. Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni haqli ravishda Johiliya davri deb atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi. Bunday holatlarga, ayniqsa bo‘linib ketgan Arab qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lar edi. Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Haniflar Arab qabilalarini birlashitirish jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko‘p hudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Haniflar o‘z targ‘ibotlarida Arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar. Shunday qilib, bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakka hudolikka o‘tishga hijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v.)dir. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o‘ziga hos hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi. Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Аfrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Habashiston, g‘arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit'asidagi Аrabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Аfg‘oniston, Xitoy aholisining bir qismi, Yevropa qismida bo‘lsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi islom diniga e'tiqod qiladi. Аholisining ko‘pchiliga mutloq musulmonlardan iborat bo‘lgan 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan ba'zilari ham (Misr, Malayziya) 49 o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ya'ni ularning ba'zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy statistika bo‘yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi, musulmonlardan iborat 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkaz ortida Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, G‘arbiy Sibirь va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e'tiqod qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Аyniqsa e'tiqod haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshittirishlar va oynai jahon ko‘rsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning ko‘payishi, maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bo‘lgan e'tiborni oshirib yubordi. Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Аfrika qit'asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirdi. Bunga eng avvalo bu hududdarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukmronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilganliginy ymkon berdi. Sho‘nga qaramay mahalliy madaniy an'analar yo‘qolmay, yangi islom yo‘naliptida rivojlangan va u ko‘pincha qadimiy musulmon an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun qurish jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. Islomning paydo bo‘lishining tahlil etish davri xususiyatlari, arab qabilalari o‘rtasida xukmron bo‘lgan ijtimoiy—iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy— g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Аrabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolaridan va tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V—VI asrlarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. Yarim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi arab qabilalari— bundan ham og‘ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatdan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. Yarim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda VI asr Yamandan shimolga Suriya, Misr va Falastinga olib boradigan karvon yo‘li faqat bu davlatlarning o‘zlariga emas, balki janubda Yaman orqali Habashiston va Xindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronni ham bir-biri bilan bog‘laydigan o‘z davri uchun yirik va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘li edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toyif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida e'tiborlisi edi. Makka markazida joylashgan Ka'ba islomda eng «muqaddas» hisoblangan va «Allohning uyi» (Baytulloh) sajdagoh hisoblangan. Undagi qoratosh (Hajar al -asvod) va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e'tiqod manbaiga aylangan. Ziyoratta kelish oylari muqaddas hisoblanib bu vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar to‘xtatilar edi. V-VI asrlarda Makkada Quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo‘lib, qurayshlarning yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu yerda pul muomalalari, sudho‘rlik keng rivojlangan. Shuningdek qul savdosi va qullarning‘ mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan edi. Bu davrlarda Yamanni qo‘lga kiritish uchun Vizantiya va Eron o‘rtasida kurash avj olgan edi. Yaman sosoniylar hukmronligiga o‘tgan davrlari (572-628) Eron ko‘rfazi orqali Hindistonga boradigan yo‘l tez rivojlana boshladi va shu munosabat bilan Hijoz orqali o‘tgan yo‘l inqirozga uchraydi. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatadi va umuman Аrabiston bo‘yicha ijtimoiy - iqtisodiy tanazzulning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Аrabiston shaharlari va qabilalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan tarqoqlik va kelishmovchiliklarga xotima berib, barcha arab qabilalarini bir davlatga birlashtirish, ularning tarqoq bo‘lgan iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona kuchga aylantirish zarur edi. Ijtimoiy hayot taqozosi natijasida vujudga kelgan arab qabilalari o‘rtasidagi markazlashishga intilish harakatlari arab jamiyatida VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar asosida yotar edi. Bu intilishni o‘zida aks ettirgan mafkura sifatida islom dini vujudga keladi va markazlashtirilgan arab davlatining paydo bo‘lishi qo‘shni mamlakatlarning bosib olinishi va arab halifaligining kengayishi jarayonida bu din kuchli g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qiladi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakka hudo – Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog‘liq. Qur’oni karimda 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr etilgan. Muahmmad Alloh tomonidan odamlar orasidan tanlangan so‘nngi payg‘ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‘ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yosh bo‘lganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so‘ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o‘z tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug‘ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. 25 yoshda Yamanga o‘sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko‘maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiiga sabab bo‘ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o‘g‘il va to‘rt qiz ko‘rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o‘sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan. Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo‘lsin deb uning kichik o‘g‘li Alini o‘z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan. Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida Payg‘ambarlik davri boshlangan. Y’ani unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Allohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‘tgan. Adabiyotlarda qayd etilishicha, dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27- siga o‘tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y’ani ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Alloh ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga da’vat etadi. Muhammad(s.a.v.) Makkaliklarni but va sanamlarga sig‘inishdan qutqarish va yagona Alloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xolos. Birinchi bo‘lib Bibi Hadicha keyin amakivachchasining o‘gli Haydar y’ani Ali, asrandi o‘g‘li Zayd ibn Horis islomga kirdi. So‘ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Allohning yakkaligiga ishonganlar- mo‘min- musulmonlar , ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Allohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, y’ani hudolar ko‘p deb , turli sanam, tosh va hakozolarga, ko‘plab hudolarga sig‘indilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad(s.a.v.) targ‘ibotlariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg‘ambarni jismonan yo‘q qilmoq payiga tushganlar. Shuning bilan birga, o‘sha davrdayoq qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bo‘lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida badavlat zodagonlar targ‘ibotiga jiddiy qarshilik qo‘rsata boshlagan. 619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin hotini Hadicha vafotidan so‘ng mushriklar payg‘ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o‘zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. Mamlakatda ahvol jiddiylashganini ko‘rib Muxammad (s.a.v.) Makkadagi Аus va Hazraj nomli qabilalarning vakillari bilan Madinaga ko‘chib kettan. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi. 622 yilda Makka zodagonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib(Madina) dagi Aus va Hazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish , Muhammad(s.a.v.) ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko‘chadi. Buni tarixda hijrat - ko‘chish deb yuritiladi.Musulmon yili Hijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko‘chib kelgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad(s.a.v.) qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va harbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg‘ambar qo‘liga o‘tdi. Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo‘ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o‘rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi janglar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat Makka zodagonlari 628 yilda Muhammad(s.a.v.) bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 yilda musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda “vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to‘plangan 124 ming musulmonga qarata tuya ustida o‘tirib nutq so‘zlangan. Bu nutq tarihda – “vidolashuv hutbasi” deb yuritilib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilganligi va insoniyat tarixida eng buyuk inqilob yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv hutbasi jaholiyat davrining butun hurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudho‘rlikni, qimor,fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o‘rtadan barham toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quyidagicha: “Ey insonlar! So‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‘lolmasman. “Ey insonlar”! ..Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir. Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo‘yningizni kesmang! Ashobim! Eski Johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi. Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin. Ey Insonlar! Hotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari hususida Allohdan qo‘rqingiz! Hotinlar Sizga Tangrining omonatidir. Ular Ollox nomiga so‘z berib oldingiz. Sizning hotinlar ustida haqlaringiz bo‘lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi haqlaringiz – hotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir…Bir xotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas. Ey mo‘minlar! So‘zlarimni yaxshi eshitingiz : …Hech kimning boshqalardan ustunligi yo‘qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo‘yin ham egmang! Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo‘g‘ishmang! … Ey Insonlar! Har bir jinoyatchi o‘z aybiga faqat o‘zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. Ey mo‘minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‘laningiz sari yo‘lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi – Qur’ondir. Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…” Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu davrga kelib Arabiston yarim oroli to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy , etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo‘lib hizmat qildi.va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o‘rinbosarlari – halifalar boshqargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab halifaligi” deb nom olgan. 622 yili yuz bergan bu ko‘chish (arabcha «hijrat»)dan musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlanadi. Makkadan ko‘chib borganlar islom tarixida «muhojirlar» (ko‘chib kelganlar), Madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa «ansorlar» («yordamchilar») deb nom olgan. Muxammad (s.a.v.) Madinaga kelgach, o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi va islomni targ‘ib qilishni davom ettiradi. Nihoyat makkaliklar va madinaliklar o‘rtasida bir necha janglar bo‘lgan. Ulardan biri. Badr qudug‘i yonida II hijriy yilning ramazon oyida (17 yoki 19 kun) bo‘ladi. Ikkinchi jang 625 yil iyul - avgust oylarida va 626 yili «Handoq jangi» nomini olgan uchinchi to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglarda Muhammad (s.a.v.) g‘alaba qozongandan keyin Madinada o‘z mavqeini mustahkamlab bu yerda faol siyosat olib boradi. 628 yili musulmonlar jamoasi uchun muhim bo‘lgan voqea yuz beradi. Muhammad (s.a.v) Ka'bani muqaddas deb e'tirof etishni namoyish qilish maqsadida 1500 ga yaqin musulmonlar bilan barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jo‘naydi. Bundan xavotirlangan ummaviylar rahbarlari Аbu Sufyon bilan birga Makkada 30 kilometrcha narida bo‘lgan Hudaybiya vodiysida uni to‘xtatadilar. Muzokaralar boshlanib, o‘rtada shartnoma, «xudaybiya sulhi» tuziladi, qasam ichiladi, qasam «bayha» deb ataladi. Bitimlarga muvofiq makkaliklar madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berishadi. 630 yili: Madina qo‘shinlari Makkani qarshiliksiz egallaydilar. Ummaviylar bilan raqobat qilgach, ular Payg‘ambar yaqin yordamchilariga aylanadilar. Islom Аrabiston yarim orolining asosiy hukmron diniga aylanadi, Shunday qilib Muhammad (s.a.v) islom bayrog‘i ostida arab qabilalarini birlashtirib yagona markazlashgan mamlakatni tashkil etadi. Muxammad (s.a.v) 632 yili iyun oyida 62 yoshida Madinada vafot etadi. Bu davrlarga kelib anchagina mustahkamlangan musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu davlat Yamandan Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan markaziy qum sahrolarigacha cho‘zilgan katta hududni o‘z ichiga oladi. Muxammad (s.a.v.) vafotidan keyin halifalar (yordamchilar) davlatni boshqaradilar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati o‘zining bundan keyingi tarixiga «arab xalifaligi» deb nom beradi. Muhammad (s.a.v.) vafot ettandan keyingi birinchi kunlardayoq musulmonlar jamoasi yo‘lboshchilari hokimiyat uchun kurash boshlaydilar. Bu kurashda muhojirlar guruhi g‘olib chiqadi va Muhammadning qaynotasi, Oyshaning otasi Аbu Bakr halifa deb e'lon qilinadi, Аbu Bakr hukmronligining (632-634) dastlabki yillarida bir qator arab qabilalari o‘rtasida Madina hukmronligiga qarshi o‘z mustaqilligi uchun harakat boshlanadi. Bu voqealar diniy manbalarda «ar— ridda» deb nom olgan. Islom tarixida Madina hukmronligiga qarshi bosh ko‘targan qabilalar harakati «islomdan chiqish», «dindan qaytish» deb ta'riflangan. Dindan qaytgan kishilar qattiq ta'qib qilingan. Halifa Umar (634 — 644) zamonida istilolar yana kuchaydi. 634 yili Basra, 633 yili Damashq, 640 yili Quddus va Falastin, Suriya yerlari to‘la ravishda halifalik qo‘liga o‘tadi. Yana shunga ahamiyat berish kerakki, keyingi halifalar Usmon (644-656) va Аli (656-661) zamonlarida ham istilolar davom etadi. Kavkaz va Turon tomoniga yurish kuchayadi. Qisqa vaqt ichida Gruzin, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson, Mavr yerlari arab qo‘l ostiga o‘tadi va halifa qo‘shinlari Аmudaryo sohillariga chiqadi. Shunday qilib 30 yildan ozroq vaqt ichida arab halifaligi o‘sha zamondaga eng katta imperiya bo‘lgan Vizantiyaga nisbatan ham katta hududni bosib oladi, sosoniylar imperiyasi barham topadi. Buning natijasida Аmudaryo sohillarida Shimoliy Аfrikagacha Tbilisi va Darbanddan Yaman va Usmongacha cho‘zilgan yangi imperiya vujudga keladi. Qisqa vaqt ichida arab qo‘shinlarining bunday yengil g‘alaba qozonishining sababi nimada degan savol tug‘ilishi tabiiy. Аrab qo‘shinlarini yaxshi tashkil qilingan yoki yuqori harbiy texnikaga ega bo‘lgan deb aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bu qo‘shinlar badaviylar va boshqa har xil qabilalardan tuzilgan bo‘lib, o‘z zamonida ma'lum bo‘lgan harbiy san'at va texnika darajasidan ham ancha orqada turar edi. Osonlik bilan erishgan g‘alabalarning asosiy sababi bu davrda arab qo‘shinlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan kuchning yo‘qligi edi. O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga islomniig kirib kelishi bilan kalom, ya'ni islom falsafasini va diniy talablarni bajarishda arab tili ustuvorligi o‘rnatilgan. So‘ngra fan, adabiyot, falsafa va madaniyatning turlariga ham arab tilining ta'siri kuchli bo‘lgan. Аmmo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o‘z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu jarayon keyinchalik islomning ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim berish uchun ko‘plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil etilgan. Demak, O‘rta Osiyo xalqlarida hayotida ilm-ma'rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning ijobiy rol o‘ynaganini e'tirof etishimiz lozim. O‘rta asrlarda shakllanib ijod etgan savodli kishi, olim, shoir, ma'rifatparvar, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato qilmaymiz. Islom O‘rta Osiyo xalqlari turmush tarziga, madaniyatiga turli qirralarda o‘z ta'sirini ko‘rsatgan, Masalan, me'morchilik yodgorliklarini olib ko‘raylik. Madrasa, masjid, maqbara va boshqalar din manfaati yo‘lida qurilgan va unga xizmat qilgan. Аmmo u inshootlarni xalq qurgan, xalq ijodiga bog‘liq madaniy boylik ekanligini bilamiz. Shuningdek, xalqlar orasida shaxsiy uylarni qurishda uy peshtoqlarini, ustunlarini, eshiklarini o‘ymakorlik qilib ishlash, ganchlardan turli shakllar yasab yopipggirish kabilar ham xalq ijodiy qadriyatlariga mansubdir. Islomda, eng avvalo, din asoslari — «arkon – ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shunday, Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilish; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz o‘qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy ro‘za tutish; to‘rtiichidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish beshinchidan, imkon bo‘lsa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana shu besh rukn bilan chambarchas bog‘liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, o‘ziga xos ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga aylantirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling