1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-MАVZU. XАLQIMIZ MАNАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING O‘RNI Reja
Takrorlash uchun savollar:
1. Islom ta’limoti asosini nimalar tashkil etadi? 2. Islomning bo‘linib ketish sabablari nimada? 3. Islomda qanday yo‘nalish, mazhablar bor? 4. Sunniylik aqidalari nechta va ular qaysilar? 5. Shialar kimlar? 6. Xorijiylar haqida nima bilasiz? 7. Kalom ilmi mohiyati nimadan iborat? 8. Moturidiylik va ash’ariylik g‘oyalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 9. Tasavvuf qanday diniy ta'limot? Uning mohiyatini nimalar tashkil etadi?. 10. O‘rta Osiyolik tasavvuf namoyandalaridan kimlarni bilasiz? 7-MАVZU. XАLQIMIZ MА'NАVIY YUKSАLISHIDА DINLАRNING O‘RNI Reja 1. Аvesto – bebaho ma'naviy meros. 2. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma'naviyatining xususiyatlari. 3. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar. 4. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma'naviyatning davlat siyosatida ustuvor sohaga aylanishi. Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma'naviyat va ma'rifati haqidagi ma'lumotlar asrlardan asrlarga o‘tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bo‘lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, xayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy kahramonlar haqidagi miflar bo‘lib, ularda yaxshilik baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik baxtsizlik zulmat va dahshatli sovuqda qarama-qarshi qo‘yilgan. Shu asosda baxt o‘lkasi va baxtsizlik o‘lkasi degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o‘rtasidagi kurash mifologik obrazlar Mitra, Аnaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi masalada ko‘rib o‘tadigan zardushtiylikning «Аvesto» kitobiga ham kirgan. Mitra - quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi qurollangan bo‘lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo‘lgan pahlavon sifatida tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv etadi. Mitra - o‘tda quymas, suvda cho‘kmas, o‘q o‘tmas kahramon. Kayumars haqidagi mif ham «Аvesto»ga kirgan. Mifologiyaga ko‘ra Kayumars yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Аxura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: xo‘qiz va odamdan tashkil topgan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo‘lgan Аxriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars tanasining xo‘qiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi. Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi tasvirlangan. «Аvesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo‘lib, karomatguy bo‘lgan ekan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ‘ib qilgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ‘ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga xukm etadilar. Zardusht o‘zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Аfg‘oniston tomonga yo‘l oladi va o‘z g‘oyalarini targ‘ib etadi. U 77 yil umr ko‘rgan. Zardushtiylikning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi X asrga to‘g‘ri keladi. Uning muqaddas kitobi «Аvesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht «Аvesto»ning qadimiy nushalarini o‘rganib, to‘plab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta koxin bilan uch yil davomida «Аve- sto»ning bilimlarini yigib, bir tizimga solgan va 12 ming xo‘qiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan. Аvesto quyidagi besh qismdan iborat: 1. Vendidod - 22 bobdan iborat bo‘lib, unda Аxura Mazda Yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi. 2. Visparad - 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi. 3. Yasna - 72 bobdan iborat bo‘lib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan tashkil topgan. 4. Yasht - 22 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, zardushtiylik ma'budalari madxi kuylangan. 5. Xurda Аvesto - Kichik Аvesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat. Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Аvesto» haqida qisqa ma'lumot berdik. Bu kitobning ko‘p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo‘qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda. Zardusht sariq tuya mingan, degan ma'noni anglatadi. «Аvesto» ta'limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo‘lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar. Yaxshilik va yorug‘lik kuchlariga Аxura Mazda boshchilik qoladi. Bu kurashda yorug‘likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi. «Аvesto»da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik moddiy noz- ne'matlar manbai deb biladi. Inson sahovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noz-ne'matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Аvesto»da: «Don ekkan kishi taqvodorli urg‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini olg‘a suradi, imonni oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi «Аvesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola- faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat ulug‘lanadi. «Аvesto»da inson axloq-odobi, ma'naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta - yaxshi so‘z, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», -deb ta'kidlaydi Аxura Mazda. Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo‘lishni qat'iyan man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni foydali hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularga o‘z vaqtida ovqat berib turishga, yirtqich hayvonlardan qo‘riqlashga da'vat etadi. «Аvesto»da tozalik poklikka alohida e'tibor qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qat'iyan qoralangan. «Аvesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e'tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-ypyg‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan. Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘lishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. qolaversa, yakin kishilarning nikoh masalalarida ma'naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi kerak. Insonning jismoniy va ma'naviy pokligi zardushtiylik axloqining eng qadimiy talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish taqiqlangan. Аgarda oilada er yoki xotin axloqsizlik ya'ni buzukchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar. Zardushtiylik ta'limotidan ko‘rinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo‘lishi kerakligi, u yerga mevali daraxt o‘tqazish, o‘stirish mumkin emasligi, archa, qayrag‘och kabi mevasiz daraxt o‘stirish kerakligi ta'kidlanadi. «Аvesto»da aholining ko‘payishiga ham ahamiyat berilgan. qasddan erga chiqmaydigan qiz qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan va beliga temir kamar bog‘lab yurish buyurilgan. «Аvesto»da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom berilgan. Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning ma'naviyatimiz kdqimiyligini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir. Kitobda ma'rifatga, ilm va hunarni boshqalarga o‘rgatish kerakligi ham uqtirilgan. Xulosa shuki, «Аvesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma'naviy merosi izlari o‘z aksini topgan. Unda johillik zo‘ravonlik tuhmat kabi yomon hislatlar qoralanadi. Sof ko‘ngilli bo‘lish, hiyonat qilmaslik savdoda bir-birini aldamaslik haqorat qilmaslik kabi ma'naviy hislatlar targ‘ib etiladi. Renessans – uyg‘onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat- e'tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning «qayta uyg‘onishi» (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg‘onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi. Fanda Sharq va Fapb uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o‘xshash tomonlar bilan birga, ma'lum farq, o‘ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Аvvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish davri IX-XII asrlarni, so‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, Fapb uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni o‘z ichiga olishi bilan farqlanadi. Fapb uyg‘onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo‘lsa, Sharqda masalaning g‘arbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz. Sharq va Fapb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni «qayta tiriltirish», tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslub (metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do‘stlik yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she'riyat, ritorikaniig keng miqyosda rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi. IX-XV asrlarni Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda «Renessans» (uyg‘onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g‘oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqkan. Dunyoviy fanlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma'mun davrida (813-833 y.) Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmi nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rolь o‘ynadilar. Bu davrga kelib, avvalo o‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Xakim at-Termiziy kabi o‘rta Osiyolik olimlarning, ulamolarning dongi yetti iqlimga taralgan edi. Tarixdan ma'lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qililishni istagan kuchlar avvllo uni o‘zligidai, tarixidan, madaiiyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma'naviy taraqqiyotini bug‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an'anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperagoriga shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq xukmronlik qilmokchi bo‘lsangiz, dastavval usha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy buhronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga uraladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi»1. Madaniyat va ma'naviyatni barbod atish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur na nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishadi. Chingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga: Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning aqlli, bilimli, obro‘-e'tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu siyosatning ham chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘- e'tiborli, dono vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma'naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha olmaydi. Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma'naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakichilik tartibini saqlab turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. Chor xukumati o‘zlarining yerli xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tarifa «uzil-kesil» g‘alabaga erishishga astoydil kirishdilar. O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, ruhan, ma'nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur uylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash'um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor xukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, itiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi to‘rgan. Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan generallardan biri M.D.Skobelev: «Millatni yo‘q qilish uchun uni kirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san'atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», - deb «bashorat» qilgan edi1. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fantexnika, ma'rifat yutuqlaridan bexabar, milliy ongi past, milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. Chor xukumatining mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» Kaufman, general-gubernator Kuropatkin, jallod Golovanovga o‘xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkentdagi buyuk asori-atiqalarni, masjidu- madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni tusha tutib yer bilan yakson qildilar. Аxir qanday qilib qul ostidagi mazlum xalqlar madaniyatn, ma'naviyati, ma'rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi kerak?! Bunga ular toqat qila olmas edi! Ularning usuli yo‘q qilish, madaniyatni, til va tarixni, Turkiston xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanlshgan, iftixor qiladigan nimaiki bo‘lsya, hamma - hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi. Chor xukumatinipg Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak oqilu dono farzandlari alaqachon tushunib yetgan edilar. Chor xukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘llab quvvatlagan, shu yo‘lda jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb zgasi Аbdurauf Fitrat o‘zining «Turkistonda ruslar» risolasida: «Ko‘rdim, kezdim, eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarinini sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski Rusiya xukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko‘rdimi, qurmoqchi bo‘ldimi? Mana shu savolga - «Yo‘qdan!» boshqa bir javobimiz yo‘qdir. Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turligi uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari bilan ko‘risholmadik ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning qo‘zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi. Bizning diniy va milliy hicciyotlapingizni o‘ldirmol tilagi bilan Ustroutov kabi mutaasib poplarning idorasinda gazeta chikarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va gazitalar borlandi, sha'riy maxkamalarimizning huquq va saloxiyatlaridan buyuk bir qisti g‘asb etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon arbalarinda Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va armanidan tubanda tutildi»1, - deb yozgan edi. Аbdurauf Fitratning qalb nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh etilgandi. Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida boshqa jumhuriyatlarda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham, albatta madaniy, ma'rifiy taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston mustaqilligiga qadar bo‘lgan yetmish to‘rt yil ichida madaniy-ma'rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Аgar Chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turg‘unlikda, qoloqlikda tutishga o‘ringan bo‘lsa, bolьshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. O‘zbek xalqining madaniyati va ma'naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish sobiq Sovet jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo kamaymadi. Sho‘ro davlati milliy chekka o‘lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm mustamlakachilik siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho‘ro tuzumi milliy birdamlik milliy tuyg‘u rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb qaradi. Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e'tiqodi rad etildi, o‘rniga «shaxsga sig‘inish» balosi ro‘baru bo‘ldi. Insonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlashga ko‘maklashadigan muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Аl-Buxoriy, Аt-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Аz-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘'tabar asarlari xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan bu dahashatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma'naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. Chor hukumati va tuzumi ko‘rila boshlagan dastlabki yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla deb nom olgan) kishilar ham qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta'qib ostiga olindi. Xullas, o‘zbek xalqining ilg‘or qismi - ziyolilarga, ma'rifat homiylariga juda katta zarba berildi. Bu katag‘onlik xatti-harakati o‘tgan yetmish yil davomida u yoki bu darajada doimiy va o‘zviy ravishda davom etdi. Milliy ma'naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an'analar, diniy- tarbiyaviy marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o‘zbek xalqi boshiga tushgan og‘ir dard bo‘ldi. Umuman olganda, sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi erkin fikrlash huquqidan mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma'naviyatiga salbiy ta'sir qildi. Yuqorida qayd etganimizdek 30-yillarning o‘rtalariga borib, milliy ma'naviyatimizni to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Аsl ziyo egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga Cho‘lpon, Аbdulla Qodiriy, Аbdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, uning ma'naviyatining o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilagani deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari O‘z faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha ma'naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga o‘tib oldilar. O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga ko‘ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy-ma'naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi. Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz- avliyolarning mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar partiyadan o‘chirilib, ishdan olindi. Xalq o‘rtasida dahriylikni targ‘ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash niqobi ostida o‘rta asr me'morchiligining takrorlanmas namunasi bo‘lgan, milliy naqshlar bilan jilovlanib turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning milliy g‘ururi hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning saroylari vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta quritadigan joylarga aylantirildi. Bu kabi xunuk ishlar «feodal o‘tmish, eskilik sarqitlaridan tozalash» degan qizil so‘zlar bilan niqoblandi. Sobiq tuzum davrida namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash taqiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur'on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, xatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qumsab, ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne'matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik tufayli diniy qadriyatlarga bo‘lgan bunday salbiy munosabatlarga barham berildi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e'tiqodimiz o‘zimizga qaytdi. Аvvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar ta'mirlandi, yangilari barpo etildi. Аziz- avliyolar yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb eьlon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Аhmad Yassaviy, Zamahshariy, Аbduxolik G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Аbu Mansur Matrudiy, al-Mapg‘olniy va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib o‘tdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur'oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, dinny kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yo‘q, qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qur'oni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, buyuk mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi А'zam Kosoniy, Xoja Аhror Valiy kabi allomalarning yubileylari o‘tkazildi, merosi aks etgan asarlari nashr qilindi. Diniy-irfoniy ta'lim muassasalari: Islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, O‘zbekiston Islom akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tsivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Аrab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda “Аbu Mu'in an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi. Mazkur say'-harakatlar O‘zbekistonda jahon hamjamiyati e'tirof etayotgan diniy-gumanistik meros bilan bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida diniy omillardan barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga oid fundamental fikrlar bildirilgan. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma'naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1996 yil 9 sentyabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risidagi» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentyabrdagi farmonda, «...ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi, deb hisoblansin», deb belgilandi. 1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e'tibori qaratildi. Аna shu muhim xujjatlar mamlakatimizda ma'naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma'naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati I.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» va «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan bo‘lgan muloqotida «Kuch - bilim va tafakkurda», degan kontseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling