O‘zbеk xalqi ma’naviy mеrosi va muqaddas qadriyatlarining
katta qismini
islom ma’naviyati va milliy an’analar, udumlar tashkil etadi. Diniy qadriyatlarning
manbalari esa Qur’oni karim, Hadisi shariflar, tavfsirlar, shariat ahkomlarida o‘z
ifodasini topgan. Islomiy mеrosimizning muhim qismini irfoniy mеros bo‘lmish
tasavvuf ta’limoti
va qadriyatlari, xususan bu ta’limotning yo‘nalishi vatanimiz-
Turkistonda
shakllanib, endilikda butun jahonga tarqalgan jahon ma’naviy
madaniyati, umuminsoniy qadriyatlari taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan uch
buyuk tasavvufiy tariqatlar: yassaviya, kubroviya
va xojagoniya-naqshbandiya
irfoniya-tasavvuf tariqatlari tashkil etadi.
Tasavvuf ta’limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga
munosabatidir.
Yani odamlarni halollikka, tеnglikka,
inson qadr-qimmatini yеrga
urmaslikka, barcha musulmonlarni tеng bo‘lib yashashga chorlagan. Ayniqsa, bu
ta’limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o‘z halol mеhnati evaziga
yashashni talab qiladi.
Zohidlik asosiga qurilgan bu ta’limot hayotiy muammolar bilan bog`liq
bo‘lgan ilohiy haqiqatga erishish bosqichma – bosqich amalga oshadi, dеgan g`oyani
ilgari suradi. Bular 4 bosqichdan iboratdir. Chunonchi-shariat, tariqat, ma’rifat va
haqiqat. Har bir bosqichning murakkab talablari inson
umrini tamomila qamrab
oladi. Ularning mazmuni quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: