1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/47
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1835442
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim 
va payg‘ambarimiz hadislari – “Sunna”ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. 
Sunniylik yo‘nalishi “Ahli sunna val jamoa” deb aytiladi. Bu nomda 
Payg‘ambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik 
jamoasi ma’nolari aks etgan.
Jahonda jami 1,2 milliarddan ko‘proq musulmonlarning 92,5 foizni sunniylik 
yo‘nalishdagilar tashkil etadi. Shialik yo‘nalishi y’ani ja’fariya mazhabidagi 
musulmonlar 7,5 foizdan iborat halos.


Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir. Dastlabki 
to‘rt halifa ( Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimyati qonuniy ekanligi tan olish, 
oltita hadis to‘plami (al- Buhoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn 
Moja to‘plamlari)ni sahih (ishonchli) deb bilish sunniylikdagi to‘rt diniy-huquqiy 
mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylikdan birga mansub 
bo‘lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‘lib, unga ergashganlar jahondagi 
musulmonlarning 47 foizni tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Hanifa 
Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi 
jihatdan forslardan. Abu Hanifa Shariat huquqlarini tizimga solgan. Shariyat 
qonunlarini musulmonlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chaqirishda, 
hulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – hadislarni, 
undan keyin iymonni, undan so‘ngra qiyosni qo‘llagan. U mahalliy huquq, me`yor, 
odatlarni shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom huquqshunosligiga 
aql-idrok, mulohazakorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom 
A’zam yo‘li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab moliykiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn 
Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom huquqini puxta egallab, “Madina imomi” 
unvoniga sazovor bo‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy oqimga ergashmagan, 
hokimyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy 
tayinlanishlariga qarshi bo‘lgan. Moliykiylik mazhabidagilar Qur’on va Hadis 
huquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid hadislarnigina 
sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan 
qoidalarnigina ijmo‘ deb hisoblaydilar. Hozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi 
molikiylik mazhabidadir. 
Sunniylikdagi uchinchi diniy- huquqiy mazhab – shofiylik bo‘lib , uning 
asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shof’iy (767-820) 
Shof’iylik Qur’on va Sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofiylikka ko‘ra, 
sunna Qur’onni to‘ldiradi, halos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish 


uchun asos bo‘lolmaydi. Ular ijmodan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 
27 foiz musulmonlar shof’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar. 
Sunnalikdagi turtinchi mazhab Hanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh 
Ahmad ibn Hanbal (780-855) dir. Bu mazhab huquq tizimining o‘ta torligi, har 
qanday ko‘rinishdagi “yangilik”qadimiy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, 
shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib 
turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va hadislarni erkin talqin etishdagi har 
qanday urinishlar qoralanadi. Hozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi hanbaliya 
mazhabidadir. 
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan to‘rttala mazhab teng hisoblanadi. Bu 
mazhablar diniy huquq doirasida chiqmagan holda shariat maslalarida yengilroq 
yoki qattiqroq hukm chaqirishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizning yurtimizda 
azaldan fiqhda hanafiylik, aqidada esa moturidiylik ta’limotlariga amal qilib 
kelinadi.
Islom dinidagi yo‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shia- arabcha so‘z bo‘lib, 
ma’nosi ”guruh”, “tarafdor” demakdir. Shialikdagi “ja’fariya” mazhabi Islomdagi 
beshinchi diniy-huquqiy mazhab sanaladi. 
Shialik aslida guruhlar o‘rtasida hokimyat uchun kurash oqibatida vujudga 
kelgan bo‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barqarorlashgan.
Shialik sunniy kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki 
uch halifa davrida uning ayrim qismlari tushurib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular 
yana Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali 
va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarnigina tan oladilar. Ular 
shunday hadislardan iborat to‘plam tuzganlar. Bu to‘plam umumiy nom bilan 
“Ahbor” deb ataladi. 
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan 
boshqa halifalarni, hususan dastlabki halifalar Abu Bakr, Umar,Usmonni 
hokimyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.Sunniylikda e’tirof 
etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. 
Bulardan 4 aqida – Allohning yagonaligi, taqdirga, payg‘ambarlarga, qiyomat-ohirat 


kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5 – aqida 
Imomat esa (imomlar hokimyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar 
hokimyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari 
ziyorat va hajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va 
Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham 
muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar.
Shialar ohirgi 12 – imom – Muhammad al – Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, 
uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy 
ohirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan 
urushib, ularni Yengib, qiyomat qoyim bo‘lishidan avval Yerda adolat o‘rnatadilar 
deb ishonadilar. Shialar Imom Husaynga motam tutadilar. “Shahsey-vahsey” (“Shoh 
Husayn, voh Husayn”) deb qichqirib, o‘zlariga ozor berib ko‘chalarga chiqadilar. 
Islom davlatlari kengayib borishi va islom dinini qabul qilishi oqibatida aqidaviy 
masalalar ham murakkablashib ketadi. Buning ustiga turli tomonlardan 
musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oladi. Ana shunday 
sharoitda sunniylik aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solinishni 
davr taqozo etdi. Bu ishni musulmon olamining ikki yirik aqoid olimi- Abu Masrur 
al- Moturidiy as-Samarqandiy va Abul Hasan al-Ahs’ariy amalga oshirdilar. Shu 
tariqa islom dinida aqidaviy masalalarni izohlash, tushuntirishda Movarounnahrda 
Moturidiya maktabi, Iroq va Eron tomonlarda Ash’ariya maktabi IX-X asrlarda 
shakllandi. Moturiylik ashariylikdan o‘nlab aqidaviy masalalarda farq qiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling