Uchinchidan, har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar о‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qо‘yadi.
Misol uchun, islomda kuniga 5 mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarida ado etilishi, ramazon oyida bir oy rо‘za tutilishi, rо‘za va qurbon hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
Tо‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani ham bajaradi, ya’ni har bir din о‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning о‘zaro aloqadorlikda bо‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning о‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, о‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bо‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bо‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga kо‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bо‘lgan munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini masalalariga о‘z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Din ham falsafa kabi dunyoqarashlardan biridir. Falsafa ham, din ham dunyoning dunyoqarash ta’rifini yaratadi, tafakkurning ma’lum usullari va qadriyatlar tizimini shakllantiradi.
Diniy ongni tashvishga solgan voqea-hodisalar kо‘pincha falsafiy tafakkur sohasiga ham dahldor. Bularning hammasi falsafa va dinni birlashtiradi. Biroq ular о‘rtasida prinsipial farqlar ham mavjud.
falsafadan farqli о‘laroq din e’tiqodga asoslanadi.
Har qanday din aqida (dogma)larga asoslangan. Ularning asosida Xudo tomonidan yuborilgan vahiy – о‘gitlar, tamoyillar va muqaddas ilohiy matnlar yotadi. О‘zining «ilohiy» tusdaligi tufayli muqaddas matnlar о‘zgarmasdir, ularga shubhali qarash esa - Xudoga shak keltirishdir.
DINGA BERILGAN TA’RIFLAR. DINLAR TASNIFI.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bо‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga tо‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bо‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bо‘lgandan to bizgacha о‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bо‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din - iymon (arabcha ishonmoq, e’tiqod qilmoq), islom ( о‘zini Allohga bag‘ishlamoq, itoatgо‘ylik, diniy kо‘rsatmalarni bajarish), degan sо‘zlarni ifodalay boshladi.
DIN (arab. – ishonch, ishonmoq) — borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bо‘lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy kо‘rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |