1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar


Ibodat obyektlariga kо‘ra – jonivorlarga, ruhlarga, butlarga, turli ilohlarga va Allohga sig‘inuvchi Diniy ta’limotlar bir-biridan farqlanadi


Download 206.71 Kb.
bet4/25
Sana13.03.2023
Hajmi206.71 Kb.
#1265901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1 маъруза Л Диншунослик фанининг предмети, миллий динлар 2022 2023

Ibodat obyektlariga kо‘ra – jonivorlarga, ruhlarga, butlarga, turli ilohlarga va Allohga sig‘inuvchi Diniy ta’limotlar bir-biridan farqlanadi.
Genezisi va tarqalishiga kо‘ra Dinning eng qadimgi milliy va jahon Dinlari kabi shakllari mavjud. Har bir aniq Din о‘ziga xos sig‘inish obyekti va rasm-rusum, ibodat, urf-odat va aqidalarga ega. Din va Diniy ta’limotlar ilohiyotchilar (ulamolar), ateistlar (Dinni inkor etuvchilar) va dinshunoslar tomonidan о‘rganilgan.
Dinning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida yagona fikr yо‘q. Islom dini ta’limotiga kо‘ra, Din – Alloh tomonidan о‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bо‘lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga tо‘g‘ri, haqiqiy hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir.
Din — ijtimoiy-tarixiy hodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bо‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir, umuminsoniy qadriyatdir degan yondashuvga kо‘ra, u muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va D.iy tashkilotlarning faoliyatida namoyon bо‘ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida usulidir. Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi.
Konstitusiyadan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi». (31-modda)


61-modda. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan ћamda ќonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi. 

Konstitusiyadan: «О‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bо‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar» (18-modda)




57-modda. Konstitusiyaviy tuzumni zо‘rlik bilan о‘zgartirishni maќsad ќilib ќо‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuќarolarning konstitusiyaviy ћuќuќ va erkinliklariga ќarshi chiќuvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irќiy va diniy adovatni tarѓib ќiluvchi, xalќning soѓliѓi va ma’naviyatiga tajjovuz ќiluvchi, shuningdek ћarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruћdagi siyosiy partiyalarning ћamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taќiќlanadi.1



Download 206.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling