1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
Tarkibida efir moylari bо‘lgan dorivor о‘simliklar va mahsulotlar
Efir moyi deb о‘simliklardan suv bug‘i yordamida haydab olinadigan, о‘ziga xos hid va mazaga ega bо‘lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbо‘y hidli о‘simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bо‘lgan о‘simliklardan olingan xushbо‘y suvlar, smolalar va efir moylari) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. О‘rta asrlarda arablar о‘simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilardilar. XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi о‘rganila boshlangan bо‘lsa-da, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayniqsa avj oladi. A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya), Gildemeyster va Gofman (Germaniya), YE.YE.Vagner (Polsha) va boshqa mashhur olimlar efir moylarini о‘rganishga katta hissa qо‘shdilar. Tarkibida efir moyi bо‘lgan о‘simliklar asosan Ukraina, Moldaviya, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida kо‘plab о‘stiriladi. О‘simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bо‘ladi. U gul va meva, barg va yer ostki organlarida hamda о‘simlikning butkul yer ustki qismida tо‘planadi. Efir moyining miqdori о‘simliklarda 0,001—20 % bо‘lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi о‘simlikning о‘sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab о‘zgarib turadi. Turli о‘simliklarda efir moyining kо‘p miqdorda tо‘planishi turli vaqtlarga tо‘g‘ri keladi. Odatda о‘simliklar gullash, ba’zilari g‘unchalash davrida yoki bundan ham ertaroq efir moylarini maksimal miqdorda tо‘playdi. Efir moyining о‘simlik tarkibida kо‘p yoki kam miqdorda tо‘planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning kо‘p yoki ozligiga bog‘liq. Odatda havo harorati kо‘tarila boshlagan sari о‘simlik tarkibida efir moylari kо‘proq sintezlanadi va aksincha, havo namligi kо‘payishi bilan bu birikmalar miqdori kamayib boradi. Tuproqdagi namlikning о‘rta darajadan kо‘p yoki kam bо‘lishi о‘simlik tarkibida efir moylarining kamayishiga olib keladi. Shuningdek qurg‘oqchilik ba’zi о‘simliklarda efir moylarining kо‘p tо‘planishiga sabab bо‘ladi. Odatda janubiy tumanlarning florasi shimoliy tumanlarnikiga nisbatan efir moyi saqlovchi turlarga boy. Shu sharoitda о‘sadigan о‘simliklarning efir moylarining hidi kо‘proq xushbо‘y, tarkibiy qismi ham murakkabroq bо‘ladi. Efir moylarining о‘simliklar hayotida tutgan о‘rni, ya’ni ahamiyati shu vaqtgacha tо‘la aniqlanmagan. Ba’zi olimlar efir moylari va smolalar о‘simliklarni turli kasalliklardan, zararkunandalardan, chirishdan hamda zaharlanishdan saqlash vazifasini о‘taydi, degan fikrni bildiradilar. Ba’zi nazariyalarda esa efir moylari hasharotlarni jalb etadi va о‘simlik gullarining changlanishiga yordam beradi deyiladi. Bundan tashqari efir moylari о‘simlik chiqindisi yoki zahira ovqat moddasi bо‘lib xizmat qiladi, degan fikrlar ham bor. Kiyiko‘t, yalpiz, limono‘t, oddiy tog‘jambil, tog‘rayhon, marmarakning yer ustki qismi, qora zira mevasi va moyi, evkalipt bargi va moyi, qayin va qarag‘ay kurtagi, archa (qubbasi), valeriana ildizpoyasi va ildiz, moychechak va darmana shuvoq guli, bо‘ymadoron yer ustki qismida kо‘p miqdorda efir moylari tо‘planadi. Efir moylarini ishlab chiqaruvchi va saqlovchi organlar, asosan ikki guruhga bо‘linadi: I. Sirtqi — ekzogen organlar о‘simliklar sirtida bо‘lib, epidermal tо‘qima ustiga joylashgan. Efir moylari ishlab chiqaruvchi ekzogen organlarga bezsimon dog‘lar, bezli tuklar va maxsus bezlar kiradi. Odatda bezsimon dog‘lar gulning tojbargida bо‘lib, ular ishlab chiqargan moylar epidermal tо‘qimaning ustidagi kutikula qavati ostida tо‘planadi. Natijada oz miqdorda efir moyi tо‘planadigan va mikroskop ostidagina kо‘rish mumkin bо‘lgan dog‘lar vujudga keladi. Ba’zan о‘simliklarning barg, poya va gul qо‘rg‘onida uchraydigan tuklarning bezli boshchalari bо‘ladi. Bu boshchalar efir moyi ishlab chiqarishi mumkin. Shuning uchun bunday tuklar efir moyi ishlab chiqaruvchi bezli tuklar deb ataladi. Efir moyi ishlab chiqaruvchi bezlar ekzogen organlarning eng murakkabi hisoblanadi. Odatda ular poya, barg va gul qо‘rg‘onning epidermal tо‘qimasi ustiga oyoqchalari yordamida joylashgan bо‘ladi. Oyoqchalari bitta yoki bir nechta qisqa hujayralardan, boshchalari esa efir moyi ishlab chiqaruvchi 4—12 va undan ortiq hujayralardan tuzilgan. Efir moylari kutikula qavati ostiga tо‘planganligi uchun bezlar kо‘pincha sо‘rg‘ich shaklida bо‘ladi. Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlar labguldoshlar va murakkabguldoshlar oilasiga kiradigan о‘simliklarda ayniqsa kо‘p. Bunday bezlarni mikroskop ostida yalpiz, marmarak barglarida, moychechak gulida kо‘rish mumkin. 2. Ichki — endogen organlar epidermal tо‘qimalar ostida joylashgan. Efir moylari ajratib chiqaruvchi endogen organlarga moy tо‘planadigan joylar, kanalchalar, moy yо‘llari hamda ildiz va ildizpoyaning epidermis yoki probka tо‘qimalari ostida bir-ikki qator bо‘lib joylashgan hujayralar kiradi. Bunday hujayralar efir moyi ishlab chiqaradi va uni saqlaydi. Efir moyi tо‘planadigan joylar shar yoki chо‘ziq shaklda bо‘lib, о‘simliklar bargida va gulkosacha bargida, pо‘stlog‘ida, yog‘och qismida hamda meva pо‘stida uchraydi. Efir moyi tо‘planadigan joylar о‘simlik organlarida turli usullar bilan hosil bо‘ladi. О‘simlik tо‘qimalari hujayralarining siqilishi natijasida bо‘shliq vujudga kelib, sо‘ngra uning chetlarida efir moyi ishlab chiqaradigan hujayralar paydo bо‘ladi va ular moy yig‘iladigan joyni hosil qiladi. Bu usul sxizogen tipi deb ataladi. Ba’zan tо‘qimalarda oldin ishlab chiqarilgan bir tomchi efir moyi о‘z atrofidagi hujayralarni eritib, bо‘shliq hosil qiladi. Natijada bu bо‘shliq tevaragida efir moyi ajratuvchi hujayralar paydo bо‘lib, ular moy yig‘iladigan joyni vujudga keltiradi. Bu usul lizogen tipi deb ataladi. Odatda о‘simlikdarda bu ikki usulning tо‘qimalarda umumlashishidan sxizolizogen tipida hosil bо‘lgan efir moyi tо‘planadigan joylarni kо‘proq uchratish mumkin. Bu holda hujayralarning siqilib hosil qilgan bо‘shlig‘ida paydo bо‘lgan efir moyi atrofidagi qolgan hujayralarni ham eritib, moy yig‘iladigan joyni vujudga keltiradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling